Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar




Download 1,17 Mb.
bet3/6
Sana13.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#229472
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish

Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumot uzatish tarmog‘iga va aloqaning boshqa tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
1. Ishonchlilikka bo‘lgan talab tarmoqning ma’lum chegarasida oldindan kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‘llab quvvatlovchi funksiyani ta’minlash kerakligini bildiradi.
2. Yashovchanlikka talab tarmoqning ma’lum chegarasida barcha oldindan kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‘llab quvvatlovchi funksiyasi mavjud bo‘lib, aniq sondagi ichki va tashqi buzilishlar yuz berganida tarmoqning ishlash imkoniyatini saqlab qolishini bildiradi.
3. Iqtisodiyligi. Tarmoqni ta’minlash shartlari bo‘lgan holda bunday tarmoqni yaratish va amalda qo‘llash xarajatlarini optimallash.
4. Kelajakda rivojlana olish imkoniyati. Bu talab tarmoqni doimiy ravishda yuklanishning oshib borishi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda tarmoq yuklanishi qay darajada ekanligini aniqlashning iloji yo‘q.
Tarmoq konfiguratsiyalarini amalga oshirish oddiy jarayon bo‘lmasligi va tarmoq faoliyati boshidanoq samarali bo‘lishi kerak. Bu konfiguratsiyalar kelajakka moslashuvchan etib yaratilishi kerak. Shu bilan birga ma’lumot uzatish tarmoqlarining yangi imkoniyatlari paydo bo‘lganda, tarmoq konfiguratsiyalari bu imkoniyatlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Umuman olganda ma’lumot uzatish tarmog‘i quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Integrallik – tarmoq har xil turdagi axborotlarni ularning uzatilish sifatiga mos kelgan holda uzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak;
2. Samaralilik – uzatishda tarmoq o‘z zahiralaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlashi kerak;
3. Axborotni yetkazib berishning ishonchliligi – tarmoq qurilmalari o‘rtasida aloqa uzilganida ham tarmoq axborotni yetkazib berishni kafolatlashi kerak;
4. Yashovchanlik – tarmoq har qanday ko‘rinishdagi axborot uzatish harakteristikasi bo‘yicha ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Faoliyatini ma’lum sabablar tufayli to‘xtatgan tarmoq qurilmalari sonining oshishi tarmoqning xizmat ko‘rsatish sifatini tushirib yuboradi, shunday bo‘lsa-da, tarmoqning ikki punkti o‘rtasida biror ko‘rinishdagi axborotni yetkazib berish bajarilishi kerak;
5. Mobillik – tarmoq har xil nuqtalarda joylashgan foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanishi va tarmoqdan chiqishi vaqtida boshqa foydalanuvchilarning tarmoqdagi faoliyati buzmasligi va normal ishlashi kerak;
6. Amalda qo‘llashning uzluksizligi – tarmoqda o‘z ishlash xususiyatini yo‘qotmasdan o‘zining ishdan chiqqan qurilmalari va qurilmalararo aloqalarni aniqlash, lokallash va bartaraf etish imkoniyati bo‘lishi kerak;
7. Rivojlanuvchanlik – tarmoq ham alohida guruh doirasida, ham tarmoq orqali birlashtiriladigan guruhlar soni bo‘yicha foydalanuvchilar sonini oshirish imkoniyatini ta’minlashi kerak;
8. Shovqindan himoyalanganlik – tarmoqda aloqa kanalining xatoliklar ehtimoli katta bo‘lganda ham biror ko‘rinishli ma’lumotni yetkazib berish xatolik ehtimoli kichik bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Tarmoqning alohida qismlarida qisqa muddatli shovqinlar, to‘siqlar bo‘lganida ham o‘z faoliyatini davom ettira olishi kerak. Tarmoq shovqinni bartaraf etishda o‘z normal faoliyatini tiklay olishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga olib ma’lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda quyidagi talablarning qondirilishi hisobga olinishi kerak:
1. Ko‘plab foydalanuvchilar va chiziqli interfeyslarga taqdim etilishi kerak bo‘lgan mavjud aloqa tarmoqlari infratuzilishsidan foydalanish, jumladan har xil jinsli transport tarmoqlari mavjud bo‘lgan tarmoq qurilmalari o‘zaro ishlash imkoniyati nazarda tutilgan;
2. Katta xarajatlar jalb etmasdan tarmoq zahiralarini oldindan taqsimlash imkoniyati, buning uchun tarmoqning o‘zi bir turdagi qurilmalarga asoslangan bo’lishi afzal, qurilmalar esa umumiy modullarning maksimal universalligi bilan modulli tamoyil asosida qurilishi kerak;
3. Tarmoqning kengaya olish imkoniyati;
4. Yangi tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun aniq hajmdagi zahiraning mavjudligi, tarmoqni qurish uchun foydalaniladigan qurilmalar ochiq arxitekturaga ega bo‘lishi kerak, ochiq arxitekturada chiziqli va foydalanuvchi interfeysini doimiy ravishda kengaytirish mumkin;
5. Yangi texnologiyalarga mo‘ljallangan boshqarish tizimini qo‘llash bo‘yicha variantlarning mavjudligi;
7. Tarmoq qurilmalarini amalda qo‘llashda tarmoq faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan buzilishlar va rad etishlardan ichki va tashqi himoyaning mavjudligi – tarmoqda va tarmoq qurilmalarida bloklarni zahiralash, himoyaviy almashinuvni qo‘llash, oldindan marshrutlash va h.k;
8. Zahirada elektr manbaalarining, manbaaning kafolatlangan tizimlarining mavjudligi va h.k.;
9. Tarmoq narxi va amalda qo‘llash xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha mexanizmlarining mavjudligiqurilmaning optimal narxi, qurilmani amalda qollashning osonligi, xizmat korsatishni soddalashtirish uchun markaziy boshqaruv tizimining mavjudligi, barcha jarayonlarni maksimal avtomatlashtirish (uzatish, kommutatsiya, nazorat va boshqaruv).
