avtomatika vositalarining ishlatish xususiyatlari




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

avtomatika vositalarining ishlatish xususiyatlari 
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyul, PF-6024-son 
“O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga 
mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni qabul qilingan. Ushbu 
farmon bilan Suv xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish borasida aniq vazifalar belgilangan, 
jumladan: 
- suvni tejash texnologiyalarini keng joriy yetish; 
- joylarda avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
keng qo‘llash; 
- sug‘orish tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish yo‘li bilan 
samaradorlik koeffitsiyentni 0,63 dan 0,73 gacha oshirish hisobiga, 1 mln dan ortiq 
suvdan foydalanish samaradorligini oshirish; 



-meliorativ ob’ektlarda qurilish va rekonstruksiya, ta’mirlash-tiklash ishlari 
hisob
iga, 298,5 ming gektardan qayta foydalanish natijasida sho‘rlangan 
maydonlarning yillik 1% ga kamaytirish;
- 2030 yilga borib nasos birliklari va dvigatellari rekonstruksiya va 
modernizatsiya qilish tufayli, elektr energiyasi sarfi 8,0 mlrd. kVt. dan 6.0 mlrd kVt 
gacha kamayishi kutilmoqda.
- bozor iqtisodiyoti tamoyillarini ishlab chiqish, shuningdek, 50 ta suv xo‘jaligi 
ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik doirasida xususiy sektorga o‘tkazish. 
2025-yilga kelib “Smart Water” "aqlli suv" tizimi 300 ta ob’ektda o‘rnatilishi 
rejalashtirilgan bo‘lib, 2030-yilga kelib ushbu tizim bilan qamrab olingan 
ob’ektlarning umumiy soni 1000 taga etkazish kutilmoqda. 
Bundan tashqari, sug‘oriladigan hududlarning meliorativ holati haqida tezkor 
ma’lumot olish, uzatish, kuzatish va baholash maqsadida 2020 yilda 2000 ta 
quduqlarda, 2025 yilgacha - 6000 ta quduqlarda, 22030 yillargacha 7270 ta quduqlarda 
geoaxborot tizimlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 
Shu bilan birga 2030 yilga kelib 100 ta suv xo‘jaligi ob’ektlarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda suv resurslarini boshqarish 
jarayonini avtomatlashtirish rejalashtirilgan. 
Suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan va raqamli 
texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish, yerlarni lazer 
tekislash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish hisobidan jami 4 mlrd. m3 suv 
tejalgan.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish orqali 
suvni samarali boshqarish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida, KOICA, GIZ, BMT 
Taraqqiyot dasturi, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda 
98 ta “Aqlli suv” qurilmalari o‘rnatilgan, 10 ta yirik gidrotexnika inshootlari 
avtomatlashtirilgan, 6 ta dasturiy ta’minot, mobil ilova va geoaxborot tizimlari markazi 
tashkil qilingan. 
Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash 
yo‘nalishini amalga oshirishda: 
a) katta va o‘rta daryolar hamda soylarda joylashgan gidrologik postlarni 
raqamli texnologiyalar asosida avtomatik uskunalar bilan bosqichma-bosqich 
jihozlash, gidrologik postlar tarmog‘ini kengaytirish; 
b) barcha suv ob’ektlarida suvni nazorat qilish va hisobi yuritilishini raqamli 
texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslari bo‘yicha shaffof axborot 
tizimini yaratish; 


