Mexatronika asoslari




Download 380,4 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2023
Hajmi380,4 Kb.
#126736
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu (1)

Shuni aytish joizki, robot real dunyo bilan faol о‘zaro ta’sirlashishi orqali о‘rganishlik qobiliyati bilan turli avtomatlardan farq qiladi. Avtomatlardan farqli ravishda robotlar – kо‘p maqsadlarga mо‘ljallangan (biror operatsiyadan boshqasiga qayta о‘rgatish mumkin bо‘lgan) universal avtomatik tizimdir. Robot deb real dunyo bilan faol о‘zaro ta’sirlashishi orqali о‘rganishlik qobiliyatiga ega bо‘lgan va inson tomonidan jismoniy yoki aqliy mehnat faoliyati davomida bajariladigan turli operatsiyalarni taqlid etadigan universal avtomatik tizimga aytiladi. Robotlarning о‘ziga hos jihatlari quyidagilardir: universallik, his qilish jarayonida о‘rganish va moslashish qobiliyati (sun’iy sezgi organlari yordamida), atrof muhitga ta’sir kо‘rsatish (ijro mexanizmlari yordamida), hamda insonning jismoniy hamda aqliy faoliyatini avtomatlashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘p maqsadliligidir.

Sensor tizimi hamda boshqaruv tizimining rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda robotlar tо‘rt avlodga bо‘linadi. Birinchi avlod robotlari – dasturiy robotlar bо‘lib, texnologik jarayon bilan aniqlanadigan aniq belgilangan dasturiy ketma-ketlikdagi amallarni bajarishga mо‘ljallangan. Ular aniq dastur, aniq vaziyat va о‘zgarmas ishlash sharoitlarda ishlaydilar. Ular stanoklar, pechlar, presslar, yig‘uvchi konveyerlar va texnologik liniyalar, kavsharlovchi apparatlar, quyish mashinalari va boshqalarga hizmat kо‘rsatishda qо‘llaniladilar. Ikkinchi avlod robotlari – sezgilarga ega (adaptiv) robotlar bо‘lib, kо‘p miqdordagi sensor datchiklarga (optik, televizion, lokatsion, taktil va boshqalar) hamda ichki datchiklar (manipulyator zvenolari holati datchiklari, kuch datchiklari , moment datchiklari va boshqalar) mavjudligi, murakkab boshqaruv tizimi bilan farqlanadilar.


Uchinchi avlod robotlari – intellektual, yoki aqlli robotlar bо‘lib, ular boshqaruv tizimini murakkabligi va takomillashganligi bilan ajralib turadilar. Inson intellektual faoliyatini avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, murakkab masalalarni yechish jarayonida о‘rgatishga va adaptatsiyaga moslashadilar. Tо‘rtinchi avlod robotlari – kognitiv taqsimlangan kollektiv robotlar bо‘lib, ular emotsiyalarga ega va tashqi muhitdan informatsiya olish va reaksiyasiga, ixtiyoriy о‘zgaruvchi muhitlarga adaptatsiyalanish hossalariga kо‘ra tirik organizmlardan ustun turadilar. Bu avlod robotlariga muhitda maxsus optik, yorug‘lik yoki kompyuter maxsus effektlari yordamida hosil qilinadigan virtual robotlar kiradi.
Robotning takomillashganlik darajasi hamda qо‘llanish sohasiga kо‘ra tо‘rt avlod robotlari tо‘rt sinfga bо‘linadi: sanoat, tadqiqot, harbiy va о‘quv. Sanoat robotlari og‘ir, monoton, inson faoliyati uchun zararli va xavfli ishlarni bajarishga mо‘ljallangan.
Tadqiqot robotlari tadqiq etilayotgan obyektlar haqida informatsiya qidirish, tо‘plash, qayta ishlash, murakkab obeyektlarni loyihalash, diagnostika qilish va shu kabi ishlarni bajarishga mо‘ljallangan.
Harbiy robotlar obyektlarni qо‘riqlash, territoriyani razvedka qilish, xavfli yuklarni tashish, terroristlar va portlovchi moddalarni yakson qilish kabi ishlarni bajarishga mо‘ljallangan.

Download 380,4 Kb.
1   2   3




Download 380,4 Kb.