|
Methods and tools of organization of primary school "upbringing" lessonsBog'liq boshlang-ich-sinf-tarbiya-darslarini-tashkil-etishning-usul-va-vositalari 2022
№ 1
59
5. Ilmiylik - yangi usul vosita muammosi holatlaridan foydalanib,
o`quvchilarni mustaqil fikrlash va o`zini anglashga o`rgatish;
6. Buning uchun bolalarni dastur mavzulari asosida amaliy faoliyatga jalb
etish muhimdir;
7. Ilg`or tajribalarga suyanish;
8. Dars maqsadining aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy
ma’naviy qadriyatlar bilan boyitlishi, o`quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyati,
darsda “Xalq og`zaki ijodi” rubrikasida: maqol, ertaklardan o`rinli foydalanishi,
o`yin, test savollari, ko`rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish;
9. Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun har bir o`qituvchi
tarbiyani o`rgatishda nazariy chuqur bilimga ega bo`lishi zarur. Demak, tarbiya
darslarini turli shakllarda tashkil etish mumkin.
Boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun tarbiya darslarini turli shakllarda
tashkil etish mumkin:
1. O`yin, suhbat, uchrashuv, bahs, oilada, jamoat joylarida, mahallalarda
tadbirlar uyushtirish. Har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va
zamonaviyligi bilan odob-axloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi.
2. O`quv mashg`ulotlarini audio, video, jonli suhbat shaklida va
ko`rgazmali tashkil etish.
3. O`qituvchini yangi texnologik mahoratga ega bo`lishi va ijodkorligi.
O`qituvchi va o`quvchining maqsaddan natijaga erishishga qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda o`quvchilarning
saviyasi, jamoa xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.
Masalan, natijaga erishish uchun, balki, kompyuter bilan ishlash, balki, film
(tarqatma material, chizma, turli adabiyotlar) kerak bo`lar. Bulaning barchasi
o`qituvchi va o`quvchiga bog'liq. Shu bilan birga o`quv predmetning o`ziga xos
tomonini, joy va sharoitini, eng asosiy o`quvchining imkoniyati va ehtiyojini va
hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina,
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|
| |