Mehnat shartnomasi (kontrakt)




Download 44.76 Kb.
Sana06.06.2023
Hajmi44.76 Kb.
#70169
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASI
Gulhumor opa med kollej, Intellektual mulk va intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari, Doc12, astrofizika-fanini-integrativ-yondashuv-asosida-o-qitishning-metodik-asoslari, baza4, User Guide Book, kupaysinov

MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKT)
11.04.2023 yil Buvayda tumani

  1. Farg‘ona viloyati Buvayda tumani maktabgacha ta’limi bo‘limining 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Abdukarimova Muxtasarxon Raxmataliyevna keying o‘rinlarda ish beruvchi deb nomlanadi va fuqaro Rustamova Gulchexra Abdusattor qizi keyingi o‘rinlarda hodim deb nomlanadi mazkur shartnomani quydagilar haqida tuzdik:

  2. Hodim kasbi bo‘yicha 8-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyach yordamchisi lavozimiga qabul qilindi.

  3. Shartnoma 0.5-stavka asosiy ish bo‘yicha tuzilgan

  4. Shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan

  5. Shartnoma bo‘yicha ishlash 11-aprel 2023 yildan boshlanadi

  6. Sinov muddati: sinov muddatisiz (homilador ayollarga, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar. korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek xodim 6 oygacha muddatga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi)

  7. Hodimning majburiyatlari

    1. mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to'g'risidagi qoidalar)ga rioya qilish;

7.2.ish beruvchiningqonuniy farmoyishlarini bajarish;

  1. mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariya talablariga rioya qilish;

7.4.lavozim yo'riqnomalariga rioya qilish:

  1. malaka tavsifnomasida nazarda tulilgan majburiyatlarga rioya qilish;

  2. ta'lim sohasidagi hamda samarali mehnat faoliyati yuritishi uchun zarur bo‘lgan boshqa me'yoriy- huquqiy xujjatlarni muntazam ravishda o'rganib borishi hamda ularga so'zsiz rioya etish;

  3. jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;

  4. kasb etikasi qoidalariga qat’iy amal qilish;

  5. DMTTdagi tarbiva, mehnat jaravonining barqarorligiga, mehnat jamoasidagi sog'lom muhitga zarar yetkazuvchi g'ayriqonuniy hatti-harakatlar sodir etmaslik;

  6. me'yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirish, zarur xollarda qayta tayyorlash kurslaridan o'tish (malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini o'tash bilan bog'liq harajatlar amaldagi me’yoriy-huqqiy xujjatlarga asosan qoplanadi)

  7. yuqori turuvchi davlnt organlari, ish beruvchining buyrug'iga asosan jamoatchilik asosidagi ishlarida faol ishtirok etish;

  8. navbatdagi mehnat ta'tiliga, zarur hollarda ish beruvchining topshirig'iga asosan boshqa ta'tillarga chiqishdan kamida bir kun oldin aylanma varaqni (obxodnoy list) tegishli xodimlar imzosi- muhri qo'yilgan holda ish beruvchiga taqdim etish;

7.13.o'z tashabbusiga ko'ra, taraflar kelishuviga ko'ra yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ish beruvchi buyrug'iga asosan topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasi tuzishda faol ishtirok etish, tuzilgan maxsus komissiyalar faoliyatiga to'sqinlik qilmaslik;
7.14. taraflar yozma kelishuviga ko'ra hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi.

  1. Ish beruvchining majburiyatlari:

    1. Hodimning mehnatini tashkil etish. Hodimni mehnatini muhovaza qilish va havfsilik texnikasi qoidalari, lovozim yo'riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa me'yor ish xujjatlar bilan tanishtirish:

    2. Mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash:

    3. Ish haqini oz vaqtidato'lash:

    4. Havfsiz va samarili mehnat uchun shart sharoitlar yaratish.

8.5. Hodimni ish joyini, mehnati muhovaza qilish va havfsizlik qoidalariga muvofiq jihozlash:

  1. Qonuniy xujjatlarga va boshqa me'yoriy xujjatlarga rioya qilish:

  2. Jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish:

  3. ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar

  4. ta’raflar yozma kelishuviga ko‘ra hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi.

