Mexanik ishlov berish uchun quyum referat




Download 88.22 Kb.
bet1/3
Sana19.12.2023
Hajmi88.22 Kb.
#123776
  1   2   3
Bog'liq
Mexanik ishlov berishdagi aniqlikni taminlashni zamonaviy usullari
Халқаро конференция мақолалари тўплами Бухоро Март 2020 , informatika-test-9-sinf-olimpiada, 9-mavzu, Qorayeva Mavluda esse, Odinayev IBROHIM 10-19-guruh kurs loyihasi, Napoleonning josusi (roman), 1-Namuna test Milliy sertifikat (2), YAGONA TARIF TIZIMI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI, INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI, TURLARI VA ULARNING HAJMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR, 19-MAVZU O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MAZMUN MOHIYATI, 6-mavzu, Boshqaruvda axborot tеxnologiyalari, 10 синф тести yangi, ARAB XALIFALIGI DAVRI BOSHQARUVI

Mexanik ishlov berishdagi aniqlikni taminlashni zamonaviy usullari
1 Mexanik ishlov berish uchun quyum

Quyum turlari. Tayyorlama olishning deyarli hamma usullari mashina detallarining keraklik aniqligi va yuza g’adir-budurligini ta’minlay olmaydi. Yuqori sifatli detallarga mexanik ishlov berish usuli bilan erishiladi. Shunday ekan, mexanik ishlov berilishi kerak bo’lgan tayyorlama o’lchami tayyor detal o’lchamidan farq qilishi kerak.
Shunga muvofiq tayyorlamaning tashqi yuza o’lchamlari kattalashtirilgan va ichki o’lchamlari kichiklashtirilgan bo’lishi kerak. Mexanik ishlov berish jarayonida berilgan aniqlik va yuza g’adir-budurligini olish maqsadida kesib olinadigan metall qatlami quyum deb ataladi. Demak, tayyorlama va detal o’lchamlarining ayirmasi quyumni tashkil etadi.
Quyumlar oraliq va umumiy quyumlarga bo’linadi. Mexanik ishlov berishning berilgan operatsiyasini (o’tishini) bajarishda olib tashlanadigan metall qatlami oraliq quyum (Zi) deb ataladi. Bu quyum oldingi va bajarilayotgan operatsiyalar orasidagi tayyorlama o’lchamlari farqi bilan aniqlanadi. Oraliq quyumni ko’pincha operatsiyalar aro quyum deb ham yuritiladi.
Berilgan yuzaga mexanik ishlov berishdagi hamma operatsiyalarni bajarishda (qora tayyorlamadan to tayyor detal olgungacha) olib tashlanadigan metall qatlami umumiy quyum (Z0) deb ataladi. Umumiy quyum miqdori tayyorlama va detalning ish jarayonidagi o’lchamlar farqi bilan aniqlanadi.
U yoki bu yuzaga mexanik ishlov berishdagi umumiy quyum miqdori hamma operatsiya (o’tish)lardagi oraliq quyumlar yig’indisiga teng bo’ladi:

bu erda: m – texnologik operatsiya (o’tish)lar soni.
Quyumlar simmetrik va nosimmetrik bo’ladi. Simmetrik quyumlar ichki va tashqi aylanuvchi yuzalarda hamda qarama-qarshi joylashgan yuzalarga paralell ravishda bir paytda ishlov beriladigan yuzalarda bo’ladi.
Tashqi aylanuvchi yuzalar uchun: 2Z0 = da – db
Ichki aylanuvchi yuzalar uchun 2Z0 = d b – da
Qarama-qarshi yuzalarga paralell ishlov berganda 2Z0 = la – lb
Nosimmetrik quyumlar detallarning tomonlariga alohida ishlov berilganda
bo’ladi, ya’ni: Z0 = a – b
Bu yerda, a va b – mos ravishda tayyorlama va tayyor detall o’lchamlari
Quyumlar miqdori texnologik jarayonni ishlab chiqishda muhim texnikiqtisodiy ahamiyatga ega. Oshirib yuborilgan quyum detal tayyorlashga sarflanuvchi materlal xajmini ko’paytirib, dastgoh ish unumdorligini kamaytirib, detal sifatini yomonlashishiga olib keladi. Chunki, kesish chuqurligini oshib borishi ish tartibini kamaytirishga, o’tishlar sonini oshishiga, demak dastgoh unumdorligini kamayishiga olib keladi.
Quyum kamayib ketsa ishlov berishda keraklik o’lcham aniqligini va yuza silliqligini olib bo’lmaydi, bu esa nuqsonli detal tayyorlashga olib keladi, shuning uchun muqobil quyum tayinlashga harakat qilish kerak.
Quyumning miqdoriga asosan quyidagi omillar ta’sir etadi:
-tayyorlamaning shakli va o’lchamlari. Shaklning murakkabligi va tayyorlama o’lchamlarining kattaligi quyumning oshishiga olib keladi;
-tayyorlamaning turi va uni olish usuli. Tayyorlamalar ularni tayyorlash turiga
(prokatlash, quyma, bolg’alash va xakozo) qarab har-xil aniqlikda bo’ladi;
-tayyor detaldan talab qilinayotgan o’lcham aniqligi, yuza sifati va g’adirbudurligi, bu talablar qancha yuqori bo’lsa quyum ham shuncha katta bo’lmog’i kerak, chunki bu talablarni bajarish uchun qo’shimcha operatsiyalar tayinlanmog’i zarur.

Download 88.22 Kb.
  1   2   3




Download 88.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanik ishlov berish uchun quyum referat

Download 88.22 Kb.