Mustaqil ta’lim deganda biz, o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish,
murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada,
auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli o`quv bilish faoliyatini
tushunamiz.
Talabaning mustaqil ishi deb, talabaning mustaqil o‘qishi bo‘lib, uni ilmiy-
pedagogik xodim talaba bilan birgalikda rejalashtiradi, lekin talaba uni o‘z oldiga
qo‘yilgan vazifalarga muvofiq hamda ilmiy-pedagogik xodimning metodik
rahbarligi va nazorati ostida uning bevosita ishtirokisiz bajarishiga aytiladi.
Matematika o`qitish metodikasi fanini o'rganish jarayonida talabalarning
mustaqil ta'lim olishining quyidagi turlaridan foydalaniladi:
- Ma'ruzalarni tinglash, seminarlarda qatnashish, amaliy va laboratoriya
ishlarini bajarish, mustaqil o`zlashtirishga ajratilgan mavzular yuzasidan :
- video ma`ruzalarni ko`rish, tahlil qilish va esse tarzida shakllantirib, mavzu
yuzasidan xulosalarni yozma bayon qilish;
- ba`zi mavzularga oid o`quv materiallariga tarixiy ma`lumotlar kiritib
dokladlar, referatlar
tayyorlash;
- mustaqil ish mavzulari yuzasidan AKT asosida multimediali taqdimotlar
tayyorlash va yoritib berish;
- ba`zi mavzular yuzasidan glossariy tuzish va sharhlash maqsadga muvofiqdir;
- individual va guruhiy o‘quv loyihasi yuzasidan faoliyat olib borish;
- keys-topshiriqlarini bajarish;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash;
Bu turlarning har biri talabalardan muntazam ravishda,
mustaqil qattiq ishlashni,
alohida mahoratni va kreativ yondashuvni talab qiladi.
Mustaqil ish, o'quv jarayonining eng muhim shakli ekanligini hisobga olib,
o'qituvchi mustaqil ishlarni tashkil etish davomida talabalarga mustaqil ish
parametrlarini shakllantirish va uning afzalliklarini ta'kidlab o`tishi lozim.
O`qituvchi mustaqil ish uchun topshiriqlarni berishda talabalar oldiga aniq maqsad
qo'yishi, topshiriqni bajarish algoritmini ko`rsatishi, vazifalarni bajarishga yordam
beradigan adabiyotlarni tavsiya etishi ,bajarilgan ishlarni bajarish muddatlari
belgilashi, maslahatlashish vaqtini aniqlashi, baholash mezonlarini haqida ma`lumot
berishi hamda talabalar uchun mustaqil ish bo'yicha
eslatma tuzish maqsadga
muvofiq.
Matematika o`qitish metodikasi fanidan mustaqil ishlarni tashkil etishda
o`qituvchi eng birinchi vazifasi semester davomida o`tilishi rejalashtirilgan
mavzularni qiyinlik darajasiga ko`ra qismlarga ajratib chiqishi lozim. Talabalar
o`qitish metodikasini o`rganishda pedagogik tajriba va malaka muhim ahamiyat
kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda talabalarga qiyinlik darajasi pastroq bo`lgan
hamda qiziqarli mavzular mustaqil ish sifatida berilsa talabalar ushbu vazifalarni
oson va to`laqonli bajaradi. Mustaqil ishlarni tashkil
etishda guruh talabalarini
kichik guruhlarga bo`lish yaxshi natija beradi. Bu kichik guruhlarning har biriga 4
tadan talabani biriktirib, mustaqil ish mavzulari yuzasidan birgalikda ma`lumotlar
to`plashi, referat, taqdimotlar tayyorlashi, o`zaro fikr almashinishi mavzuni kengroq
va mukammalroq o`zlashtirishga olib keladi. Hozirgi kunda talabalar mustaqil ish
deganda referat, taqdimot yoki ko`rgazmali biror material tayyorlab topshirish deb
tushunishmoqda. Bu esa katta xato va kamchilikdir. O`qituvchi nafaqat mustaqil
ishni berishni balki bu mustaqil ishdan talaba olgan bilmini nazorat qilishi hamda
to`g`ri maqsadli yo`naltirishi lozimdir. Talaba berigan mavzuni to`g`ri maqsadli
o`zlashtirishi uchun mazmunan yaqin bo`lgan mavzularni biriktirgan holda mavzuga
oid savollar ketma-ketligi o`qituvchi tomonidan tuzilishi va talabaga taqdim etilishi
lozimdir. Misol tariqasida 3- bosqich “matematika va informatika” yo`nalishida
ta`lim olayotgan talabalarga “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan ayrim
mavzular yuzasidan mustaqil ishni tashkillashtirishni 1-jadvalda ko`rib chiqamiz.
Ushbu jadvalda mustaqil ish uchun topshirilgan mavzular berilgan, bu mavzuni
maqsadli o`rganish uchun qanday savollarga javob izlashimiz lozimligi o`rsatilgan.
Talaba ushbu savollarga javob izlash mobaynida mavzuni to`g`ri o`zlashtiradi va
metodlarni matematik misollarda qo`llash yuzasidan fikir yuritadi.
Mustaqil ish
uchun bajarilgan vazifani belgilangan ko`rinishda o`qituvchisiga topshiradi.
O`qituvchi o`z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, belgilangan vaqtida
savollarga og`izaki yoki yozma javob olishi lozim. Mavzular yuzasidan berilgan
savollar yakuniy nazorat savollari tarkibiga kiritiladi.
( 1-jadval)
T
/
R
Mustaqil
ish
mavzulari
Mustaqil ish mavzusi yuzasidan
savollar va topshiriqlar.
Mustaqil
ishni
topshirish
shakli,
vaqti va joyi.
1 Matematika
o‘qitishda
kuzatish
va
tajriba,
taqqoslash va
analogiya
metodlari.
1)Kuzatish metodining taʼrifini ayting
2) Tajriba metodining taʼrifini ayting.
3) Taqqoslash metodi deganda nimani
tushunasiz?
4)
Bilish jarayonining umumiy
qonuniyatlarini taxlil qilib bering?
5) Taʼlim metodlarini tasniflagan
pedagog-olimlarning nomlarini
keltiring va taxlil etib bering.
6) Bo`laklarga ajratish deganda
1)Metodlar
ta`riflarini va kalit
so`zlarni
ikki
qisimli kundalikka
joylashtiring.
2)Har bir metodga
bittadan
misollar
orqali
na`muna
keltiring.
nimani tushunasiz?
.
3)Mavzuni
o`qib
o`rganib savollarga
javob
berishga
tayyorlaning.
2 Matematika
o‘qitishda
analiz va sintez
metodlarining
o‘rni. Analitik
metod bilan
masalalar
yechish va
teoremalarni
isbotlash.
1)
Psixologik nuqtai nazaridan
analiz va sintez metodlarini
tushuntirib bering.
2) Analitik metodning boshqa
metodlardan farqini tasniflang.
3)Teoremalarni isbotlashda analetik
metodlardan qanday foydalanilishini
izohlang va na`muna ko`rsating.
Topshirish shakli:
berilgan vazifalar
yuzasidan yozma
xisobot va og`izaki
savol-javob.
Topshirish vaqti:
21.11.2022y
Topshirish joyi:
-xona.