Har bir tizimni bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan tizimlar majmuasi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. O‘z navbatida qism tizim komponentlar majmuasi hisoblanadi. Alohida olingan qism tizimda elektr signallarini uzatish, sinxronlashtirish jarayonini bajarish, fazalash, xatolardan himoya qilish, marshrutlash, kommutatsiya, aloqa o‘rnatish va h.k.larni bajaradi.
Telekommunikatsiya tarmog‘idan bitta ma’lumot uzatish xizmati yoki bir nechta ma’lumot uzatish xizmatlari, ma’lumotni bitta yoki bir nechta telekommunikatsiya tarmog‘iga uzatishi mumkin. Bu turdagi xizmatlarga tarmoqning ma’lumot uzatish xizmati deb yuritiladi.
Ma’lumot uzatish tarmog‘ini o‘zi ma’lumotni jixozlab tugatadi (beradi). Bu telekommunikatsiya tarmog‘ining funksiyalarini himoyalashda va abonentlar orasidagi ma’lumot uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan tarmoq hisoblanadi.
Ma’lumot uzatish xizmatini bazasi o‘z ichiga telexizmatlarni, Ma’lumot uzatish xizmatini, tarmoqdagi telekommunikatsiya funksiyalarini himoyalash va abonent terminallarini qamrab oladi. Bu bazada istalgan ma’lumot uzatish xizmatini tashkillashtirishi mumkin. Misol uchun, kompyuter xizmatlari (kompyuterlar orasida ma’lumot almashish), telegraf xizmati va telematika xizmatlari kiradi.
Milliy ma’lumot uzatish tarmog‘i asosida har xil ma’lumot uzatish tarmoqlari va xizmatlari o‘rtasida aloqani tashkil etishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Ma’lumot uzatish xizmatlaridan va tarmoqlaridan foydalanishda foydalanuvchilarni va davlatning katta qismini qamrab olishi;
2. Foydalanuvchilar va aloqa operatorlari o‘rtasida ma’lumot almashilganda har xil ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi;
3. Zamonaviy talab darajasida ma’lumot uzatish xizmatini foydalanuvchiga taqdim etishda sifatli ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlashi;
4. Ma’lumot uzatish xizmatiga va tarmog‘iga asoslangan xizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirishni;
5. Davlat organlarini ma’lumot uzatish xizmatlariga bo‘lgan extiyojini, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ham ta’minlashi lozim.
Ma’lumot uzatish xizmatini tashkil etish tamoyili bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘linadi:
-ma’lumot uzatish xizmatlari kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘ida tashkil etilishi ma’lumot uzatishni (maxsuslashtirilgan ma’lumot tarmog‘i bazasida) ta’minlashi uchun maxsus yaratildi;
-ma’lumot uzatish xizmatlari maxsuslashtirilmagan kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘i asosida tashkil etildi.
Ma’lumot uzatish xizmatiga kirish nuqtasini aloqa operatorlari nuqta deb nomlashadi va aloqa operatorlari foydalanuvchilarga ma’lumot uzatish xizmatlarini ma’lum sifatda taqdim etadi. Kirish nuqtalari hamma operatorlarni jixozlarida joylashgan bo‘ladi. Foydalanuvchining ma’lumotni ohirgi qurilmasiga taqdim qilishiga ko‘ra uzatish qarori kirish nuqtalarida amalga oshiriladi. Boshqa operatorlar xizmati orqali foydalanuvchini ma’lumotlar ohirgi qurilmasi (MOQ) va ma’lumot kanalining ohirgi qurilmasi (MKOQ)ga bog‘lashida, ma’lumot uzatish xizmati operatorini kirish nuqtasida hech qachon bir vaqtda yuz bermaydi. Telekommunikatsiya tarmog’ida ma’lumot uzatish xizmati chegaralari MOQ va MKOQlar orqali ulanishlarda, telekommunikatsiya tarmog’ini maxsuslashmagan baza kanallari ma’lumot kanalini tuzish orqali chegaralanadi. Bu xodisa, qachonki telekommunikatsiya tarmog’iga ulanishida MOQ loyiq yoki maxsus telekommunikatsiya bo‘lmay tarmoqqa ulansa MKOQ o‘zidan-o‘zi tarmoqdan ajraladi.
