Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud




Download 1,17 Mb.
bet2/6
Sana13.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#229472
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish

Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud:

1. Bir qancha protokollar mavjud bo‘lib, bularning hammasi turli aloqalarni ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir protokol maqsadga ko‘ra har xil topshiriqlarni 7 bajaradi.


2. Protokollar OSI modelining turli pog‘onalarida ishlaydi. Protokolning vazifasi uning ishlash pog‘onasidan kelib chiqib aniqlanadi.
3. Bir qancha protokollar birgalikda ishlashi mumkin. Ular protokollar steki yoki protokollar to‘plami turkumida bo‘ladi.
Protokollar stekining pog‘onalari OSI modelining pog‘onalari bilan mos keladi. Alohida vazifalarni boshqarish uchun har bir pog‘onada har xil protokollar ishlatiladi. Har bir pog‘onaning o‘zida qoidalar to‘plami bo‘ladi.
Protokollar shartli ravishda quyidagicha tasniflanishi mumkin:
- internet tarmog‘ining asosiy protokollari: IP, ICMP, TCP, UDP;
- transport protokollari: RTP, RTCP;
- signal protokollari: SIP, H.323, SIGTRAN, MEGACO/H.248, MGCP, RSVP, SCTP, ISUP, BICC, SCCP, INAP;
- marshrutizatsiya protokollari: RIP, IGRP, OSPF, IS-IS, EGP, BGP;
- axborot xizmatlari va boshqaruv protokollari: SLP, OSP, LDAP;
- xizmat protokollari: FTP, SMTP, HTTP, G.xxx (kodeklar uchun), H.xxx.
Aloqa kanalida ma’lumot uzatish avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanib, bu ma’lumotli hujjatlarni xat tashish yo‘li (yoki pochta bilan) va ko‘chirish yo‘li bilan tizim ma’lumotini boshqarib turadi. Ma’lumot uzatishga xizmat qiladigan idora (muassasa) hujjatlarini tarqatishga mexanik va qo‘l yordamida ko‘chirishlardan foydalaniladi. Bunday xizmatlar kichik kapital (mablag‘) yordamida ma’lumotni ohirigacha aniq hujjatlarni uzatishni qayd qiladi va o‘rta pog‘onali punktda ro‘yxatga olib, uni tekshirib (nazorat qilib) turadi. Past operativ (tezlikda) uzatish – foydalanish talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan ma’lumot uzatish tizimidan foydalanib ma’lumotni operativ yetkazib beradi.
Vositalar to‘plami, ma’lumot uzatishga xizmat qilish uchun ma’lumot uzatish tizimini chaqirib beradi. Uzatish tizimida ma’lumotni bevosita iste’molga va manba uzatish tizimida abonentlar, kompyuterlar, marshrutizatorlar, ma’lumot saqlash qurilmalari, telefon 8 apparatlari, peydjerlar, ajratib turuvchi datchiklar, bajaruvchi qurilmalar va odamlar bo‘lishi mumkin.
Uzatish tizimini tarkibiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin.
1. Uzatish kanali (AK – aloqa kanali);
2. Ma’lumot uzatuvchi qurilmalar;
3. Ma’lumot qabul qiluvchi qurilmalar.


Ma’lumot uzatish tizimi.

Uzatish abonent xabarini signalga tubdan o‘zgartirib tarqatish va aloqa kanaliga uzatish uchun xizmat qiladi. Qabul qilgich signalni xabarga qayta aylantirib, abonentga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ma’lumot uzatishdagi noaniqliklarni kelib chiqishiga sabab, o‘tkazgich aniqligini buzilishi tufayli, gapirganda qabul qilgichlarda yuzaga keladi. Aloqa kanaliga tashqi ta’sir va shovqinlarni ta’siri natijasida ham ma’lumotni aniqligi buziladi.


Ma’lumot uzatish tizimlarini asosiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagilar:
 o‘tkazish qobiliyati;
 ishonchlilik;
 ishlash ishonchligi.
Ma’lumot uzatish tizimidagi o‘tkazish qobiliyati – bir vaqtda tizimni ishlash extimolligi katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumot to‘plamiga ega bo‘lganda Axborot manbai Uzatuvchi Aloqa kanali Qabul qiluvchi Malumotlar iste’molchisi Signal + xalaqitlar Signal + xalaqitlar Xabarlar Xabarlar Xalaqitlar 9 yaxshilanadi. O‘tkazish qobiliyati tizimni aloqa kanali va signalni fizik xususiyatlarini belgilab beradi. Shuningdek bu sifat ko‘rsatkichi kanaldan yuqori tezlikda ma’lumot uzatilishiga bog‘liqdir.
Ma’lumotlar uzatish tizimi 2 guruhga bo‘linadi:
1. Ma’lumot uzatish xizmatlari;
2. Ma’lumot uzatish tarmoqlari.

Ma’lumki, har-xil turdagi axborotlarni (ovozli, matn, ma’lumotlar, grafika, 10 tasvir) uzatish uchun iste’molchilarga taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami ma’lumot uzatish xizmati deyiladi.


Ma’lumot uzatish tarmoqlari deb - ma’lumot uzatish xizmatlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ta’minlovchi texnik vositalar to‘plamiga aytiladi.
Ma’lumot uzatish tizimlariga quyidagilar kiradi (1.3-rasm):
- terminal qurilmalar;
- kommutatsiya vositalari;
- uzatish tizimlari;
- aloqa kanallari.

Ma’lumot uzatish tarmoqlari ohirgi qurilmalarni o‘z ichiga olmaydi. Quyidagi 3 sabab xatolar manbai bo‘lishi mumkin (1.1-jadval):


Boshqa telekommunikatsiya tarmoqlari kabi ma’lumot uzatish tarmoqlariga ham ishonchlilik, yashovchanlik, iqtisodiy va keyinchalik takomillashtirish bo‘yicha talablar qo‘yiladi.


