Metallarning umumiy xossalari mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish




Download 38,38 Kb.
bet3/4
Sana11.12.2023
Hajmi38,38 Kb.
#115350
1   2   3   4
Bog'liq
Nomli reaksiyalar

Muammoli o’qitish metodi: Bu usul- o’quvchilarga muammoli vaziyatlarni va ularning bilish faoliyatini kuchaytirishga asoslangan.Nazariyani amaliyot bilan bog’lashga imkon yaratadi.Muammoli vazifa hayotdan olingan faktlarni , dars va vaziyatni o’rganishdan , odamlar yoki ayrim tashkilotlarning manfaatlarini ko’zlashdan iborat bo’lishi mumkin.Ilmiy tushunchalar , amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish asosida berilgan materialni chuqur mantiqiy tahlil qilishga yordam beradi. Tanlangan savollar muammoli vaziyatni vujudga keltirishi kerak. O’qitishda qo’yilgan muammolarning yechimini o’quvchilar bilan birga hal etiladi. Mavzuni o’qitish uchun quyidagi muammoli savollar o’quvchilarga havola qilinadi:
1.Aluminiy ancha faol metal bo’lsada, aluminiydan tayyorlangan buyumlar suv bilan reaksiyaga kirishmaydi nima uchun?
Odatdagi haroratda aluminiy havoda o’zgarmaydi, chunki u havoda tez oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi. Agar oksid pardasi olib tashlansa, aluminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi.
2.Kovalent bog’lanishli modda kristali va metal bog’lanishli modda kristaliga mexanik ta’sir ( zarb ) o’tkazilganda qanaqa farqli jarayonlar kuzatiladi?
Muammoning yechimi shundan iboratki kovalent bog’lanishli modda kristaliga mexanik ta’sir ko’rsatilsa, atomlarning ayrim qatlamlari siljiydi, natijada bog’lanishlar uziladi va kristall yemiriladi. Metall bog’lanishli kristalga xuddi shunday ta’sir ko’rsatilganda esa atomlarning qatlamlari bir-biriga nisbatan siljiydi, lekin elektronlar butun kristall bo’ylab harakatlanayotganligi tufayli bog’lanishlar uzilmaydi. Metallar nihoyatda plastik bo’ladi. Masalan, oltinni 0.003 mm qalinlikda listlar holida yoyish mumkin. [ 3; 307 – b ]
3.( NH4)2 Cr2O7 tuzidan labaratoriya sharoitida “sun’iy vulqon” deb ataluvchi qiziqarli tajribani amalga oshirish mumkin. Bu tajribadan ajralib chiqqan gaz oddiy sharoitda qaysi metal bilan reaksiyaga kirishadi.
( NH4)2 Cr2O7 Cr2O3 + N2 + 4H2O
6Li + N2 = 2Li3N
Albatta, bu tajribadan chiqqan gaz azotligini, azot esa oddiy sharoitda litiy metali bilan reaksiyaga kirisha olishi bizga ma’lum.
4. Metall buyumlar ( turi xildagi detallar ) ning zanglashi natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning sabablarini qanday oldini olish mumkin? Ushbu muammoni bartaraf qilishning ijobiy yechimlarini o’quvchilarni faol ishtirokida hal qilinadi. Demak, mavzuga doir bilimlarni bayon qilishda muammoli metoddan foydalanib, dars o’zaro muloqot tarzida olib borilgani uchun darsning samaradorligi yuqori bo’ladi.

Download 38,38 Kb.
1   2   3   4




Download 38,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarning umumiy xossalari mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish

Download 38,38 Kb.