• 1.2 Noan`anaviy darsni taщkil qilishning shakllari, metodlari, vositalari II BOB. SAVOD O ʻRGATISH DAVRI SINFDAN TASHQARI O ʻQISH DARSLARINING ZAMONAVIYLIGI
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari




    Download 328,13 Kb.
    bet1/6
    Sana09.02.2024
    Hajmi328,13 Kb.
    #153590
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning ped


    SINFDAN TASHQARI TALIMNING NOAN’ANAVIY SHAKLLARDAN FOYDALANISH.
    MUNDARIJA
    KIRISH
    I BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA NOAN`ANAVIY DARSLAR TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
    1.1 Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari
    1.2 Noan`anaviy darsni taщkil qilishning shakllari, metodlari, vositalari
    II BOB. SAVOD OʻRGATISH DAVRI SINFDAN TASHQARI OʻQISH DARSLARINING ZAMONAVIYLIGI…………………………………………..
    2.1. Savod oʻrgatish davri sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻquvchilar savodxonligini oshirishda qoʻllaniladigan didaktik oʻyinlardan foydalanish
    2.2. Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillari

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma`naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o`rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo`layotgan bugungi kunda ma`naviyat va ma`rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e`tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”1.
    Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday boʻlsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng koʻlamli boʻlib, oʻz dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019- yil 19- martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.
    5 ta tashabbusning toʻrtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish masalalari boʻyicha bo`lib bundan koʻzlangan asosiy maqsad – yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini oʻstirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda e’tiqod, Vatan tuygʻusini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yoʻnalishlaridandir.
    Haqiqatdan ham, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy ilm- ma’rifatni, muayyan fan asoslarini, nazariyalarni oʻzlashtirib unga oʻz faoliyatiga amal qila oladigan avlodni tarbiyalab yetishtirish komillik, barkamollik sari intilishdir. Barkamol inson ilmiy bilimlar hamda mutaxassislik fanlari asoslarini puxta o`zlashtirishi lozim. Ularni oʻzlashtirishda zamonaviy texnika va ilgʻor pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, bilimlarni oʻzlashtirish ta’lim tizimining poydevori bo`lgan boshlangʻich ta’limdan boshlanadi.
    Ta’lim berishda ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy usullar bilan oʻquvchining intelektual imkoniyatlarini ochish, ularni qiziqtirish boshlangʻich sinf oʻqituvchisining tanlagan dars usuliga bogʻliq. Ana shu nuqtai nazaridan biz tanlagan kurs ishi mohiyati jihatidan dolzarbdir.

    Download 328,13 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 328,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari

    Download 328,13 Kb.