Veb-sahifa yaratish asoslari




Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/105
Sana05.11.2022
Hajmi4.66 Mb.
#29099
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar
704046000cover, C, Учебная Прогр. Общ. и Неорг. хим. (1), BHNPDB6vFll9yX7R, 1680368091, O\'zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti, Geografiya 99 uy ta`limi 0,5, MUSTAQIL ISH, MUSTAQIL ISH2, MUSTAQIL ISH3, slayd .01, Taqrizlar, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, Qayumov oqova
8. Veb-sahifa yaratish asoslari 
Veb-sahifa – (ingl. Web Page) hujjat bo‘lib, faqatgina veb-brauzer orqali 
uni ko‘rish, qayta ishlash va tasvirlash mumkin bo‘ladi.
Veb-sahifalarning bir-biri bilan ulanishi natijasida veb-sayt tashkil qilinadi. 
Ushbu ulanishlar shakli esa veb-saytning tuzilishini belgilab beradi.
Veb-sayt (ingl.: Web Site, tarjimasi «joy») - umumjahon o‘rgimchak to‘ri 
ma’lum axborot topish mumkin bo‘lgan va noyob URL bilan belgilangan virtual 
joy. Mazkur URL veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, 
bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar 
bo‘ladi. 
Hozirgi kunda veb-saytning quyidagi tuzilishlari qayd etilgan: 
- chiziqli; 
- shartli-chiqli
- daraxtsimon; 
- to‘rsimon. 
Chiziqli tuzilishda barcha ma’lumotlar ketma-ket, ya‘ni chiziq bo‘yicha 
joylashtirilgan bo‘ladi.
Ushbu tuzilish kitobni varaqlab o‘qigandek tashkil etilgan bo‘ladi. Demak, 
bunda sahifalararo o‘tishlar, bir bet oldingi yoki keyingi va bosh sahifaga o‘tish 
mumkin bo‘ladi. Bunday saytlar korxonani yoki uning mahsulotini reklama 
qilishda qo‘llaniladi. 
Shartli-chiziqli tuzilishda bosh sahifaning joylashuvi bilan farqlanadi va 
undan keyingi qolgan veb-sahifalar chiziq bo‘yicha joylashtirilgan bo‘ladi.


179 
Daraxtsimon tuzilish bevosita qattiq diskni kataloglarga taqsimlashga 
o‘xshab ketadi. Unda har bir yo‘nalishdagi veb-sahifalar soni har xil bo‘ladi.
To‘rsimon tuzilishda istalgan veb-sahifadan boshqa veb-sahifaga o‘tish 
mumkin bo‘ladi.


180 
Yana bir tuzilish mavjud bo‘lib, u to‘rsimon tuzilishning yengillashtirilgan 
varianti hisoblanib, uni koordinatali tuzilish deb atashadi. Unda faqatgina yonma-
yon joylashgan veb-sahifalararo o‘tish mumkin bo‘ladi: 
Veb-sahifalarni yaratishda oddiy dasturlardan foydalansa ham bo‘ladi, 
masalan, ”Блокнот” matn redaktoridan. Faqatgina hujjatni shakllantirishda maxsus 
texnologiyalardan foydalanish zarur bo‘ladi. Albatta, maxsus Macromedia 
HomeSite, Dreamweaver MX kabi redaktorlardan foydalanish maqsadga mufoviq 
bo‘ladi. Veb-sahifani yaratishda HTML-hujjatni asos qilib oladigan bo‘lsak, unda 
uning tuzilishi bilan tanishib olamiz. 
Shunday qilib, veb-sahifa- HTML formatidagi hujjat bo‘lib va u quyidagi 
berilgan elementlardan iborat bo‘lishi mumkin: 

matn; 

matnni formatlash kodlari; 

sarlavhalar; 

ro‘yxatlar; 

jadvallar; 

ajratish chiziqlari; 

chizmalar, animatsiya va tovushlar; 

boshqa Web-varaqlarga murojaatnomalar

bayroqchalar, matnli maydonlar va ochiladigan ro‘yxatlar; 

va boshqalar. 


181 
Umumiy ko‘rinishda oddiy veb-sahifa quyidagicha bo‘ladi: 
 
 
Veb-sahifa 
 
 
Assalom, O‘zbekiston 
Download 4.66 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish