5
I BOB
AVTOMATLASHTIRISHNING BUGUNGI HOLATI, ASOSIY
MAQSAD VA VAZIFALARI
§ 1. AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI HAQIDA UMUMIY
TUSHUNCHALAR
Avtomatlashtirishning bugungi holati, asosiy maqsad va vazifalari
Avtomatika
- bu turli jarayonlarni boshqarish va ularning oqimini nazorat qilish
haqidagi fan-texnika sohasi bo‘lib, bevosita inson ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Avtomatikaning rivojlanishi asosan zamonaviy texnik rivojlanishga imkon yaratdi va
uning asosiy xususiyatlarini belgilab berdi.
Yanada kengaytirilgan ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlari sifatini
yaxshilashga bo‘lgan zaruriyat, shuningdek inson mehnatini takomillashtirishga
bo‘lgan talab avtomatikaning rivojlanish omillari bo‘lib xizmat qildi.
Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi alohida texnologik jarayonlar o‘rtasidagi
aloqalarning xilma-xilligi va ularni ketma-ketligini aniq, puxta tashkil etish zaruriyati
bilan xarakterlanadi. Uzluksiz va ketma-ket ishlab chiqarish, shuningdek bir amaldan
boshqasiga o‘tish vaqtini qisqartirishni talab etuvchi ayrim amallar tezligining
yuqoriligi boshqaruvning tezkorligi, aniqligi va ob’ektivligiga bo‘lgan talablarni
oshirib yuboradi va bularning barchasi inson uchun amaliy jihatdan amalga oshirib
bo‘lmaydigan masalalarga aylanib qoldi.
Bir qator tarmoqlarda turli jarayonlar paydo bo‘ldi (radioaktiv parchalanish,
elektromagnit nurlanish, ultra-past va ultra-yuqori harorat va boshqalar.), ya’ni ular
insonlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishda hali og‘ir qo‘l
mehnati ko‘p bo‘lib, uni yengilrog‘i bilan almashtirish kerak. Texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish odamlarni himoya qilish va ularning ishini yengillashtirish uchun
vazifalarni bajarishga imkon beradi.
Avtomatika tushunchasi va uni boshqa tizimlardan farqlash uchun quyidagilarni
ajratish talab etiladi:
•