Bunday ma’lumot uzatish xizmati maxsuslashmagan telekommunikatsiya tarmog’ida xizmatlarni ko‘chirishdan hosil bo‘ladi. Abonentni texnik vosita guruhi yoki aloqa operatori yoki MKOQlar kirishda texnik vosita bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumot uzatish xizmatini ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib: bazaviy va fakultativdir. Ma’lumotning xarakatini aniqlashda ko‘proq bazaviy xizmatlardan foydalaniladi. Fakultativ xizmat operator xizmatining buyumlaridan foydalanish tushuniladi.
Bazaviy xizmat – ma’lumot uzatishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlaydi, tarmoq orqali o‘zgarishlarni taxlil qilishda qo‘llaniladi.
Fakultativ xizmatda istalgan xizmat ma’lumot uzatish tarmog’iga beriladi, shuningdek kompyuterlarni ishlashini amalga oshirishda, tashqi uzatish protokolida, formatlashda, ma’lumotdan foydalanish mazmunini, ya’ni boshqa qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanishni ta’minlaydi yoki ma’lumotning xavfsizligidan o‘zaro foydalanish tushuniladi.
Aksariyat hollarda fakultativ xizmat kompyuterni ishlab turishini amalga oshiradi. Bunday usul aniq chegarani, xizmat sifatini aniqlab javobgarlikni ta’minlovchi foydalanish xizmati va operatorlar orasida qo‘shimcha bitimlarni tuzadi.
Bu xizmatlar vaqt usulida taqdim qilinadi:
 agar bu xizmatga foydalanuvchi a’zo bo‘lsa, har bir so‘rov uchun avtomatik ravishda javob beradi;
 vaqt oraligida belgilangan xizmatga a’zo bo‘lishda har bir so‘rov uchun avtomatik ravishda javob beradi;
 faqat so‘rov bo‘lganda o‘z vaqtida bog‘lanish o‘rnatilganda taqdim etiladi.
Barcha turli tarmoqlarni belgilar guruhi bo‘yicha sinflash mumkin:
- terretorial tarqalganlik;
- idoraga tegishlilik;
- axborotni uzatish tezligi;
- uzatish muhiti turi.
Terretorial tarqalganlik bo‘yicha tarmoqlar lokal, global va mintaqaviy bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar bitta bino yoki bir nechta binolarni bitta tarmoqqa birlashtirilishi, mintaqaviy tarmoqlar – shaxar va viloyat xududida joylashishi, global tarmoqlar mamlakat va mamlakatlar guruhi xududini qoplashi mumkin, masalan butun dunyo Internet global tarmog‘i.
Xudud bo‘yicha tegishlilik va hukumat tarmoqlari farqlanadi. Tegishlilik tarmoqlar birgina tashkilotga tegishli bo‘lib, shu tashkilot xududidagina joylashadi. Hukumat tarmoqlari – hukumat tuzilishlarida foydalaniladigan tarmoqlardir.
Axborot uzatish tezligi bo‘yicha tarmoqlar past, o‘rtacha va yuqori tezlikli tarmoqlarga bo‘linadi.
Uzatish muhitining turi bo‘yicha koaksial, juft simli, optik tolali, infraqizil diapazonda radiokanallar bo‘yicha tarmoqlarga bo‘linadi.
Ma’lumot uzatishning har xil shartlari orqali xizmatlarni o‘zaro bog‘lashdan asosiy maqsad quyidagilar:
- ko‘plab mamlakatlar va foydalanuvchilar xududini egallash uchun barcha ma’lumot uzatish tarmoqlaridan va xizmatlaridan foydalanish;
- har xil ma’lumot uzatish xizmatlari va har xil aloqa operatorlarining ma’lumot uzatish xizmatlari foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashish imkoniyatini ta’minlash;
- foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan sifat tavsiflarini xalqaro standartlar talabiga mosligini ta’minash;
- ma’lumot uzatish xizmatlariga asoslangan kompyuter va boshqa telexizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirish;
- hukumat organlari, jumladan favqulodda holatlar bo’lganda ma’lumot uzatish xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish.
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining barcha asosiy xususiyatlarini jamlagan harakterli, funksional, informatsion va tuzilishviy belgilari bilan sinflanadi. Bunday belgilarga quyidagilar kiradi:
- tarmoq foydalanuvchilarining (abonentlarining) tegishlilik kategoriyasi;
- tashkillashtirish usullari;
- kommutatsiya usuli;
- ma’lumot uzatish kanallari turlari;
- tarmoq o‘lchami;
- tarmoqda axborot uzatish tezligi;
- tarmoq tuzilishsi;
- boshqarish usuli.
Kommutatsiya usullari bo‘yicha ma’lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga bo‘linadi:

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar

Download 1,17 Mb.