• 1-MUSTAQIL ISH Mavzu
  • Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 275,27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana03.07.2024
    Hajmi275,27 Kb.
    #266533
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1Maruza zayniddin



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
    VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    Optik aloqa tizimlari fanidan
    1-MUSTAQIL ISH
    Mavzu:
    Optik regenerator va optik kuchaytirgich. Ulardan foydalanish. 
    Bajardi: 413-21 guruh talabasi 
    Ibrohimov Zayniddin 
    Tekshirdi: 
    Muradova Alevtina
    Baho:_____ 
    TOSHKENT-2024 


    Mavzu : Optik regenerator va optik kuchaytirgich. Ulardan foydalanish. 
    Reja : 
    1 Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti 
    2 Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo‘llaniladigan asosiy 
    qurilmalar. 
    3
    Retranslyatorlar , ularning turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar. 
    Optik signallarni regeneratsiyalash.Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi. 
    4 Optik kuchaytirgichlar 
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar 


    Optik nurlanishni berilgan to'lqin uzunligida uzatuvchi va kabeldagi 
    so‘nishlarni, yo'qotishlarni, dispersiya tufayli buzilgan signallarni to‘g‘rilashni, 
    berilgan shovqindan himoyalanganlikni ta’minlovchi optik aloqa liniyasining texnik 
    qurilmalar yighndisi optik liniya trakti deb ataladi. 
    Optik signallar tola bo‘ylab uzatilganda yorug'lik nuri optik tola materialida yutilishi 
    va sochilib ketishidan so'nadi. Dispersiya esa signalning spektral va moda tashkil 
    etuvchilarining vaqt bo‘yicha sochilib ketishi, ya’ni ularni turli vaqtlarda 
    tarqalishiga olib keladi. Dispersiya tufayli optik signal impulslarining davomiyligi 
    va ko‘rinishi o‘zgaradi, impulslar kengayib ketadi. 
    Bu holatlarning hammasi optik tolali uzatish tizimlarining retranslyatorsiz 
    uchastkasining maksimal uzunligini chegaralaydi. Agar uzatkich va qabul qilgich 
    orasidagi ruxsat etilgan maksimal uzunlik oshirilsa, u holda liniya traktining oraliq 
    stansiyalarida bir yoki bir necha retranslyatorlarni joylashtirish kerak. 
    TOA liniyalari bo‘ylab signallarning uzatish sifati minimal ruxsat etilgan signal-
    shovqin nisbati yoki shovqindan himoyalanganlik bilan baholanadi. Raqamli uzatish 
    tizimlari analog uzatish tizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega 
    bo‘lganligi sababli, raqamli TOATning shovqindan himoyalanganligi 20 — 25 dBq 
    dan, analog uzatish tizimlari uchun esa 50 — 60 dBq dan kam bo‘lmasligi talab 
    etiladi. Elektr kabelli tizimlarning liniya traktidan. farqli ravishda optik tizimlarning 
    uzatish tezligi juda ham katta. Bu optik eltuvchilarni nihoyatda yuqori chastotaga 
    (10
    15
    Hz gacha) egaligi bilan tushuntiriiadi. Optik kabellarda so‘nish juda kichikligi 
    (X=l,55 mkm da 
    a
    =0,2 dB/km gacha) sababli regeneratorlar orasidagi masofa 100 
    km gacha bo'lishi mumkin. Bu optik liniya traktining afzallik tomonlaridan biridir. 


    Talab 
    etiladigan 
    signal-shovqin 
    nisbatini, 
    ya’ni 
    shovqindan 
    himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar 
    joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo'linadi: 
    1) regeneratorlar; 2) optik kuchaytirgichlar.
    Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, «0» ni «1» dan farqlasa bo‘ladigan 
    holatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal 
    shaklini tiklamaydi, faqat so'ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga 
    qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularning soni berilgan shovqindan 
    himoya- langanlik (xatolik koeffitsiyenti) va dispersiyaning ruxsat etilgan 
    qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi. 
    Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. 
    Signallarni kuchaytirish, boshlanghch shaklini tikiash, to‘g‘rilash, shovqinlarni 
    bartaraf 
    etish 
    regeneratsiyalash 
    deyiladi. 
    Regeneratsiyalash 
    regenerator 
    qurilmalarida amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik 
    modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin. 
    Ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek, regeneratorlar orasidagi masofani 
    uzaytirishga urinish, optik kuchaytirgichlarning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Optik 
    kuchaytirgichlar nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali bir modali NZDSF optik 
    tolalarining afzalliklari tufayli, qimmat regeneratsiyalash tizimlarini qo‘llamaslik 
    imkonini yaratadi va optik tola bo‘ylab uzatiladigan axborot hajmini keskin oshiradi. 
    To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchaytirgichlarning vazifasi 
    keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik eltuvchili bir necha optik 
    signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. Hattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli 
    signal- larning buzilishi va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajaril- maydigan 
    oraliq stansiyalar va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart. 

    Download 275,27 Kb.
      1   2   3   4




    Download 275,27 Kb.
    Pdf ko'rish