39
Bolalarga qo`g`irchoqni boshi va yuzlarini ko`rib chiqish vazifasi beriladi. Ularni nimalardan
tashkil topganligini (sochlar, quloqlar, ko`zlar, qoshlar, burun, og`iz) bolalardan so`raladi.
Bolalar ko`zdan kechirib berilgan savollarga javob beradilar.
Tarbiyachi gavda to`g`risida topishmoqlar aytadi. Bolalar javob bermasdan o`z
qo`g`richoqlarida topishmoqning javobini ko`rsatadilar,
bir tarbiyalanuvchi esa,
tayoqcha
yordamida mos keladigan suratni jadvaldan ko`rsatadilar.
Topishmoq
1. Dumaloq cho`lga mayda tol ekdim. (Sochlar)
2. Bir otada besh o`g`il. (Qo`l va barmoqlar)
3. Jar yoqalab tosh qo`ydim, jiyronchani bo`sh qo`ydim. (tish, til)
So`ng bolalarga maqollar aytiladi, ular nimani anglatishini bolalardan so`rash.
Tarbiyachi:
1. “Sog`lom tanda – sog` aql” Tushuntirib berish va savollar
orqali bolalar bilimini
mustaxkamlash. Bu nimani anglatadi? Siz buni qanday tushunasiz?
2. “Sog`liqni sotib olomaysan”
Bolalar biz salomatlik, ozodagarchilik, odam tanasi haqida qanday ertak va she’rlarni bilasiz?