|
Ish beruvchining majburiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 47,5 Kb. | | #123793 |
Bog'liq MEHNAT ShARTNOMASI7. Ish beruvchining majburiyatlari:
7.1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
7.2) xodimning mehnatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlikni ta’minlash qoidalari, lavozim yo‘riqnomasi, jamoa shartnomasi va boshqa ichki lokal hujjatlar bilan tanishtirish;
7.3) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
7.4) ish haqi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda to‘lash;
7.5) xodimning ilmiy pedagogik salohiyatidan ishlab chiqarish hamda ta’lim muassasasida kelgusida samarali foydalanish maqsadida xodimga tegishli darajadagi oliy ta’limning turdosh va turdosh bo’lmagan yo’nalishlarida (bakalavr, magistratura, ikkinchi oliy ta’lim, phd va ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish jarayonlari) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi qayta ta’lim olish jarayonlariga tegishli tartibda huquqiy normalarga asoslangan holda sharoit yaratishni ta’minlash:
7.6) xizmat vazifalarini bajarishda zarur xavfsiz va samarali mehnat sharoitlarini yaratishni ta’minlash, uni kasbiy konpetensiyalarini oshirish;
7.7) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
7.8) qonunchilikka va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
7.9) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
7.10) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
7.11) Ish beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
8. Ish kuni rejimi: xodimning pedagogik soatlariga mutanosib holda soat 8:00 dan 15:00 ga qadar
9.Xodim uchun besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi belgilanadi.
10. Mehnatga haq to‘lash.
Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi:
10.1) amaldagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar;
10.2) xodimning ilmiy pedagogik salohiyatidan ishlab chiqarish hamda ta’lim muassasasida kelgusida samarali foydalanish maqsadida xodimga tegishli darajadagi oliy ta’limning turdosh va turdosh bo’lmagan yo’nalishlarida (bakalavr, magistratura, ikkinchi oliy ta’lim, phd va ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish jarayonlari) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi qayta ta’lim olayotganida ham aynan o’rtacha ish haqi to’liq saqlangan holda to’lanishi bilan bog’liq to’lovlar va kompensatsiyalar;
10.3) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar.
11. Xodimga:
11.1) asosiy ta’til;
11.2) qo‘shimcha ta’tillardan (qonunchilikda, mazkur mehnat shartnomasining 7.5, 10.1, 10.2 bandlari hamda jamoa shartnomalarida va boshqa hujjatlarda) iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’tillar belgilanadi.
12. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.
|
| |