• Kurs ishining metodi
  • Kurs ishining obekti: Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida sinfdan tashqari oʻqish darslarini takomillashtirish jarayoni. Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining tuzilishi
  • Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari




    Download 328,13 Kb.
    bet2/6
    Sana09.02.2024
    Hajmi328,13 Kb.
    #153590
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning ped

    Kurs ishining maqsadi:
    Sinfdan tashqari oʻqish darslarini samarali tashkil etish usullarini ishlab chiqish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. Mavzuga oid ilmiy – metodik manbalar, Davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi talablari asosida boshlangʻich sinflar oʻquv faoliyatini dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.
    2. Savod oʻrgatish davri sinfdan tashqari oʻqish darslari ustida ishlashning eng qulay ta’limiy – didaktik usullarni tadqiq etish.
    3. Savod oʻrgatish davri sinfdan tashqari oʻqish darslarida kitob tanlab oladigan, muntazam kitob oʻqiydigan, oʻqilgan kitobni toʻgʻri baholay oladigan, ongli kitobxonni tarbiyalash.
    Kurs ishining metodi:
    Savod oʻrgatish davri oʻqish darslarida doirasidagi ishlarni, meyoriy hujjatlarni, DTS va oʻquv dasturlari mazmunini va talablarini hamda olib borilgan tadqiqot ishlarini oʻrganish, tahlil qilish quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
    Tadqiqot mavzusiga pedagogik, psixologik, metodik hamda taʻlimga oid pedagogik adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish;
    Nazariy- amaliy tahlil;
    Pedagogik kuzatish;
    Kurs ishining obekti:
    Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida sinfdan tashqari oʻqish darslarini takomillashtirish jarayoni.
    Kurs ishining predmeti:
    Savod oʻrgatish davri sinfdan tashqari oʻqish darslarining shakl, metod va mazmuni.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati:
    Kurs ishi davomida keltirilgan metodik maslahat, xulosalardan boshlangʻich ta’lim yoʻnalishda ochiq darslar va metodik maqolalar yozishda foydalansa boʻladi.
    Kurs ishining tuzilishi:
    Kurs ishi kirish, 2 bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

