II BOB. SAVOD OʻRGATISH DAVRI SINFDAN TASHQARI OʻQISH DARSLARINING ZAMONAVIYLIGI




Download 328,13 Kb.
bet4/6
Sana09.02.2024
Hajmi328,13 Kb.
#153590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’limda noan`anaviy darslar tashkil qilishning ped

II BOB. SAVOD OʻRGATISH DAVRI SINFDAN TASHQARI OʻQISH DARSLARINING ZAMONAVIYLIGI
2.1. Savod oʻrgatish davri sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻquvchlar savodxonligini oshirishda qoʻllaniladigan didaktik oʻyinlardan foydalanish
Zamonaviy ta’lim sharoitida yangi pedagogik va axborot texnologiya ishlarini qoʻllash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashda didaktik taʻlimotni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Didaktik vosita nima? Bu savolga javob berish uchun biz avvalo «vosita» soʻzining maʻnosini esga olaylik. Yuqorida aytib oʻtganimizdek biror bir ishni sifatli va samarali amalga oshirishimiz uchun biz albatta tegishli vositalardan foydalanamiz. Masalan, tuproqqa ishlov berishda, uni yumshatish vositalari, bular tuvakdagi gul uchun kichik yumshatgich belkurakchalar bo`lsa, bogʻdagi tuproqqa ishlov berishda ketmon va belkuraklardan, bir necha gektarlik ekinzor dalalarga esa traktorlardan foydalanamiz. Endi tasavvur qiling, agar vosita bo`lmasa ushbu ishlarni amalga oshirish qanchalik qiyin boʻlardi, hatto ba`zilarini amalga oshirish imkoni ham bo`lmasdi. Xuddi shu kabi mahsulot tayyorlashda dastgohlardan, yuk tashishda transportlardan, ommaga axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalaridan va h.k. foydalanamiz. Xuddi shuningdek ta’lim berishda esa didaktik vositalardan foydalanamiz. Pedagogika kursidan bizga ma’lum boʻlgan didaktika, ya`ni grekcha «didaktos» soʻzidan olingan bo`lib, ta`lim bermoq yoki ta`lim nazariyasi degan ma’noni anglatishini esga olishning oʻzi kifoya. Didaktik vositalar - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo`lishi mumkin.6 Ya`ni ularning hammasi ham aynan ta’lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo`lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik vositalardan foydalanishni oʻrganish osonroq. Faqat qoʻllanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Masalan: televideniyani olsak, u turmushimizda dam olish uchun qoʻllaniladigan maishiy texnik vosita boʻlsa, aholi orasida targʻibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta’limda ham keng foydalanayapmiz. Masalan, masofadan turib oʻqitishda u didaktik vosita sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Didaktik vositalar oʻquv jarayonida muhim oʻrin tutadi. Chunki ular oʻquv jarayonining asosiy tashkil etuvchi vositalaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar oʻquv jarayonida oʻqituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Didaktik vositalardan oʻquv jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:
- Nazariy mashg`ulotlarda talabalarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir oʻquv materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilishda;
- Amaliy mashgʻulotlarda talabalarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va koʻnikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilishda;
- Nazorat mashgʻulotlarida talabalarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan foydalanishda.
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o`tkazishda ham didaktik vositalarsiz koʻzlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib koʻraylik, mashgʻulotda biror bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi toʻgʻrisida oʻqituvchi faqat ogʻzaki usul bilan qay darajada talabalarga ma`lumotlarni bera olardi. Agar bu ishda oʻqituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidan- mi, uning virtual, yoki aynan modelidan- mi, unga doir video materialdan- mi foydalansa, talabalarga uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson boʻladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda samara yuqori boʻladi. Oʻquv jarayonida olib boriladigan mashgʻulotlarda biz faqat og`zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi oʻquv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma koʻrinishda, ovozli va tasviriy koʻrinishda, xajmiy va harakatli koʻrinishda, elektron va boshqa koʻrinishlarda bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo didaktik vositalarning klassifikasiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq boʻladi.
Didaktik vositalarning klassifikasiyasi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yoʻnalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo`llaniladigan didaktik vositalar, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida taʻlimni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yoʻnalish boʻyicha ularning tegishli turlari bor.
Biz bularning har biri bilan kelgusi ma`ruzalarda, tegishli mavzular orqali, chuqurroq tanishib olamiz. Hozir esa ular toʻgʻrisida qisqacha boshlangʻich ma’lumotlarni beramiz. Oʻquv mashgʻulotlarida talabalarga beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib koʻrsatiladigan va shunga oʻxshash barcha turdagi oʻquv axborotlarini biz didaktik materiallar deymiz. Ularni qachon va qay maqsadda qoʻllashimizga qarab ularni alohida guruhlarga ajratib chiqamiz.
Didaktik vositalarning guruhlanishi. Ushbu materiallarni qoʻllashda va tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plakatlar, diapozitivlar, fotosuratlar, audio, televizion va videomateriallar, informasion texnologiyalar asosidagi materiallar va h.k.z.
Oʻz navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va didaktik imkoniyatlariga
qarab sinflaymiz.
Shundan kelib chiqqan holda biz mashgʻulot davomida bir necha turdagi didaktik materiallarni qoʻllaymiz, buning uchun tegishli didaktik vositalardan foydalanamiz. Bular esa birgalikda shu mashgʻulot uchun tuzilgan didaktik vositalari majmuasi hisoblanadi.
Endi qisqacha didaktik vositalar toʻgʻrisida mulohaza yuritsak. Har bir vazifani amalga oshirishda, yaxshi samaraga erishish uchun biz unga kompleks, ya’ni majmuiy yondoshishimiz maqsadga muvofiqdir. Shudan kelib chiqqan holda biz ham mashgʻulot davomida beriladigan oʻquv axborotlarini majmua tuzgan holda
bersak ishimiz ancha samarali kechadi.
Didaktik oʻyinli darslar
Didaktik oʻyinli darslarni oʻquvchilarning bilim olish va oʻyin faoliyatining uygʻunligiga qarab syujetli- rolli oʻyinlar, ijodiy oʻyinlar, ishbilarmonlar oʻyini, konferensiyalar, oʻyin- mashqlarga ajratish mumkin.
Oʻqituvchi avval oʻquvchilarni individual, soʻngra guruhli oʻyinlarga tayyorlashi va uni oʻtkazishi, ular muvaffaqiyatli chiqqandan soʻng, ommaviy oʻyinlarga tayyorlashi lozim. Chunki oʻquvchilar didaktik oʻyinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari, bundan tashqari, sinf jamoasi o`rtasida hamkorlik, oʻzaro yordam vujudga kelishi lozim.
Oʻqituvchi didaktik oʻyinli darslarni oʻtkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
1. Didaktik oʻyinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan boʻlishi.
2. Muhim muammolarga bagʻishlanishi va ular oʻyin davomida hal etishini.
3. Barkamol inson shaxsini tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob- axloq normalariga mos kelishi.
4. O`yin strukturasi mantiqiy ketma- ketlikda boʻlishi.
Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflagan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik oʻyinli darslarning tavsifiga qisqacha toʻxtalamiz.

Download 328,13 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 328,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. SAVOD OʻRGATISH DAVRI SINFDAN TASHQARI OʻQISH DARSLARINING ZAMONAVIYLIGI

Download 328,13 Kb.