MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI FANIDAN MUSTAQIL
ISHLARNI TASHKIL ETISH USULLARI
F.Saydaliyeva
TDPU Fizika-matematika fakulteti “Matematika va uni o’qitish metodikasi”
kafedrasi donsenti, p.f.n
A.Imomidinova
TDPU“ Aniq va tabiy fanlarni o`qitish metodikasi” (matematika)mutaxasisligi
magistranti
Anotatsiya: Mazkur maqola “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan talabalarni
mustaqil o`qitish va mustaqil ishlarni tashkil qilish usullariga bag`ishlangandir.
Kalit so`zlar: Mustaqil ish, kredit-modul, metod, kompetansiya, guruhlarda
ishlash.
KIRISH
Hozirgi rivojlanayotgan Yangi O`zbekistonda bilimli,
salohiyatli, yetuk
kadrlarni tayyorlash davr ta`labiga aylandi.
Talabdan kelib chiqib, kadrlar
tayyorlash bo`yicha yuksak yutuqlarga erishgan
mamlakatlar tajribalari
o`rganilmoqda. Shu tajribalar va o`z imkoniyatlarimizni chuqur tahlil etish asnosida
“O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi” ishlab chiqildi va qabul qilindi. Konsepsiyaga asosan 2030-yilgacha
mamalakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarining 85%
bosqichma- bosqich,
kredit- modul tizimiga o`tishi rejalashtirilgan. Bu konsepsiyaning 3-bobining 1-
qismida “Mustaqil ta`lim soatlarini ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta`lim
olish,
tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko`nikmalarini
shakllantirish, o`quv jarayonida kompetentsiyalarni
kuchaytirishga qaratilgan
metodika va texnologiyalarni joriy etish, o`quv jarayonini amaliy ko`nikmalarni
shakllantirishga yo`naltirish, bu borada o`quv jarayoniga xalqaro ta`lim
standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnalogiyalar, o`quv dasturlari va o`quv
uslubiy materiallarni keng joriy etish” masalalarida ta`lim oluvchilarning mustaqil
ta`lim
olishlari, mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali
mutaxasislarning zaruriy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e`tabor
qaratilgan.