• Kerakli jixozlar
  • Tarbiyachi
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

    Maqsad: Talimiy: Bolalarga suvni isrof qilmaslik, tish chotkasidan to`g`ri foydalanish.
    Tarbiyaviy: Bolalarni vatanni sevish, o`zimizning milliy boyliklarimizdan foydalanish. 
    Suvni isrof qilmaslikka o`rgatish.
    Rivojlantiruvchi: Bolalarni shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni o`rganadilar. Tish 
    chotkasidan foydalanib, tishlarini to`g`ri tozalashni bilib oladilar. 
    Kerakli jixozlar: “Tish yuvish odobi” mavzusida suratlar, tish chotkasi va tish yuvish. 
    Mashg`ulotning borishi: Bolalarga “Tish yuvish odobi” mavzusida suratlar slaydlar orqali 
    namoyish qilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati o`tkazadi.
    Tarbiyachi: - Bolalar o`z – o`zini toza tutish, ozoda yurish, tishni yuvish, orasta va toza 
    kiyinish, tirnoqlarini ozoda tutish, sochga qarash tushuniladi. Bugun biz tishlarni tozalash 
    kerakligi haqida suhbatlashamiz. Bilasizmi nima uchun tishlarimizni yuvamiz? (Bolajonlar 
    javobi)
    Tishlarimiz nima uchun kerak? 
    (Bolalar javobi) 
    -Bolalar tishimiz so`glom bo`lishi kasallanmasligi uchun har safar ovqat yegandan so`ng 
    o`zini chayqaymiz ertalab kechqurun tishlarimizni tozalashimiz kerak. Og`iz bo`shlig`ini toza 
    saqlamaslik oqibatida kares kasalligi kelib chiqadi. Kares kasalligida tish yemirilib ichida 
    g`ovak hosil bo`ladi. Bunda tish issiq-sovuq nordon vas ho`r taomlarni iste’mol qilganda 
    og`riydi va ular yalig`lanib asab tizimi zararlanadi.
    Tarbiyachi: - Bolalar bugun men sizga tish yuvish qoidasini slaydlar orqali tushuntirib 
    beraman. Hammangiz taqdimotga e’tiboringizni qarating. Tishlarni tozalashda avval og`iz 
    iliq suvda chayiladi so`ngra tish cho`tkasini suvga botirib “Bolalar tish pastasi” surib olinadi.
    (Bolalar javobi)
    Tarbiyachi: Avval og`iz xona haroratida suv bilan chayiladi so`ngra tish cho`tkasini suvga 
    botirib tish parashog`iga yoki pastasiga sal tekkiziladi. Tishlar jipslab turgan holda oldinga 
    ishqalanadi. Bu cho`tkani pastdan tepaga qarab yoki aksincha yurgizish kerak. Shundan so`ng 
    kichkintoy og`zini ochib jag` tishlarini va tishlarning ichki yuzasinitozalash kerak. Tishlarni 
    tozalab bo`lgach og`iz pasta zarralari qolmagunga qadar chayiladi. Barcha tashqi tishlarning 
    yuzlarini mulkdan tishning chetiga qarab tozalanadi.
    Nima qilindi? 
    (Bolalar javobi) 
    Tioshlarni ichki yuzasini mulkdan tishning chetiga qarab tozalanadi. Nima qilindi (Bolalar 
    javobi) 
    Til va lunjning ichki yuzasi tozalandi. 
    Nima qilindi? 
    (Bolalar javobi) 


    41 
    Bolalar tish yuvish vaqtida suvni isrof qilmaslik uni tejash kerakligini unutmang. Tish 
    yuvayotgan paytdan suv behuda oqib turmasligi lozim. Biz suvni tejab ishlatishimiz 
    kerakligini doimo yodda saqlang.
    Tarbiyachi: - Endi bolajonlar stolingizdagi suratlarning ketm-ketlikda joylashtirib chiqing. 
    (Har bir guruh a’zosi ketma-ketlik bilan o`zining surati haqida gapirib beradi) 
    Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar tish yuvish odobini juda yaxshi bilib oldingiz. Keling endi tish 
    yuvishni amalda bajaramiz. Diqqat bilan eshting amalda bajaring. 
    (Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tish yuvishni bajaradilar)

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish