6
•
nazorat;
•
blokirovka;
•
himoya;
•
signallash;
•
rostlash;
•
boshqarish.
Nazorat tizimlari
nazorat qilinayotgan parametrlarning qiymatlari haqidagi
ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va qayta ishlash uchun ishlatiladi.
Nazorat uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin.
Blokirovka tizimlari
mexanizm yoki qurilmani ishlash vaqtida ma’lum bir
holatda blokirovka uchun ishlatiladi. Bu tizimlar texnik xizmat ko‘rsatish xavfsizligini
va uskunalarning ishonchliligini oshiradi.
Himoya tizimlari
nazorat qilinadigan parametrlarning chetga chiqishi ortiqcha
yuklashlar, qisqa tutashuvlar va boshqalar paytida sodir bo‘lganda texnologik
jarayonni to‘xtatadi.
Signalizatsiya tizimlari
boshqariluvchi parametrlarning ruxsat yetilgan
chegaralardan chetga chiqishi mumkin bo‘lgan hollarda texnologik jarayonning borishi
haqida xodimlarni xabardor qiladi.
Nazorat tizimlari
nazorat qilinadigan kattalik (parametr) qiymatlarining
belgilangan chegaralarda yoki belgilangan qonun bo‘yicha saqlanishini ta’minlaydi.
Avtomatika asoslari va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish faniga oid aniq
bir atamalarni keltirib o‘tamiz.
Avtomatika
– bu ma’lum jarayonlarning amallarini bajarishda inson ishtirokini
inkor etadigan usullar va texnik vositalar to‘plami.