7
Maxsus
avtomatik
qurilmalar
bajaradigan
vazifalariga
qarab
avtomatlashtirishning quyidagi turlari ajratiladi:
1. Avtomatik boshqarish (avtomatik signal, avtomatik o‘lchash, avtomatik
saralash, avtomatik axborot yig‘ish);
2. Avtomatik himoya (rele himoyasi, avtomatik blokirovka);
3. Masofadan boshqarish (masofadan boshqarish, telemexanika);
4. Avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish (ART, ATB);
5.
Avtomatlashtirilgan
boshqaruv
(avtomatlashtirilgan
jarayonlarni
boshqarish tizimlari, avtomatik loyihalash tizimlari, iqtisodiy axborotlarni
yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimlari)
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra,:
1. Qisman avtomatlashtirish;
2. Kompleks avtomatlashtirish;
3. To‘liq avtomatlashtirish.
Avtomatlashtirishning maqsadi
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan maqsad mehnat samaradorligini
oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va barcha ishlab chiqarish resurslaridan
optimal foydalanish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning asosiy maqsadlari:
•
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonining qisqarishi;
•
chiqish hajmlarining ortishi;
•
ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirish;
•
mahsulot sifatini oshirish;
•
xom ashyo xarajatlarini kamaytirish;
•
ishlab chiqarish ritmini takomillashtirish;
•
xavfsizlikni oshirish;
•
ekologiyani yaxshilash;
•
samaradorligini oshirish.
Avtomatlashtirish sifati qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish xarajatlari
shuncha past bo‘ladi, uning mahsuloti qancha ko‘p bo‘lsa, daromadi shuncha yuqori
bo‘ladi.