Asinxron elektr dvigatellar




Download 4.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana18.02.2022
Hajmi4.19 Mb.
#17745
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
teshayev g\'olib quyimozor nasos stansiyasidagi suv sathini intellektual datchiklar yordamida boshqarish bmi
638344664115502673121, Mavzu Xesh funksiyalar va ulardan axborot xavfsizligini ta’minl-fayllar.org
Asinxron elektr dvigatellar Sanoatda  asinxron  elektr  dvigatellarning  ikki xil
turi ya‘ni faza rotorli va qisqa tutashuv rotorli turlari ishlab chiqariladi. Faza 
rotorli asinxron elektr dvigatellar elektr tormog‘iga qarshilik reostati
yordamida ulanadi va yurgizish paytida kamroq tok kuchi talab qiladi. Lekin 
ularning yurgizish sxemasi va tuzilishi murakkab, narxi esa qimmat. Shu sababli 
ular ishlab chiqarishda 
kam qo‘llaniladi. Qisqa tutashuv rotorli asinxron
dvigatellarning tuzilishi sodda, foydalanish va avtomatlashtirish qulay,
o‘lchamlari kichik va narxi arzon bo‘lganligi uchun nasos stansiyalarda va 
xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi. Lekin qisqa tutashuv
rotorli asinxron dvigatellarning yurgizishpaytidagi buralish momenti va tok 
kuchi me‘yoriy ish tartibidagi qiymatidan 5…7 marta ortiq bo‘ladi. Bundan 
tashqari elektr dvigatel validagi iste‘mol quvvati ortishi bilan uning aylanish
chastotasi kamayadi ya‘ni rotor va stator magnit maydoni orasida «siljish » 
ortadi. Ularni yurgizish paytidagi tok kuchini kamaytirish uchun turli usullardan
foydalaniladi: a) stator cho‘lg‘amlarini ishga solish paytida «yulduzcha» 
sxemasidan me‘yoriy aylanish chastotasiga erishganda «uchburchak» sxemasiga
qayta ulash; b) stator zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritib pog‘onali tarzda 


ishga solish; v) ishga solish davrida qo‘llaniladigan avtotransformatorlardan 
foydalanish. Lekin bu usullar
qo‘shimcha jihozlar o‘rnatishni talab qiladi va 
avtomatlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun kichik quvvatli (100 kVt gacha) 
elektr dvigatellarni bevosita qo‘shimcha jihozlarsiz ishga solish ruxsat etiladi.
Hozirgi paytda sanoatda asinxron dvigatellarning quyidagi turlari ishlab
chiqariladi: gorizontal valli A 2 va AO2 (quvvati 100 kVt gacha), A va AK 
(quvvati 100…400 kVt), A3 va AK3 (quvvati 400 kVt dan ortiq), AN va AKN
(quvvati
200…2000 kVt) seriyali elektr dvigatellar; vertikal valli VAN (quvvati 
315…2500 kVt, aylanish chastotasi 375…1000 ay/min, 6 kV kuchlanishli) seriyali 
elektr dvigatellar [29].
Nasosning bosimi va suv uzatishini rostlash uchun ikki tezlikka ega bo‘lgan 6 
kV kuchlanis
hli, quvvati 500…1400 kVt, aylanish chastotasi 500/300; 500/375 
yoki 375/300 ay/min ga teng DVDA seriyali vertikal asinxron dvigatellardan
ham 
foydalanish mumkin. Juft qutublari sonini o‘zgartirish yo‘li bilan
aylanish chastotasini rostlovchi elektr dvigatellarning boshqa turlari ham ishlab 
chiqarilgan.

Download 4.19 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 4.19 Mb.
Pdf ko'rish