Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari




Download 328,13 Kb.
bet5/6
Sana09.02.2024
Hajmi328,13 Kb.
#153590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning ped

Rolli oʻyinlar
Zamonaviy ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop oʻyinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy koʻnikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o`yinlar oʻziga xos oʻrin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qoʻllash nihoyatda qulay boʻlgan bir qator oʻyinli texnologiyalar yaratilgandir. Jamiyatdagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, oʻquvchilarning muayyan bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo`ljallangan didaktik oʻyinlarni ishbilarmonlar oʻyini deyiladi. Ishbilarmonlar oʻyini ham boshqa oʻyinlar kabi oʻqituvchi va oʻquvchilardan puxta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi.
Oʻqituvchi ishbilarmonlar oʻyinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma- bosqich amalga oshirishi zarur:
1. Oʻyin mavzusini oldindan belgilash.
2. Didaktik oʻyinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma- ketligi, oʻquvchilar bajarishi lozim boʻlgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.
3. Didaktik oʻyin davomida oʻquvchilar oldiga qoʻyiladigai oʻquv- bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yoʻllarini aniqlash va loyihalash.
4. Oʻquvchilarni didaktik oʻyinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik oʻyin talab etadigai vazifalarni taqsimlash, har bir o`quvchiga aniq yoʻllanma berish.
5. Mazkur oʻquv- bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda oʻquvchilarning avvalgi mavzulardan oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagan vaziyatlarda qoʻllash imkoniyatlarini aniqlash.
6. Oʻquvchilarning didaktik oʻyinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.

Didaktik o`yinli darslarniig muvaffaqiyati, avvalo, oʻquvchilarning mazkur oʻyinlarga puxta va qizgʻin tayyorgarlik koʻrishlariga, oʻqituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bogʻliq. Oʻquvchilarning bunday oʻyinga tayyorgarlik koʻrish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni taqozo etadi:


1. Didaktik oʻyinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.
2. Didaktik oʻyin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.
3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yoʻllarini topish.
4. Har bir oʻquvchining oʻzi bajarishi lozim bo`lgan vazifalarni anglashi, oʻqituvchidan kerakli yoʻriqnoma va koʻrsatmalar olish.
5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash.
6. Didaktik oʻyin ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik, oʻzaro yordam va oʻzaro nazorat vujudga kelishini taʻminlash.
Shuni ta’kidlash joizki, oʻyinli texnologiyalar ta`lim jarayonining samaradorligini ta`minlash, oʻquvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oraligʻini qisqartirish, taʻlimni jadallashtirishga yordam beradi.
Oʻyinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo`ladiki, buning oqibatida har oʻquvchi oʻzining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda oʻzi egallagan oʻrinni barqarorlashtiradi, oʻz – oʻzini boshqarish ko`nikmalarini hosil qiladi. Oʻyinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko`nikma va malakalarga aylanishini ta’minlash, balki oʻquvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar – D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbiskiy va boshqalar oʻyinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning oʻziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma`lumotlarga egamiz.
O`yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko`zda tutiladi:

  • ta’limiy (didaktik) maqsad;

  • tarbiyaviy maqsad;

  • faoliyatni rivojlantirishga yoʻnaltiruvchi maqsad;

  • ijtimoiy maqsad.

G.K. Selevkoning fikricha, oʻyin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo`ladi:
Didaktik oʻyinlarning umumiy tavsifi
Dars qurilishiga doir dars namunalari:
1. Tayyorlov bosqichi.
2.  Mavzu: Choʻpon yigit Shiroq.
3.  Darsning maqsadi:
a) afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish.
b) oʻquvchilarda Vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalash;
Darsning metodi:
suhbat.
Darsning jihozi:
asar mazmunini yorituvchi rasmlar.
Darsning borishi:
1. Kirish suhbati.
Oʻquvchilardan Vatanini dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari soʻraladi. Toʻmaris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro nomlari sanalib, Shiroq degan qahramon ham oʻtganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, “Choʻpon yigit Shiroqˮ degan afsona yaratgani aytiladi.
2. “Choʻpon yigit Shiroq” afsonasi o`qilb beriladi. Z.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat:
Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? Shiroq nima uchun xanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qoʻshinlarini qayerga olib bordi? Shiroq nima deb hayqirdi?
2. Oʻquvchilar javobi umumlashtirilib, ular Vatanni sevishga, uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar.
3.  Asarga ishlangan rasmlar koʻrsatiladi.
4. Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirigʻi beriladi. Ota- onalaridan qahramonlar haqida ertak, hikoya, bilib kelishlari va ota- onalariga Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi.
Yana nimalar haqida bilishni istashlari oʻquvchilardan soʻraladi.


Download 328,13 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 328,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari

Download 328,13 Kb.