  1. Ishkuni rejimi: соат 7:30 дан, 16:30 гача

Xodim DMTT ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan jadvali hamda shaxsiy yillik, oylik haftalik ish rejasi asosida mehnat qiladi. (to‘liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, qisqarlirilgan ish vaqti, soatbay ish kunining boshlanish va tamom bo’lishi, tanaffuslar (perekur), tushlik vaqti va boshqalar shu bandda ko‘rsatilib o'tiladi)

  1. MEHNAT haqqi to'lash: hisoblanadi va to lanadi.

10.2. Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga hamda jamoa shartnomasiga muvofiq xodimga ustama haq hamda moddiy yordam DMTT huzuridagi alohida o rnak ko rsatgan xodimlarni rag batlantirish bo yicha kasaba uyushmasi qaroriga asosan belgilanadi.

  1. Xodimga:

    1. 24 kunga yillik asosiy mehnat ta'tili

    2. 3 kunga (12 yoshga to’lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bolmagan muddat bilan haq tolanadigan qo’shimcha ta'til beriladi va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) qo'shimcha ta’til belgilanadi.

  2. Mazkur shartnoma amaldagi O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va boshqa me’yoriy- huqqiy xujjatlarda nazarda tutilgan asoslarga ko ra bekor qilinishi mumkin.

    1. DMTTning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq hodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo'lgan mehnat vazifalarini bir marta qopol ravishda buzishlarning ro'yxati quyidagichadir:

      1. Uzrli sabablarsiz bir kundan ortiq ishga kelmaslik:

      2. Ish vaqti mobaynida uzrli sabablarsiz to rt soatdan ortiq ish j oyida bolmaslik.

      3. Ish joyiga alkagol (psixotrop), narkotik modda-mahsulotlar iste’mol qilgan xolda kelish;

      4. Kasb etikasi qoidalariga zid ishlar qilish (MTTi mulkini o‘g'irlash, MTTi mulkiga ziyon yetkazish, o'quvchilarni xaqorat qilish-urish, ish joyida bezorilik qilish, o‘quvchilarga yoki xodimlarga tegajolik qilish, ta’lim muassasasi sha’niga yoxud uning hodimi sha’niga dog' tushiruvchi boshqa xatti- xarakatlarni sodir etish):

      5. Egallab turgan lavozimi, bajarib kelayotgan vazifasini suiste'mol qilgan holda ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ularning ihtiyoriga zid ravishda o‘z manfaatlari yo'lida turli ishlarga, tadbirlarga (to'ylar, ma’rakalar, hasharlar va hokazo) jalb etish;

      6. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan j inoyat sodir etishda aybdor deb topilishi.

      7. DMTT umumiy yig'ilishi tomonidan xodimning boshqa xatti-xarakatlari ham mazkur xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzish sifatida e'tirof etilishi mumkin.

  3. Xodim bilan ish beruvchi mazkur shartnoma ilovasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi qoidalarning asosiy shartlariga rioya qilishga kelishib oldilar.

TOMONLARNING MANZILLARI VA IMZOLARI:
Rustamova Gulchexra Abdusattor qizi
Manzili: Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Bachqir guzar MFY, Shodlik ko‘chasi 21-uy
_________________________________
(imzo, sana)






ISH BERUVCHI:
Abdukarimova Muxtasarxon Raxmataliyevna
Manzili: Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Pishag‘ar MFY, Karvon yo‘li ko‘chasi
_________________________________
(imzo, sana)




-sonIi mehnat shartnomasiga ILOVA

Korrupsiyaga qarshi qoidalarning ASOSIY SHARTLARI


1. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti- harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida: pora taklif qilmaslik; va’da bermaslik;
-pul to‘lamaslik; tovlamachilik qilmaslik;
-bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik;
-pora olmaslik;
-biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik;
-mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik;
-o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik majburiyatini oladi.
-2. Xodim atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir-etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart.

  1. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilishi shart.

  2. Xodimlar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, xizmat majburiyatlaridan chetga chiqqan holda boshqa xodimlarning professional ish faoliyatiga aralashish, ma’lumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatish holatlari yuzaga kelganda (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ichki hujjatlariga muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:

korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan ishonch telefoni; Telegram-kanali (“@xxxxxxx”);
davlat organi yoki takshlotining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasining xizmat telefon raqamiga xabar qilishi lozim;
shaxsan (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ijtimoiy tarmoqdagi manzillariga xabar qilinishi lozim.

  1. Agar xodim (Davlat organi yoki takshlotining nomi) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu ma’lumotni aloqa kanallari orqali (Davlat organi yoki takshlotining nomi) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul shaxslarga taqdim etishi shart.

  2. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va (Davlat organi yoki takshlotining nomi) ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Xodim: Rustamova Gulchexra Abdusattor qizi



Download 44.76 Kb.




Download 44.76 Kb.