13
Qishloq va suv xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot
almashinuvi va jarayonlariga ega bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Bu
esa shu sohada qo‘llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish rejimlariga mos
tushmay qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtab qolishi, suv
xo‘jalik mashinalarining ish rejimlari bir-biriga mos tushmay qolishiga olib kelishi
mumkin. Qishloq va suv xo‘jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri ulardagi
texnika va qurilmalarning katta maydonlarda joylashgani va ta’mirlash bazasidan
uzoqligi, uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining mavsumiyligi
hisoblanadi. Jarayonlar har kuni ma’lum sikl bo‘yicha qaytarilishiga qaramay,
mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak, bu sohada
qo‘llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, nisbatan arzon,
tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo‘lishi kerak. Bunday
sharoitda avtomatlashtirish vositalari aniq va ishonchli ishlashi lozim, chunki bunday
jarayonni tabiatan to‘xtatib, uzib qo‘yib bo‘lmaydi.
Misol uchun, gidromelioratsiya tizimlarida avtomatlashtirish vositalari tabiiy
sharoit o‘zgarishiga qaramay, sutka davomida texnologik operatsiyalarning
davomiyligini ta’minlab berishi zarur. Qishloq va suv xo‘jaligida tashqi tasodifiy
ta’sirlar turli ko‘rinishlarda o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Qishloq va suv xo‘jaligi
avtomatikasidagi ko‘pgina ob’ektlar texnologik maydoni yoki katta hajmda vaqt
ko‘rsatkichlariga ega. Misol uchun, nasos agregatlarida ob’ekt bo‘yicha kattaliklarni
nazorat qilish va boshqarish kerak bo‘ladi (suv sathi, bosim, ish unumdorligi, hajmi va
h. k). Bunday ob’ektlar uchun avtomatlashtirish tizimlarida birlamchi o‘zgartkichlar,
ijrochi
mexanizmlarning
optimal
miqdoriga
ega
bo‘lib,
boshqaruvchi
ko‘rsatkichlarning qiymatini belgilangan aniqlikda va ishonchli ravishda saqlash katta
ahamiyatga ega.
Qishloq va suv xo‘jaligida qo‘llanuvchi qurilma va uskunalarning ko‘pchiligiga
xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularning tashqi muhit bilan bog‘liq holda ochiq
havoda ishlashidir: namlik va haroratni keng maydonda o‘zgarishi, turli aralashmalar,
chang, qum, agressiv gazlar hamda sezilarli tebranishlarning mavjudligi. Qishloq va
suv xo‘jaligida sanoatdan farqli ravishda yuqoridagi talablardan kelib chiqib
avtomatlashtirish vositalari tashqi ta’sirlarga chidamli, parametrlarini keng diapazonda
o‘zgaruvchi qilib ishlanishi zarur. Bu esa loyihalashtirilayotgan ob’ektdagi texnik
vositalarning ishdan chiqishini kamaytirish, yuqori aniqlikda ishlashini ta’minlash
imkoniyatini beradi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlar eng avval tashqi muhit bilan bog‘liq sharoitda
ishlovchi mashinalarda o‘rnatilgan birlamchi o‘zgartkichlar, ijro mexanizmlari,
nazorat asboblari va boshqa texnik vositalarga ta’sir etadi. Qolgan avtomatlashtirish
vositalarini alohida xonalar yoki tashqi muhitga chidamli bo‘lgan maxsus shkaflarda
o‘rnatish mumkin.