Ko‘pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari ierarxik tuzilish asosida quriladi. Ma’lumot uzatish tarmog‘ining ierarxik tuzilishdagi afzalligi axborot almashuvida har xil ierarxik satxlarga xizmat ko‘rsatishdir. Tuzilishlardan qaysi birini tanlash foydalanuvchi talabi, yuklama hajmi va boshqa faktlarga bog‘liq.
Ierarxiya tarmog‘i yuqori satxlarida ishonchlilikning yetarlicha yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlash zaruriyatida “To‘liq bog‘lanishli” tuzilishlari ishlatiladi.
Ma’lumot uzatish ishonliligi – bu ma’lumot uzatishda buzilishlarga bardoshliligidir.
Ishlash ishonchliligi – tizim funksiyalarini hammasi to‘g‘ri va to‘liq bajaralishini bildiradi.

Aloqa kanalida ohirgi qurilmaga (manba va ma’lumotni qabul qiluvchi qurilmaga) terminallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishi – ma’lumot uzatish apparaturasi deyiladi. Ma’lumot uzatish apparaturasiga modem xizmatini, adapter terminallari, tarmoq kartasini misol qilishimiz mumkin. Ma’lumot uzatish qurilmasini ishlashi uzatishlarga javobgarlik, fizik tuzilishi tekislanishi va aloqa liniyasining aniqligini ta’minlab berishiga xizmat qiladi.


Bugungi kunga kelib telekommunikatsiya texnikasi axborotni 5 ta ko‘rinishda uzatib kelmoqda:
 matnli (tekstli);
 ovozli;
grafikli;
 videoli;
 ma’lumotli.
Masalan, biror bir hodisani tasvirlashda axborotni quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
 rang, xid va ta’m orqali 2% dan 5% gacha ifodalash mumkin;
matn (harf va raqamlar) orqali 7% gacha ifodalash mumkin;
 ovoz (tovushning past-balandligi, intonatsiya va pauzalar) orqali 38% dan 45% gacha ifodalash mumkin;
 xarakat va mimikalar orqali 35% dan 52% gacha ifodalash mumkin;
multimediya xizmati (xarakat va ovozning birgalikda mujassamlashgan holda uzatish) orqali 95% dan 98% gacha uzatish mumkin.
Har bir xabar turlari uchun o‘tkazish yo’lagi mavjud (1.2-jadval).

Ma’lumot uzatish xizmati 5 ta ko‘rinishdagi xabarlarni turli vositalar bilan uzatishni amalga oshiradi. Ma’lumot uzatish xizmati uchun texnik - qurilmalarni tuzilishsini va telekommunikatsiyani asosiy tarmog‘idan operatorni ma’lumot uzatish xizmatidan foydalanishga ruxsat berishi va aloqani qabul qilishi lozimdir.


Dialogli xizmat (1.4 - jadval) - shaxsiy kompyuter va foydalanuvchi orasida uzatishdan foydalanish amaliy real masshtab vaqtida aniq xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu ma’lumot oqimi simmetrik va simmetrik bo‘lmagan muhitlarda bo‘ladi. Sifatli dialogli xizmatlarga telefon xizmati, ma’lumot uzatish xizmati va videokonferensiyali aloqa xizmatlari misol bo‘la oladi.


Xabarlar almashish xizmatini (1.5-jadval) belgilash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan aloqalardan foydalanish orasida, xabarlarni himoyalab ham turadi. Markaziy qurilma oralig‘idagi punktlarni himoyalashda, avtomatik marshrutizator ma’lumotlarni qabul qiluvchiga yo‘naltiradi. Bu vazifa xabarlarni almashish jarayonida uni sifatini oshiradi. Xabarlarni himoya qilishda, elektron pochta qutisi yoki “xabarlarni qayta ishlab chiqish” tizimida muharrirlik funksiyasidan foydalanib xabarni tiklab beradi. Xabarlarni ishlab chiqish funksiyasi yoki elektron pochta qutisidagi matnlar, ma’lumot, rasmlar va boshqa xabarlar almashish xizmatiga misol bo‘la oladi.



Ma’lumot qidirish xizmati (1.6 - jadval), ma’lumotni turli zahiralardan foydalanib olishi mumkin.


Zahiralar qismi, ma’lumotni aloqa administratoriga yetkazib berishi yoki ma’lumotni so‘ralgan joyga yetkazib beradi.
1.7 va 1.8 - jadvallarda foydalanuvchiga tegishli xududni boshqarish va taqsimlash xizmatini mavjudlik tavsifi ko‘rsatib o‘tilgan.

Taqsimlash xizmati ma’lumotni borligini va yo‘qligini tekshirib, ma’lumotni shu xududda to‘g‘ri (aniq) qabul qilib foydalanishni, bitta markaziy manbadan abonentlarga tarqatadi.
Uzatish vaqtida taqsimlash xizmati shaxsiy boshqaruvsiz xabarlar oqimini uzluksiz foydalanuvchi xududida taqsimlanishini, foydalanishi mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan tasvirlarni ma’nosiga va o‘zgarishlariga alohida e’tibor qaratadi.
Televideniya ko‘rsatuvlarini va ovozli dasturlar olishda taqsimlash xizmati vakil bo‘lib hisoblanadi.

Telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotni uzatishdan maqsad, aloqani tashkil etuvchi nuqtalarni aniqlab, ma’lumotni shu nuqtalardan maxsus tuzilgan qurilmalar majmuasiga uzatishdan iborat. Bu esa ma’lumot uzatish tarmog‘i deyiladi.


Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud

Download 1,17 Mb.