    I BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA NOAN`ANAVIY DARSLAR TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
    1.1 Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari
    Noan`anaviy dars va o‘qituvchi faoliyati. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning so‘ngi bosqichida ko‘zda tutilgan sifat va samaradorlik ko‘rsatgichlarga erishish uchun ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni moderinizatsiya qilish va uni innovatsion shakl va usullarini amaliyotga joriy qilish shu kunning kechiktirib bo‘lmas dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun pedagogik texnologiyalarni ob`ekti, predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, jarayonni tashkil etish, shakl va vositalari ilgarigi mavjud o‘qitish metodikasidan nimasi bilan farqlanadi, uni monitoringi va baholash tizimi qanday olib boriladi kabi savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturni amalga oshirishning asosiy talablari bo‘lgan o‘quv rejalari, dasturlari, yangi avlod darsliklari, davlat ta’lim standartlari fanning so‘nggi yutuqlari asosida qanchalik takomillashtirilmasin, moddiy bazalari mustaxkamlanmasin, moderinizatsiya qilinmasin, olinadigan piravard natija olish oxiri oqibat professor- o‘qituvchilarning kasbiy bilimiga, ko‘nikma, malakasiga, ijodkorligiga, pedagogik mahoratiga, intellektual saloxiyatiga, talabaning ma’suliyatiga va faolligiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi. Sir emaski ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlash talabaning o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil dastur asosida mutoala bilan tinimsiz shug‘unlanishi, mustaqil fikrlay olishi, o‘z pozitsiyasini ximoya qilishi, tafakkur faoliyati ustida tinmay izlanishini taqozo etadi. Talabalar bakalavrlik darajasini olgandan keyin o‘z egallagan kasbiga yangicha ma’suliyatli munosabatda bo‘lishi, o‘quv jarayonida islohotlarni olib borish, zamonaiy texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarni olib borish malakalariga ega bo‘lishiga erishish zarur. Shuning uchun oliy ta’limda faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni texnologiyalashtirish, algoritmlash, loyixalash, 35 modullashtirish, texnologik xaritalarni tuza olish va ular asosida ishlash malakasini egallab olishi zarur. Ta’lim jarayonini olib borganda pedagogik motivlar, extiyojlar, manfaatdorlik, maqsadlarni ko‘zda tutish muhim hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlarni taxlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat oliy ta’lim muassasalarida modulli va algoritmlar asosida mashg‘ulotlarni joriy qilish keng tus olmoqda. Modul-pedagogik texnologiyani tashkil tarkibiy bo‘laklarni tashkil etuvchi tushuncha. Umuman pedagogik texnalogiya asosini modullar va algoritmlar belgilaydi. Pedagogik texnologiyaning eng kichik modullari eng asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi «g‘ishtcha»lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega. Algoritm- pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari, modullari o‘zaro joylashuvining ketma-ketligini avvaldan belgilangan tartibini (qoidasini) bildiradi. Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni: «Tashkil etish, hamkorlikda ish yuritish, takomillashtirish, taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat etish, baholash kabilarni o‘z ichiga oladi». Texnologiyalarning ob`ekti- ta’lim mazmunini texnologiyalashtirish jarayonidir. Texnologiyani predmeti-ta’lim jarayonini piravard samarali natijasini olish shakli, usul va vositalarini belgilashdan iborat. Texnologiyani maqsadi-ta’lim mazmunini modullashtirish, algoritmlash loyixalashtirish asosida talabani shaxsiy faolligi ishtirokida Davlat ta’lim standartlarini to‘la o‘zlashtirishni kafolatlashdan iborat. Xar bir professor-o‘qituvchi pedagogik texnologiyani o‘z mashg‘ulotlariga qo‘llash uchun quyidagi texnologik xaritasidan foydalanishi mumkin:
    • Mavzuni aniqlash;
    • Maqsadni aniqlash;
    • Mavzu yuzasidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kalit so‘zlarni 36 belgilash;
    • Vazifalar 1,2,3.... belgilab olish;
    • Texnologik jarayonni tashkil etish:
    1. Yakka ishlash;
    2. Juft bo‘lib ishlash;
    3. Kichik guruxlarda ishlash;
    4. Katta guruxlarda munozara, savol javob, debat va xokazolar: (Mavzu mazmuni va vazifalar tabiyatiga moslari tanlab olinadi)
    1. Reglament;
    2. Baholash;
    3. Xulosalar.
    Tayyor xoldagi texnologiyalar avval tajriba- sinovdan o‘tgan yuqori ko‘rsatgich berganlari istemolga kiritiladi. Bu esa pedagogik jarayonni modernizatsiya qilish asosida pedagogik tizimni yangilash asosida kechadi. Keyingi vaqtlarda oliy o‘quv yurtlarida mashg‘ulotlarni loyixalashtirish asosida tashkil etish ham keng tus olmoqda. Mashg‘ulotlarni loyixalashtirishda xar bir professor-o‘qituvchi oldida bir savol ko‘ndalang turishi kerak. YA’ni xar bir mashg‘ulotning maqsadi, vazifasi, ketma ketligi, izchilligi, talabani faollashtirish uchun nima qilish kerak va uni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
    • O‘quv materiallarini tanlash, uni didaktik talablar asosida tashkil etish;
    • Foydalaniladigan metod va jarayonlarni jixozlash;
    • O‘z faoliyatini tashkil etish, talaba shaxsi bilan va guruxlarda ish faoliyatini tashkil etish. Loyixalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda, mashg‘ulotni olib boruvchi professor-o‘qituvchi fidokorlik, ijodkorlik namunasini ko‘rsatishi, talabani ruxiy qo‘llab quvatlash, ularni extiyoj, qiziqishlar asosida piravard maqsadga erishishga xarakat qilish. Quyida biz mashg‘ulot jarayonini loyixa asosida tashkil etish bosqichlarini keltiramiz:
    • Mavzuga oid materiallarni to‘plash;
    • Ta’lim maqsadi va vazifalar mazmunini belgilash;
    • Ta’lim shakli, metodi va vositalarini tanlash;
    • Loyihada ko‘zda tutilgan tushuncha, bilim, ko‘nikma malakalarni o‘zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt birligini hisobga olish;
    • Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini ishlab chiqish; • Mashg‘ulotni nazariy jihatdan olib borish uchun testlar, savollarni ishlab chiqish; • Loyixani mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etish;
    • Mashg‘ulot jarayonini olib borish va yakunlash, xulosalar chiqarish mexanizmini yaratish.
