|
Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillari
|
bet | 6/6 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 328,13 Kb. | | #153590 |
Bog'liq Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning ped2.2. Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillari
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol gʻoyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta`lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta’lim jarayonida oʻqitishning tajribada sinovlardan oʻtgan shakl va usullari boyitilib, zarurat boʻlganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta’lim vositasida ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Uning nechogʻli toʻgʻri amalga oshirilishi koʻp jihatdan boshlangʻich ta’lim tizimining samaradorligiga bog`liq.
Boshlangʻich ta’lim uzluksiz ta’limning eng muhim boʻgʻinidir.
“Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida“gi Nizomda ta’kidlanganidek:
“Boshlangʻich ta`lim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash, oʻzini-oʻzi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog`lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta’minlashga da’vat etilgan.
Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqishga kichik yoshdagi oʻquvchilarni ona tilini puxta oʻzlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi.
Sinfdan tashqari oʻqishning maqsadi – kichik yoshdagi oʻquvchilarni bolalar adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari oʻqish dasturining mazmuniga koʻra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo`lim ajratiladi: 1-bosqichda oʻqish doirasi, ya’ni oʻqitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda oʻqish bilan tanishtirish yuzasidan oʻquvchilarga koʻrsatma beriladi. 2-bosqichda shu oʻquv materiallari asosida bilim, koʻnikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy oʻrta taʻlimning davlat standartlari va oʻquv dasturiga koʻra 1-sinfda sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida savod oʻrgatish darslarida hosil qilingan koʻnikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
Sinfdan tashqari oʻqish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq oʻrgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uygʻotish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf oʻquvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob oʻqish qoidalari,kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini oʻrganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, koʻnikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf oʻquvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. Oʻqituvchi bolalarning his-tuygʻularini oʻstiradigan kitoblarni oʻqib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning goʻzal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, oʻtmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi.
Ularda bilimga havas uygʻotadi. 2-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi asarlarni oʻqituvchining yordami va topshirigʻi asosida mustaqil o`qishga oʻtadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari oʻqish darsi oʻtkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, oʻsimliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni oʻqituvchi topib, tanlab oʻquvchilarga oʻqishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari oʻqish mashg`ulotlarida o`quvchilarning mustaqil o`qishlariuchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari oʻqish darslari ikki haftada bir marta oʻtkaziladi. Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasida kerakli boʻlgan oʻquvchilar yoshiga mos kitoblarni toʻplashni. Sinfdan tashqari oʻqish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil oʻqib borilsagina oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuygʻularini uygʻotish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma’lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe`l-atvorini, xatti–harakatini baholash orqali ularning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.
Sinfdan va sinfdan tashqari oʻqish boshlang`ich sinflarda oʻqitiladigan barcha predmet dasturlarining boʻlimlari bilan bevosita bog`liq. Oʻz navbatida grammatika va toʻgʻri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy sanʻat, musiqani oʻrganishda olingan bilim va hosil qilingan koʻnikmalar oʻqish darslaridan oʻqish darslarida foydalaniladi. Oʻqish darslarida oʻtilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish oʻquvchini ijod qilishga undaydi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asrlar oʻquvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lugʻat boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan oʻquvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati oʻsadi. Hatto sahnalashtirish oʻquvchini har tomonlama yoʻnaltiradi, yaʻni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni oʻrgata boshlaydi.
Asarni sahnalashtirish davrida albatta oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Oʻquvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini toʻgʻri bajarishlari, oʻqishlari oʻquvchilarda zavq-shavq uygʻotib kitobga, badiiy asarga havas, uni oʻqib oʻrganishga intilish uygʻotadi. Sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Moʻmin, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi oʻquvchilar oʻrtasida turli mavzularda ijod ahli boʻlgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo boʻlishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni oʻrgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot goʻzalligini idrok etishga oʻrgatadi.
Soʻz san’ati badiiy asarda oʻz ifodasini topadi. Xalq badiiy soʻzining yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy soʻz xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan.
Buning uchun esa oʻquvchi albatta xalq ogʻzaki ijodini yaqindan oʻqishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday oʻquvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon boʻlishga, topishmoqlar oʻqir ekan, topogʻon, bilimdon, zukko boʻlishga intiladi.
