170
muvofiq yuqorida sanalgan buyruq kodini deshifrlash
natijalarini xotiradan
o‘qiydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan beshta usul asosiy hisoblanadi.
Mikrokompyuterga asoslangan tipik kichik kompyuter tizimining arxitekturasi
12.5-rasmda ko‘rsatilgan.
12.5-rasm. Tipik kichik mikroprotsessor tizimining arxitekturasi
Mikroprotsessor boshqarish shinasi (BSh) yordamida raqamli tizimning barcha
qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi.
BSh bilan bir qatorda, ma’lum
xotira joyini,
kiritish port, yoki chiqish port tanlash uchun ishlatiladi 16-bit manzil shinasi (MSh)
ham mavjud. 8-bitli axborot shinasi yoki ma’lumotlar shinasi (MSh)
mikroprotsessorga va undan ikki tomonlama ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. Shuni
ta’kidlash muhimki, MP axborotni mikrokompyuter xotirasiga yoki chiqish portlaridan
biriga yuborishi, shuningdek axborotni xotiradan yoki kiritish portlaridan biriga olishi
mumkin.
Mikrokompyuterda doimiy saqlash qurilmasi (DSQ) dasturni o‘z
ichiga oladi
(amalda kompyuterni ishga tushirish dasturi). Dasturlarni
tasodifiy-kirish xotira
qurilmasiga (TKXQ) va tashqi xotira qurilmasidan (TXQ) yuklash mumkin.
Bular
foydalanuvchi dasturlaridir.
171
Bunday mikrokompyuter raqamli mashinaning barcha 5 ta asosiy bloklarini o‘z
ichiga oladi: axborot kiritish qurilmasi, boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik mantiq
qurilmasi (AMQ) (mikroprotsessorga kiritilgan), saqlash qurilmalari (xotira) va
axborot chiqarish qurilmasi.