    Yuqorida bayon etilganlar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. Loyiha mazmunini ta’lim jarayonida to‘la o‘zlashtirib olishini kafolatlaydi. Mavzularda ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni ta’lim standartlarini o‘zlashtirib olishga erishiladi. Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga qo‘llashda talabani shaxsi va uning qadri ta’lim jarayoni markazida turishi kerak. Iloji boricha jarayonlar individuallashgan tabaqalashtirgan holda olib boriladi. Bunda asosiy e’tibor talaba faolligini oshirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ijodiy, mantiqiy fikrlay olish ko‘nikmasini shaklantirish, uni mustaqilligi, erkinligini ta’min etish, talabani extiyoj, qiziqishlari asosida ish yuritish, talabani ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakasini oshirishni hosil qilishga karatmog‘i zarurdir. Bu zaylda tashkil etilgan ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchiga doimiy ilmiy ijodiy, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bunda xolatning ta’lim jarayoniga, uning ijodiy muhitini yaratadi va sifat samaradorlik kafolatlanadi. Interfaol ta’lim zamonaviy darsdan boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda darslarni tashkil etishga mas`uliyat bilan yondashadigan yuqori kasbiy malakali va bilimdon metodik 38 mahotarga ega, zamonaviy interfaol texnologiyalarni mukammal o‘zlashtirib olgan innovatsion faoliyatda ta’limni tashkil etadigan o‘quvchilarga talab oshib bormoqda. Interfaol ta’limda jarayon indivuduallashgan holda kechadi. Ta’lim jarayonida o‘quv faol ishtirok etadi. O‘quv bilim jarayoniga katta hissa qo‘shadi. Jarayonni olib borishda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyat tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda: - o‘quvchining o‘zaro faolligini oshadi; - o‘quvchida o‘quv reja, dastur, darsliklar, standart me’yorlar asosida mavzu mazmunini o‘zlashtirib olish malakalari shakllanadi; - ta’lim mazmunini, matni, mashq masalalarini mutaola qilish, ishlash, o‘zlashtirish ko‘nikmalari o‘qituvchini kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi, ularni mas`uliyati oshadi; -o‘quvchi erkin fikr bildirishi, o‘z shaxsiy fikrini himoya qilish, isbotlay olishga odatlanadi; - eng muhimi o‘quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. O‘z navbatida darsni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. YA’ni bu jarayonda o‘quvchini ehtiyoji, xohish, istaklari qondiriladi. Eng muhimi o‘quv materialinito‘la o‘zlashtirish kafolatlanadi. - o‘qitish usullari ta’lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda (yakka, juft, kichik guruh va katta guruhlarda) kechadi. Bunday tarzda tashkil etilgan darslarda o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining mehnat va tanqidiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Nihoyat o‘quvchi o‘z kuch va imkoniyatlaria ishonch bilan qaraydi. Bizga ma’lumki, ta’lim modeli o‘z ichiga: - passiv ta’lim - faol ta’lim - interfaol ta’limlarni oladi. Shulardan interfaol ta’lim esa o‘z navbatida: 39 - muammoli ta’lim - loyiha asosidagi ta’lim - kreativ ta’lim - evristik ta’lim - faol o‘yin asosidagi ta’lim AKT ta’limlarini alohida, shu bilan birga keyingi vaqtlarda, masofali ta’lim, media ta’lim, onlayin ta’limdagi ta’limlar xam ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda. YUqorida nomlari keltirilgan ta’lim usullarida o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchaklik, o‘quvchi va o‘qituvchi muloqatlarida sodir bo‘ladi. Iterfaol ta’limning bosh asosiy maqsadi o‘quv jarayonida o‘quvchi uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratadi. U o‘zini intelektual salohiyatini to‘la namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshiradi. Boshlang‘ich maktablarda interfaol pedagogik didaktik o‘yinlar keng qo‘llaniladi; Ishchanlik o‘yinlari darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarni oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustaxkamlash darsi. Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo‘yicha guruhga aniq ma’lumotlar berish darsi. Komp`yuter darsi – tegishli o‘quv predmeti bo‘yicha dars mavzusiga doir komp`yuter materiallari, mul`timediya, sirtdan o‘quv kursi va boshqalar vositasidagi o‘tiladigan darslar. Kim oshdi savdosi darsi – elementlarini ayrim bo‘shliqlari bo‘yicha bilimlarni har bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. YArmarka darsi – dars mavzusi bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirlar o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti asosida sinfga qiziqarli ma’lumotlar berish orqali o‘tiladigan dars. Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklida mashqlar o‘tkazish darsi. 40 O‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirilganliklarini tashkil qilish darsi. «Sud» darsi – o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos «sud» jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Kontsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi kontsert shaklda ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustaxkamlash darsi. «Tergovni bilimlardan olib boradi» darsi – dars mavzusini oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar sudlashadi, qiziqarli savol-javoblar, texnologiyalar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, ularning eslab qolishlariga qulaylik tug‘diradi. Integral dars – bir nechta predmetlarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarni turli predmetlarga qiziqishlari ortadi, faollik muhiti paydo bo‘ladi. Mo‘`jizalar maydoni darsi – o‘quvchi-talaba bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt orasida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchi-talabalarga erkin fikrlash, topqirlik, ziyraklik, zukkolik va bilimlarni atroflicha kengaytirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. YUqori sinf o‘quvchilari va akademik litsey va kasb-xunar kolleji talabalari bilan yangi texnologiyalarni o‘rganishda o‘zlashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llashda ko‘pgina trening mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Biz quyida treninglarni tayyorlash va o‘tkazish haqida fikr yuritamiz. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va ta’minlashda trenerlarning ish faoliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Sir emaski, interfaol metodlarni maktab ta’lim jarayoniga kiritib avval ishni o‘qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. Uning uchun o‘qituvchilarni tayyorlash interfaol seminarlar, trening maxsus maqsadli qisqa kurslarida, ayrim hollarda shaxsiy dastur asosidagi mustaqil malakasinin oshirish jarayonida amalga oshirish yaxshi natijalar beradi.

    Download 328,13 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 328,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning pedagogik asoslari

    Download 328,13 Kb.