-Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH




Download 4,17 Mb.
bet23/61
Sana29.09.2024
Hajmi4,17 Mb.
#272893
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligicover maryam o

6-Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH




REJA:


  1. Ish joyidagi birlamchi yo‘riqnoma.

  2. Navbatdagi yo‘riqnoma xususiyati.

  3. Davriy yo‘riqnoma.

Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan har bir ishchi va xodim o‘ziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chuqur bilimga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi va xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish talab etiladi.


IshIab chiqarishdagi barcha ishchilar ishlab chiqarish ishlarining xarakteri va xavfsizlik darajasidan qat’i nazar mehnat xavfsizligi boyicha o‘qitilib, bilimlari tekshirilib ko‘rilgandan keyin ishga ruxsatetiladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish ularga уo‘riqnoma (“instruktaj»)lar o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Yo‘riqnomalar mazmuni, xususiyati va o‘tkazilish davriga bog‘liq holda quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kirish уo‘riqnomasi. Kirish уo‘riqnomasini korxonadagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis korxona rahbari yoki bosh muhandishamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida o‘tkazadi.
Uni mehnat muhofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonalarida o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kirish уo‘riqnomasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin:

    • korxonaning ish rejimi va ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirish;

    • mehnat intizomi va uni mehnat xavfsizligiga ta’siri;

    • mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalari;

    • korxonada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularni kelib chiqish sabablari;

    • yong‘inning oldini olish tadbir1ari;

    • elektr xavfsizligining asosiy qoidalari;

    • yuklarni ko‘tarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari;

    • ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari;

    • maxsus kiyim-boshlar va saqlash qurilmalaridan foydalanish qoidalari;

    • jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartib- qoidalari;

    • ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;

    • jamoa o‘rtasida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.

Kirish уo‘riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar mahalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xususiyati va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‘liq holda qo‘shimcha tadbirlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu уo‘riqnoma maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.
Ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma. Ushbu уo‘riqnoma ham krxona rahbari (yoki bosh muhandis) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida o‘tkaziladi.
Ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma dasturiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin

    • ish joyidagi texnologik jarayonlar va tashkiliy-texnik qoidalar; ish joyini tashkil etishga qo‘yilgan talablar;

    • mashina yoki qurilmaning tuzilishi, ishlash tartibi, texnik ma’lumotlari va uning xavfli zonalari;

    • ishni bajarishdagi xavfsizlik qoidalari;

    • mashina yoki qurilmalardan foydalanishning xavfsiz usullari;

    • elektr jihozlari va ularbilan ishlash qoidalari;

    • ish joyining yoki ish maydonining xavfli zonalari;

    • ish joyidagi “signalizatsiya» va undan foydalanish qoidalari.

Yuqorida qayd etilgan masalalardan tashqari bu уo‘riqnoma, ishning turiga va ishchining malakasiga bog‘liq holda boshqa tadbirlar bilan ham to‘ldirilishi mumkin.
Sinovsavollari
1 Ish joyidagi birlamchi yO‘riqnoma deganda nimani tushinasiz?

  1. Navbatdagi yO‘riqnoma xususiyatini tushintiring.

  2. Davriy yO‘riqnoma deganda nimani tushinasiz?




O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

90-100 %

5 baho “a`lo”

75 – 89 %

4 baho “yaxshi”

60 – 74 %

3 baho “qoniqarli”


Himoya vositalari
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №7

Download 4,17 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Download 4,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza: MEHNATNI MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA O‘QITISH

Download 4,17 Mb.