Komil insonni tarbiyalashda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy gʻoyalarining asoslash, sharhlash hamda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda kasbiy mahoratni oshirishga xizmat qiluvchi samarali shakl, metod va vositalarning aniqlanganligi, shuningdek, komil insonni tarbiyalashda tarbiyaviy ishlarning amalga oshirish texnologiyasining ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim to`g`risida”gi qonuni, xalq taʼlimi sohasiga oid rasmiy hujjatlar Prezidentimizning “Barkomol avlod” to`g`risidagi ilmiy nazariy taʼlimotlari. Sharq mutafakkirlari asarlari shuningdek pedagogika nazaryasi rivojlanishida faoliyat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston olimlari va pedagoglari:
N.Azizxodjayeva, M.Inomova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Ochil, I.Saidahmedov, N.Ortiqov, A.R.Xodjaboyev va boshqalarning ilmiy g`oyalaridan nazariy asos sifatida foydalanadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar oʻquvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan boʻsh vaqtlarida oʻquv-tarbiya jarayonini toʻldiradi. U oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning oʻziga xosligi shundaki, toʻgarak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar oʻsmir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida oʻquvchilarning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda oʻquvchilarning bir-biriga boʻlgan muomala madaniyati ham shakllanadi. Oʻquvchi oʻqituvchiga taqlid asosida yoki doʻstlari orasida oʻrgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor oʻquvchining oʻziga bo`lgan muomalasini, e’tiborini oʻrganishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar oʻquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toʻldiradi. Ularning dunyoqarashi toʻgʻri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog’lanishiga zamin yaratadi.
Yuqoridagilarning barchasida oʻquvchilarning oʻqish malakalari shakllantiriladi, oʻqilgan asarni tushunishga oʻrgatadi, ularning soʻz boyligini oshirib, lugʻatini boyitadi. Sinfdan tashqari oʻqish, oʻz navbatida, qiziqarli, oʻziga jalb etadigan faoliyat boʻlib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari oʻqish darslarida ayrim qiyin soʻzlar tushintiriladi, oʻquvchilar diqqati esda saqlab qolish lozim boʻlgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi.
XULOSA
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayoti zarurati bolgan talim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yolidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz talim tizimini isloh qilish va takomillashtirisli, yangi sifat bosqichiga ko4arish, unga ilg or texnologiyalarini joriy qilish, ta limning samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga kotariladi. Ma’lumki, uzluksizlik va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo‘yib, avvalo jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa davlatning ijtimoiy va ilmiy texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kelishi ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda mana shu pedagogik texnoligiyaning ta’lim jarayoning, xususan odobnoma darslariga tadbiq etishi, usallari, ko‘rinishlari, vositalari qanday ekanligi bilan qiziqdik. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarja pedagogik texnologiyalar yordamida noan`anaviy darslarni qay tarzda tashkillashtirilayotganligi, pedagogik texnologiyalarni pedagogik jarayoniga tadbiq etishda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan odobnoma darslari, erishilayotgan yutuqlar, kutilayotgan natijalar qanday ekanligiga to‘xtaldik. Bitiruv tadqiqot ishlarimizning birinchi bobi Boshlang‘ich ta’lim tizimida no‘anaviy darslarni tashkillashtirishning nazariy asoslariga to‘qtaldik, pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishining afzalliklari, kamchiliklari, shakllari haqida to‘xtalib o‘tdik. Bunda asosan, pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslardan namunalar keltirdik, tahlil etdik. Xulosa qilib aytish mumkinki noan`anaviy darslar tashkil etilsa, o‘quvchio‘qituvchi munosabati o‘rnatiladi, qo‘rquv, hadiksirash, ishonchsizlik chekinadi, o‘quvchi uchun tenglik, erkinlik vaziyati tug‘iladi. 56 O‘quvchining o‘z kuchi, imkoniyatini ochishga sharoit yaratib, ochilmagan qirralari ochiladi, o‘qishga havas ortadi. Kichik bo‘lsada, o‘quvchining olg‘orlik sari qo‘yilgan har bir qadami yutuq deb qaralsa, u o‘quvchini yangilik sari etaklaydi, uning mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, faolligini oshiradi. Ana shunda bizning asosiy maqsadimiz-bilimlarning mustahkam va puxta o‘zlashtirishga erishiladi.
|
| |