10 
v) suv resurslarini prognozlashtirish, suvning hisobini yuritish va 
ma’lumotlarni qayta ishlashni yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 
g) suv resurslarini prognozlashda geoaxborot tizimini joriy qilish, suv 
zaxiralarining tezkor monitoring olib borish hamda prognoz ma’lumotlarining 
ishonchliligini oshirish; 
d) barcha suv ob’ektlarida suvning hisobini yuritishda ma’lumotlarni 
standartlashtirish; 
e) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv ob’ektlari bo‘yicha 
ma’lumotlarini to‘plash va ularni qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimlarini 
takomillashtirish; 
j) suv ob’ektlarida raqamli texnologiyalar yordamida suvning monitoringini olib 
borishni bosqichma-bosqich joriy etish, barcha manbalar va suv resurslari bo‘yicha 
yagona axborot tizimini yaratish; 
Suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini 
raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurs tejaydigan 
zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali 
foydalanishni ta’minlash yo‘nalishini amalga oshirishda: 
a) suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish, ularni ta’mirlash-tiklash 
hamda qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tizimli amalga oshirish, irrigatsiya 
tizimi va sug‘orish tarmoqlarida suvning yo‘qolishini kamaytirish, suv inshootlarining 
texnik holatini yaxshilash va ishonchliligini oshirish: 
irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, 
betonlashtirish va filtratsiyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish, ularning bir 
qismini bosqichma-bosqich quvurli va suvni boshqarishga qulay bo‘lgan boshqa 
tizimlarga o‘tkazish; 
gidrouzel va boshqa yirik gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish va 
ta’mirlash, yirik gidrouzellar va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida 
avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazish; 
lotok tarmoqlarini qayta tiklash, lotoklarni mahalliy iqlim sharoitiga mos 
kompozit va polimer materiallar asosida ishlab chiqarishni joriy qilish; 
suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga 
olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash; 
b) suv xo‘jaligi nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish va 
foydalanish 
xarajatlarini 
kamaytirish, 
shuningdek, 
nasoslarni 
foydali 
ish 
koeffitsiyentni oshirish: 
nasos stansiyalarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, shu jumladan, 
eskirgan nasos, elektrodvigatel va transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimini 


11 
energiya tejamkor uskunalarga almashtirish, muqobil energiya manbai, shu jumladan, 
quyosh batareyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, bosimli quvurlarni kapital 
ta’mirlash va yangilash; 
nasos stansiyalarida raqamli texnologiya asosida elektr energiyasi iste’moli va 
suv sarfining «onlayn» rejimida monitoringini olib borish; 
suv xo‘jaligiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning kredit va 
grant mablag‘lari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, davlat 
budjeti xarajatlarini kamaytirish; 
suv xo‘jaligi ob’ektlari texnik holatini uchuvchisiz uchish apparatlari 
yordamida o‘rganish, loyiha-qidiruvi ishlarini raqamlashtirish hamda sifatini 
yaxshilash; 
irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 
loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-amaliy kuzatuvini ta’minlash va sifatini yaxshilash; 
suv xo‘jaligi ob’ektlarining modernizatsiyalash va qurishga, ilmiy-tadqiqot, 
tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga 
xarajatlarni ko‘paytirish. 
Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va 
suv iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli 
texnologiyalarni joriy qilish yo‘nalishini amalga oshirishda: 
a) Suv xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish, 
bunda har bir davlat va jamiyat organlarining suv resurslarini barqaror boshqarish va 
ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalari, funksiyalari va 
vakolatlarini aniq belgilash; 
b) barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan 
foydalanishni rejalashtirish va uni tezkor boshqaruvini tashkil etishda «Smart Water» 
(«Aqlli suv») texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy etish; 
v) suv va suvdan foydalanishga doir ma’lumotlar bazalarini hamda monitoring 
tizimlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda suv resurslarining 
avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimini yaratish; 
g) suv xo‘jaligi ob’ektlari kadastrini geoaxborot tizimlaridan foydalangan 
holda yuritish tizimini tashkil etish; 
d) suv xo‘jaligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda suv 
ob’ektlarini masofadan nazorat qilish hamda suvdan foydalanishning monitoringini 
yuritish ishlarini takomillashtirish va ularning tezkorligini oshirish; 
e) sug‘oriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ekinlarni 
joylashtirish va cho‘llanish jarayonlari, shuningdek suvdan foydalanish 
samaradorligini baholashda masofadan zondlash texnologiyasining imkoniyatlaridan 
foydalanish; 


12 
j) suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan boshqarish 
hamda inson va atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha samarali gidrologik 
modellarni ishlab chiqish; 
z) qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv resurslarining prognoziga va ajratilgan suv 
olish limitiga muvofiq joylashtirish hamda suvning samaradorligini oshirish. 
Shu bilan birga, ushbu Konsepsiyada ko‘zda tutilgan suv sohasidagi islohotlar 
va ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun har uch yilda «Suv resurslarini 
boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi» ishlab chiqiladi va uni 
amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Download 7,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



avtomatika vositalarining ishlatish xususiyatlari

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish