|
Methods and tools of organization of primary school "upbringing" lessonsBog'liq boshlang-ich-sinf-tarbiya-darslarini-tashkil-etishning-usul-va-vositalari 2022
№ 1
55
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlarning asosiy mazmun-
mohiyatida, olib borilayotgan chora-tadbirlarning, keng ko’lamli ishlarning tub
zamirida, albatta, “Inson omili” yotadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning
tashabbuslari bilan mamlakatimiz hayotida tub burilishlarni amalga oshirish,
Vatanimizda yashab o’tgan buyuk darg’alarimiz, olim-u fuzalolarimizni ishini
davom ettirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda III Renesansni tamal toshlarini
qo’yishdek buyuk mas’uliyatli vazifani har bir soha vakili, o’z yurtining jonkuyar,
fidoiy kishilari bilan birgalikda amalga oshirish masalasi o’zining dolzarbligi va
ahamiyatini yana chuqurroq namoyish etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyati inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol
topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va
ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning
andozalarini o‘zgartirish mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim mazmuni, uning samaradorligiga katta ahamiyat
berilib, davlat ta’lim standarti o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi ko’rinishlari
tajriba sifatida amaliyotga joriy etilmoqda.
Maktablarda joriy etilgan “Tarbiya” darslarini loyihalashda, uning asosiy
g’oya va maqsadlarini o’quvchilar ongiga to’liq singdirishda darslarni o’quvchilar
yoshi, fiziologik holatidan kelib chiqqan holda, har bir o’quvchi shaxsiga
individual yondashish asosida darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amalda qo’llanilayotgan “Tarbiya” kitoblarini ko’rib o’rganib chiqadigan
bo’lsak, boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1)
bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash
tartibi va o‘quv dasturlariga mosligini hamda har bir bosqich ma’naviy-axloqiy,
tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini
o‘z ichiga olganligini ko’ramiz.
Har bir bosqichda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
hurmat qilish ruhida tarbiyalash; O‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|
| |