Qidir
Microsoft Excel
Microsoft Excel (baʼzan
Microsoft Office Excel deb
ataladi
[1]
) —
Microsoft
korporatsiyasi
tomonidan
Microsoft Windows
,
Windows NT
va
Mac OS
, shuningdek Android,
iOS
,Windows
Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur.
U iqtisodiy-statistik
hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel
2008 ning dasturlash tili VBA (
Visual Basic for Application).
Microsoft Excel Microsoft
Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar
qatoriga kiradi.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor
hisoblash va iqtisodiy
masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib
turuvchi masalalarni tezkor
ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli
masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron
jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib
turuvchi
kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun
ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS
kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun
elektron jadvallar ishlab
chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu
bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u
elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini
koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron
jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3
paketlari
chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham
oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki,
Excel eng ommabop
dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta
ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini
bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi.
Bunda siz WinWord