14
Bo‘limga
tegishli
tayanch
so‘z
va
iboralar
termasi
Avtomatika. Avtomatik qurilma. Avtomatlashtirish. Avtomatik tizim.
Texnologik jarayon. Nazorat. Rostlash. Boshqarish. Suv xo‘jaligi. Suv resurslari.
Nazorat asboblari. Sug‘orish tarmoqlari. Suvni tejash.
Nazorat savollari:
1.
Avtomatika deb nimaga aytiladi?
2.
Avtomatlashtirish deb nimaga aytiladi?
3.
Avtomatik qurilmalar qanday avtomatik tizimlarga ajratiladi?
4.
Maxsus
avtomatik
qurilmalar
bajaradigan
vazifalariga
qarab
avtomatlashtirishning qanday turlarga ajratiladi?
5.
Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning asosiy
maqsadlari nimalardan
iborat?
6.
Texnologik jarayonni avtomatlashtirishning asosiy vazifalari nimadan iborat?
7.
“O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030
yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida qo‘yilgan vazifalarni tushuntirib bering.
8.
Qishloq va suv xo‘jaligi sharoitlarida ishlatiladigan
avtomatika vositalarining
ishlatish xususiyatlari nimalardan iborat?
9.
Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda suvdan foydalanish va
suv iste’moli hisobini yuritish zamonaviy texnologiyalarni keltiring.
10.
2030 yilga kelib suv xo‘jaligi ob’ektlarida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda suv resurslarini
qancha boshqarish
jarayonini avtomatlashtirish rejalashtirilgan?
§ 2. AVTOMATIKA SXEMALARI VA ULARNING VAZIFALARI
§ 2.1. Avtomatikaning funksional, strukturaviy,
prinsipial va montaj sxemalari
Texnologik tizimlarni avtomatik boshqarishda, ulardagi texnik vositalarni ishlab
chiqish, o‘rnatish, ishga tushirish va ishlatishda asosiy texnik hujjat ularning sxemasi
hisoblanadi. Sxemalarning turlari ishlatiladigan energiya turiga ko‘ra: elektr,
pnevmatik, gidravlik, kinematik va kombinatsiyalangan bo‘ladi. Sxemalarning turlari
esa: texnologik jarayonni avtomatlashtirishning strukturaviy va funksional sxemalari;
funksional, strukturaviy, algoritmik va prinsipial sxemalari hamda bog‘lanishlar va
tashqi bog‘lanishlar sxemalaridan tashkil topadi.
15
Avtomatlashtirish sxemalari texnologik (muhandislik)
tizim yoki uning bir
qismi:
-jarayon liniyasi,
uskunalar bloki, montaj yoki agregat
uchun bir butun qilib
ishlab chiqiladi. Avtomatlashtirish sxemasi ulanish sxemasi (o‘rnatish yoki
muhandislik tizimi sxemalari) bilan birlashtirilishi mumkin. (Texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishning funksional sxemalarini bajarish qoidalari (GOST 21.308-93).
Avtomatlashtirishning texnik vositalari va avtomatlashtirishning funksional sxemalari
bo‘yicha operativ xodimlarga axborot taqdim etish vositalari GOST 21.404-85 ga
muvofiq simvollar yordamida tasvirlanadi.