|
Mustaqil ishi Mavzu: Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat nimalardan iborat, tushuncha bering? Bajardi
|
bet | 1/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #229472 |
Bog'liq 1-Mustaqil ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KOMPYUTER TARMOQLARI”
FANI BO‘YICHA
mustaqil ishi
Mavzu: Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat nimalardan iborat, tushuncha bering?
Bajardi: Isakov R.B.
Guruh: 042-21 STo‘
Tekshirdi: Xujamatov X.E.
Toshkent 2024
Reja:
1. Ma’lumot uzatish tarmog‘ining tasnifi.
2. Ma’lumot uzatish tarmoqlarida protokollarning vazifalari.
3. Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihatlari tushunchasi.
4. Protokollarni qo‘llanishi.
Ma’lumot uzatish tarmog‘ining tasnifi
Ma’lumot - bu uzatish va qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan axborotning bir ko‘rinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday ko‘rinishi yordamida axborotni saqlash va qayta ishlash amallarini bajarish mumkin. Demak, axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.
Axborot – bu uzatish, tarqatish, o‘zgartirish, saqlash yoki bevosita ishlatish ob’ekti bo‘lgan ma’lumotdir. Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan har xil ma’lumot tushuniladi. Bu o‘lchash natijalari qandaydir ob’ektni kuzatish haqidagi ma’lumot bo‘lishi mumkin.
Xabar - axborot taqdim qilish shakli hisoblanadi. Bitta xabar bir qancha shaklda taqdim qilinishi mumkin. Masalan, telefon orqali berilayotgan axborot uzluksiz ko‘rinishda yoki telegramma ko‘rinishida, ya’ni diskret ko‘rinishda taqdim qilinishi mumkin. Telegraf orqali ma’lumot uzatilganda, axborot harflar yig‘indisi, ya’ni so‘z ko‘rinishida va sonlarda taqdim qilinadi.
Xizmat - yuqori pog‘ona komponentlari ixtiyoriga beriladigan joriy pog‘onaga tegishli funksional imkoniyatlar to‘plamidir.
Interfeys - ikkita qurilma yoki tizimlar chegarasida ularning to‘liq birga ishlashini ta’minlovchi qurilmalar va protseduralar to‘plami.
Axborot kommunikatsiya sohasida protokol atamasi ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish kabi jarayonlarni belgilovchi qoidalar to‘plamiga aytiladi.
Protokollar - bu qoida va texnik protseduralar bo‘lib, bir nechta qurilma yoki dasturlarni ishlash jarayonida ularni bir-biri bilan muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi.
|
| |