• Toshkent - 2021 3 KIRISH
  • Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti




    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/177
    Sana18.09.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #271609
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
    Bog'liq
    hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

     YU. G. Shipulin
    – ToshDTU “Avtomatlashtirish va
    boshqaruv” kafedrasi professori, texnika fanlari
    doktori. 
    Sh. M. Muzaffarov –
    TIQXMMI “Elektr ta’minoti
    va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi
    professori, texnika fanlari doktori 
    © Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash 
    muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti– 2021.
    Toshkent - 2021 



    KIRISH 
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida olib 
    borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi – ta’lim tizimi islohotlarini hayotga tadbiq 
    etish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh 
    mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati 
    uzluksiz ta’lim tizimi orqali yoshlarni intellektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan 
    tarbiyalash va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. O’tgan 
    vaqt mobaynida barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi davlat ta’lim standartlari 
    ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.
    Darslik va o‘quv adabiyotlarini mazmuni va mohiyati jihatidan talabalarda 
    mustaqil va erkin fikrlash, oldindan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish
    mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, dolzarb yangi bilimlarni o‘quv 
    adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi lozim. 
    Mazkur darslikni yozish jarayonida har bir bob yoki mavzuning mazmuni 
    tushunarli, ilmiy g‘oya va tushunchalar mohiyatini aniq va ravshan bayon etishga 
    hamda mavzularning bir-biriga mantiqan bog‘liqligi va ketma-ketligining saqlanishiga 
    e’tibor berildi. 
    Milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq, intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning 
    zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan kadrlarni 
    tayyorlashda «Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» 
    fani texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, mahsulot 
    sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini 
    yaxshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash va boshqa dolzarb 
    muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarga o‘z 
    ixtisosliklarini nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur egallashga yordam beradi. 
    «Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» fanini 
    o‘qitishdan maqsad, talabalarga texnologik jarayon parametrlarini nazorat qilish 
    usullari va tizimlari, ob’ektlar, rostlash qonunlari, rostlagichlar, jarayonga ta’sir 
    etuvchi qurilmalar va avtomatik rostlash hamda boshqaruv tizimlari bo‘yicha aniq 
    bilim berish va olingan bilimlarni ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda 
    foydalanishga o‘rgatishdan iborat. 
    «Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» fanini 
    o‘rganish oldingi o‘quv kurslarida egallangan «Oliy matematika», «Fizika», 
    «Informatika va axborot texnologiyalari», «Elektrotexnika, elektronika va elektr 
    yuritmalar», «Avtomatik boshqarish nazariyasi» hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 
    olingan bilimlar asosida tashkil qilingan. 



    Mazkur fanni o‘rganish davomida olingan bilimlar talabalarni mavjud 
    avtomatlashtirish tizimlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, shuningdek, talabalarga 
    o‘z ixtisosliklari bo‘yicha fanlarni nazariy va amaliy jihatdan mukammal egallashida, 
    ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishida, bitiruv malakaviy ishlarini bajarishida hamda 
    mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishlarida foydalidir. 
    Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan 
    tadbirlarning asosiy maqsadi mutaxassislar tayyorlash sifatini
     
    tubdan yaxshilashdir. Bu 
    ishlarni jadallashtirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada bo‘lishi 
    asosiy omildir. 
    Agarda ushbu darslikni Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, 
    albatta ulardan ko‘ra darslik intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi
    insonning tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ta mas’uliyatliligini anglatishga qaratilganligi 
    bilan, vatanparvarlik hissi, ma’naviy-axloqiy sifatlar shakllantirilishi, ta’lim va tarbiya 
    uzviyligini ta’minlashga e’tibor berilishi bilan farqlanadi.
    Darslikda Xorijiy oliy o‘quv yurtlarida foydalaniladigan darsliklar qatorida 
    ushbu darslikda jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini 
    inobatga olinganligi, uning ahamiyatini ifodalanishi, soha va fanga oid milliy va xorijiy 
    tajriba va ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilishida o‘xshashliklar mavjud. 
    Xorijiy o‘quv yurtlarida yaratilgan darsliklardan ya’na bir tomoni darslikda 
    O’zbekiston respublikasini rivojlantirish strategiyasining demokratik, huquqiy, 
    iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yo‘nalishlarida mamlakat taraqqiyotining ustuvor 
    masalalariga asoslangan holda yaratilganligi bilan farqlanadi.
    Muallif ushbu darslikni yozish jarayonida o‘zlarining qimmatli fikr-mulohazalari 
    bilan yaqindan yordam bergan Toshkent davlat texnika universiteti, shuningdek 
    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsilash muhandislari institutining 
    professor-o‘qituvchilariga chuqur minnatdorchiliklarini izhor etadi. Shuningdek, 
    darslikni qo‘lyozmasi bilan tanishib, uning sifatini yaxshilashga qaratilgan 
    maslahatlari uchun, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyaning akademiki,
    texnika fanlari doktori, professor Nodirbek Rustambekovich Yusupbekovga, texnika 
    fanlari doktori professorlar P.R. Ismatullayevga, Sh.M. Gulyamovga, YU.G. 
    Shipulinga, SH.M. Muzaffarovga va R.T. Gaziyevalarga samimiy tashakkur 
    bildiraman. 
    Darslikning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha taklif va mulohazalarni muallif 
    mamnuniyat bilan qabul qiladi. 

    Download 7,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti

    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish