|
Mustaqil ishi Mavzu: Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat nimalardan iborat, tushuncha bering? Bajardi
|
bet | 4/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #229472 |
Bog'liq 1-Mustaqil ish Uzoq vaqtli kommutatsiya tarmoqlari. Uzoq vaqtli kommutatsiya deb shunday kommutatsiya usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi o‘rtasida doimiy to‘g‘ri ulanish o‘rnatiladi, ulanish soatlar, kecha-kunduz (sutka), umuman katta vaqt oralig’i bilan o‘lchanishi mumkin. Bunday ulanishlarni tashkillashtirishda qatnashadigan kanallar ajratilgan kanallar deb ataladi.
Tezkor kommutatsiyali tarmoqlar. Tezkor kommutatsiya deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda tarmoqning ikki nuqtasi o‘rtasida vaqtinchalik ulanish o‘rnatiladi.
Kanallar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. Kanallar kommutatsiyasi shunday kommutatsiya usuliki, unda shu tarmoqning chetki ixtiyoriy juft punktlari o‘rtasida vaqtinchalik to‘g‘ri ulanish o‘rnatiladi.
Xabarlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. Xabarlar kommutatsiyasi deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda har bir kommutatsiya qurilmasida xabarlarni qabul qilish hisoblab chiqariladi, xabarlarning to‘planishi va oldinga uzatilishi qabul qiluvchining manziliga mos keladi.
Paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoqlar. Paketlar kommutatsiyasi deb kommutatsiyaning shunday usuliga aytiladiki, bunda xabarlar tarmoq orqali qabul qilinadigan, buferlanadigan va uzatiladigan aniq qismlarga – paketlarga bo‘linadi. Agar bitta xabarning barcha paketlari qayd qilingan marshrut bo‘yicha uzatilsa, u holda bunday kommutatsiya rejimi virtual deyiladi. Agar har bir paketni uzatish mustaqil marshrut bo‘yicha amalga oshirilsa, bu kommutatsiya rejimi datagramma (deytagramma) deyiladi.
Gibrid kommutatsiyali tarmoqlar. Gibrid kommutatsiya deb shunday usulga aytiladiki, unda bitta va aynan shu kommutatsiya qurilmasida ikki yoki undan ko‘p yuqorida nomlari keltirilgan kommutatsiya ko‘rinishlaridan foydalangan holda kommutatsiya tarmog‘i ishlab chiqiladi.
Kanallar turlari bo‘yicha ma’lumot uzatishning quyidagi tarmoqlari mavjud:
- simpleks tarmoqlar – axborot faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha uzatiladi;
- yarim dupleks tarmoqlar – axborot o‘zgaruvchan qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha uzatiladi;
- dupleks tarmoqlar – axborot bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda uzatiladi.
Ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha ma’lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga bo‘linadi:
- past tezlikli – bunday tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s;
- o‘rtacha tezlikli – tarmoqning axborot uzatish tezligi 64 kbit/s dan 2048 kbit/s gacha;
- yuqori tezlikli – 2048 kbit/s dan yuqori.
Ma’lumot uzatish tarmog‘i tuzilishi bo‘yicha:
Ierarxik tarmoqlar. Global tarmoqlar ierarxik tuzilishga ega, unda bir necha ierarxiya pog‘onalari mavjud bo‘lib, odatda ular o‘z nomlariga ega bo‘ladi.
Ierarxik tuzilishga ega bo‘lmagan tarmoqlar. Bunday tuzilishga ega tarmoqlardan lokal tarmoqlar qurishda foydalaniladi va bitta ierarxiya pog‘onasiga ega bo‘ladi.
Quyidagilar tarmoqni boshqarish tizimi funksiyasi bo‘lib hisoblanadi: administratoriy boshqaruv, texnik ekspluatatsiya, axborot oqimini nazorat qilish va ularning optimal taqsimoti va h.k. Ma’lumot uzatish tarmog‘iga bog‘langan holda yechilishi kerak bo‘lgan masalada tarmoqqa qo‘yiladigan talablar funksiyasiga shartlar qo‘yilgan holda boshqaruv tizimi markaziy va markaziy bo‘lmagan tamoyil asosida quriladi. Tarmoqni boshqarish usuli bo‘yicha ma’lumot uzatish tarmoqlari quyidagilar:
- markaziy boshqaruvga ega tarmoqlar. Bu tamoyilda hamma uchun yagona markaziy boshqaruv tizimi mavjud deb faraz qilinadi;
- markaziy boshqaruvga ega bo‘lmagan tarmoqlar. Bunday tarmoqlarda boshqaruv tizimi tarqoq tuzilishga ega va ma’lumot uzatish tarmog‘ining barcha pog‘onalari bo‘yicha tarqalgan shunday markazlarni o‘z ichiga oladi;
- aralash boshqaruvga ega bo‘lgan tarmoqlar. Aralash boshqaruvda ma’lum chegarada markaziy va markaziy bo‘lmagan boshqruv tamoyillari qo‘llaniladi.
|
| |