|
Methods and tools of organization of primary school "upbringing" lessonsBog'liq boshlang-ich-sinf-tarbiya-darslarini-tashkil-etishning-usul-va-vositalari 2022
№ 1
58
texnik ijodkorlik, mantiqiy va innovatsion tafakkurni o‘stirishga qaratilgan
loyihalash hamda modellashtirish topshiriqlarini qamrab olganligi bolaning
ijtimoiy hayotga moslashishga va dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar pedagogik
va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan e’tibor kundan-
kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy
ta’limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa,
zamonaviy
texnologiyalar
ularni
egallayotgan
bilimlarini
chuqur
o`zlashtirishlariga, mustaqil o`rganib tahlil qilishga, katta ijodiy xulosalar
chiqarishlariga ham o`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda
boshqaruvchanlik, yo`naltiruvchanlik vazifasini bajaradi.
Tarbiya darslari ijodiy, noan`anaviy suhbat, o`yin, oilada, tabiatda, bahs,
munozara, uchrashuv shaklida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishda nimalarga
e’tibor beriladi:
1. Darsdagi ta’lim-tarbiya maqsadining aniqligi;
2. Pedagogik texnologiya mazmunining hozirgi davr talabiga mosligi;
3. Pedagogik texnologiya jarayonida didaktik qoidalar;
4. O`qituvchining mahorat texnikasi.
Pedagogik texnologiyani qo`llashda o`qituvchi quyidagi qoidalarga amal
qilishi lozim:
1. Zamonaviylik ta’lim-tarbiya amaliyotiga asoslangan tajriba, sinovdan
o`tgan didaktika sohasidagi yangliklarni joriy etish;
2. Ta’lim-tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish. O`quv dasturlariga
ham befarq bo`lmasdan sinchkovlik bilan o`rganish;
3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi ijodlarni o`rganib borish;
4. O`quv jarayonida o`quvchi bilan o`qituvchi faoliyatini optimallashtirish,
faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish;
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|
| |