|
Jadval kataklari ustida amallar bajarish
|
bet | 2/7 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 3,8 Mb. | | #132328 |
Bog'liq 3 mavzu Statistik ma’lumotlarni elektron jadvallar yordamida qayta ishlashJadval kataklari ustida amallar bajarish
Qator yoki ustunlarning kengligini o‘zgartirish
Exselda qatorlarni 1,2,3 …lar bilan belgilab qatorlar sarlavhasi hosil qilingan. SHu qatorlar sarlavhasidan kerakli qator ostidagi chiziqqa sichqoncha ko‘rsatkichi keltiriladi va uning ko‘rinishi o‘lchov o‘zgartirish holatiga kelganda uning chap tugmasini bosib turib, kerakli tomonga qarab to kerakli joygacha olib boriladi.
Ustunlarning kengligini o‘zgartirish ham xuddi shu tartibda bo‘lib, faqat ustunlar sarlavhasidan o‘zgartiriladi. Quyida A ustun kengaytirilgan:
Kataklarni belgilash.
Kataklarni belgilash uchun sichqonchani belgilash boshlanadigan joyga keltirib uning chap tugmasini bosib turib kerakli joygacha olib borishimiz kerak. YOki kursorni belgilanish boshlanadigan joyga keltirib, tugmasini bosib turib
«strelka»li tugmalar orqali kerakli joygacha belgilanadi. Masalan: B3 katagidan E5 katagigacha belgilash kerak bo‘lsa, kursorni B3 katagiga keltirib tugmasini bosib turib, «strelka»li tugmalar orqali E5 katagiga boramiz va kerak bo‘lgan belgilashni hosil qilamiz.
Agar shu belgilashga G1 dan G3 gacha bo‘lgan kataklarni ham qo‘shish kerak bo‘lsa Ctrl tugmasini bosib turib, sichqoncha orqali G1, G2, G3 kataklarni unga qo‘shamiz va biz belgilagan kataklar B3 - E5, G1-G3 kataklar to‘plamidan hosil bo‘ladi.
Agar B, C, D va G ustunlarni belgilamoqchi bo‘lsak, u holda ustunlar sarlavhasidan B ustun ustiga borib sichqonchaning chap tugmasini bosib turib D ustunigacha olib boramiz va Ctrl tugmasini bosib turib ustunlar sarlavhasidan G ustunini belgilaymiz va quyidagi ko‘rinishni hosil qilamiz.
.
Agar 2,3,4 va 6 qatorlarni belgilamokchi bulsak, u holda qatorlar sarlavhasidan 2 qator ustiga borib, sichqonchaning chap tugmasini bosib turib 4 qatorigacha olib boramiz va Ctrl tugmasini bosib turib qatorlar sarlavhasidan 6 qatorini belgilaymiz va quyidagi ko‘rinishni hosil qilamiz.
Joriy yoki belgilangan katakning o‘lchamini o‘zgartirish
Excelda katta-kichik, qalin, kursiv, osti chizilgan va hakozo formatlardagi matnni yozish mumkin. Buning uchun yozadigan matnimiz yoki belgilangan matn uchun formatni «Formatirovanie» panelidagi tugmalar orkali tanlashimiz kerak.
|
| |