Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli




Download 1,17 Mb.
bet5/6
Sana13.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#229472
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mustaqil ish

Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli
Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi” atamasi tizimlar orasidagi ma’lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya’ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatish tufayli, bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‘ona tarkibiga kiruvchi ochiq tizimning bir qismi ob’ekt deb ataladi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jahonning ko‘p mamlakatlarida axborot tarmog‘i va kompyuter tizimlarini tashkil qilish tajribasini taxlil qilib, hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni ochiq tizimlar arxitekturasi deb nomladi.
Bu konsepsiyaga muvofiq ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli (Open System Interconnection basic reference model,OSI RM) ishlab chiqildi va 1983 yilda tasdiqlandi (1.5-rasm).
Mazkur model bunday tizim va tarmoqlarni ishlab chiqishni aniqlovchi va tartibga soluvchi halqaro standartlarni kiritishga imkoniyat beradi.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO-International Standard Organization) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining asosi sifatida foydalaniladi.
Ochiq tizimlarning tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asos sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta’minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va quyidagilarni muvofiqlashtiradi:

- qo‘llanish jarayonlarining o‘zaro bog‘lanishini;
- ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;
- ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini;
- tarmoq resurslarini boshqarishni;
- ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;
- dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini.
1.6 - rasmda tarmoqning har xil elementlari ishlaydigan pog‘onalari ko‘rsatilgan. Kompyuter va unga o‘rnatilgan operatsion tizim boshqa kompyuter bilan barcha yettita pog‘ona protokollari yordamida o‘zaro aloqa qiladi. Bu aloqalarda har xil kommutatsiya qurilmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsentratorlar, modellar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar.

Kommunikatsiya qurilmasi uning turiga bog‘liq ravishda fizik, yoki fizik va kanalli, kanalli va tarmoqli pog‘onada ishlashi mumkin, ba’zida transportli pog‘ona (marshrutlovchi) ham qo‘shiladi.
1.7 - rasmda har xil kommunikatsion funksiyalar mosligi ko‘rsatilgan.

OSI modeli amalda keng qo‘llanilishi va ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan, ko‘plab kommutatsiya modellaridan biridir. Bu modellar va ularga bog‘liq bo‘lgan protokollar pog‘onalar soni, funksiyalari, xabarlar formati, xizmatlari va boshqa ko’rsatkichlari bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.
Ochiq tizimlarning standart xolatdagi o‘zaro bog‘lanishi quyidagicha:
- o‘zaro ochiq tizimning etalon modeli;
- etalon modelini qanoatlantiradigan xizmatlarning aniq to‘plami;
- xizmatlar bajarilishini ta’minlovchi va ularni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan protokollar to‘plami.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkin ma'lumot uzatish tarmoqlarida ishlatiladigan protokollaming vazifalari, qo'llanilish tamoyillan, tuzilishlari va havfsizlik qoidalari ko'rib chiqdim. Ma'lumot uzatish tarmoqlarida kanal pog'onasining vazifalari, texnologiyalari, tarmoq pog'onasining protokollari, manzillash tamoyillari, marshrutizatsiya protokollari, boshqarish protokollari, transport protokollarining tuzilishi, vazifalari haqida malumot oldim va o’rgandim.





Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli

Download 1,17 Mb.