10.4. Tuproq ostidan sug‘orish uskuna va mashinalari
Sug‘orishda suvni tejash usullaridan yana
biri tuproq ostidan su-
g‘orishdir. Bunda asosan suv, uning bugManishi va yerga ortiqcha shimi-
lishini oldini olish hisobiga tejaladi.
Shuningdek, bu usullami qoMlash
orqali bir qancha, jumladan; texnika yordamida jo ‘yak va muvaqqat ariqlar
qazish, yer tekislash, sug‘orishdagi qoM kuchi ishlari bajarilmaydi va ayrim
sug'orishda ishiatiladigan texnikalardan foydalanilmaydi,
Sug!ortshning
bunday
usulida
suv
kerakli
minerallarga
aralashtirilib, to‘g £ridan to‘g ‘ri o‘simlik ildiziga berish hisobiga amalga
oshiriladi.
Yerlarni tuproq ostidan sug‘orish uchun
(10.26-rasm), yer sirtidan
chuqurligi 0,5-0,6 m va eni 0,10-0,20
m И transheya qazilib, unga
diametri 0,05-0,15 m li suv quvur 1 yotqiziladi. Suv quvurining o ‘qi
bo1 у lab bir yo ‘nalishda har birining oralig‘i 0,6-0,9 m dan boMgan,
diametri 1,5-2,0 mm li sug‘oruvchi teshik 2 lar mavjud. Bu teshiklardan
suv otilib chiqib, egat 3
ga tarqaladi (10.26-rasm).
10.26-rasm. Tuproq ostidan sug'orish:
1-suv quvuri; 2- suv teshigi; 3- egat.
Suv quvurlariga suv, to‘g ‘ridan to‘g‘ri kanal yoki nasos stansiyala-
ridan beriladi. Bu yerda suv
quvurlari muvaqqat ariqlar
0
‘mida ishlatilib,
ulardan, keyingi sug‘orishda foydalanish uchun ular yer ostida qoldiriladi.
Maydonlarni suv oqizmasdan yer ostidan namlatib sug‘orish ham
mumkin. Bunda yerga ishlov beruvchi texnikalarning ish jihozlari ko‘pi
bilan yer sirtidan 0,4 m chuqurlikda boMishini hisobga olib,
undan
chuqurroq y a ’ni 0,45-0,60 m chuqurlikda sug'orish quvurlarini o ‘rnatish
zarur. Suv quvurlarni yer ostida ko‘p yillar davomida foydalanish uchun
saqlanishini
hisobga
olib,
ularning
plastmassa yoki polietilen
materialdan yasalgan turlari keng qoMlanilmoqda.
181
Yerlarni namlatib sug‘orishda esa, sug‘orish quvuri 1 parallel
ravishda har 0,5-1,5 m masofada yer ostiga (0,40-0,6 m chuqurlikda)
yotqizilib, sug‘orish tarm og'i 3
ga ulanadi (10.27,d-rasm). Bunda suv
quvuridagi suv teshiklarining diametri 0,5-1,0 mm ni tashkil qiladi.
Quvurlarni suv bilan ta ’minlash kanal yoki nasos stansiyalari orqali
amalga oshiriladi.
Yer osti suv quvurlarining uzunligi 50-200 m oraliqda bo‘lib,
oralaridagi masofa 0,5-1,5 m ni tashkil qiladi
(10.27, b-rasm).
Yer osti suv quvurlarini kanal bilan bog‘lashda
azbestsement yoki
sopol quvur 2 lardan foydalaniladi
(10.27, a-rasm}. Bunda suv
quvurlariga beriladigan suvning bosimi 0*03-0,05 M Pa oraliqda bo‘lishi
yoki suv ustunining balandligi (napori) 3-5 m va har bir sug‘oriladigan
yer maydonining o'lcham i 8-10 gektarni tashkil qilishi kerak.
Ekinlarni bu usulda sug‘orish hosildorlikni 15-20%
ga oshirib,
suvni yer ustidan sug'orishga nisbatan 5-8 marta kam sarflanadi. Y a’ni
bu usulda maydonlarni sug‘orishga sarflanadigan suvning miqdori 6 0 0 -
1200 m3/ga oraliqda bo‘ladi.
Yer osti suv quvurlarini transheyasiz yotqizuvchi maxsus mashi
nalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu mashinalar diametri 76-90 mm li plast-
massa quvurlarini 0,5-0,6 m chuqurlikka maxsus pichoq yordamida
o ‘rnatadi.