• Microsoft excel elektron jadvalini yuklash va uning tuzilishi
  • Microsoft excel elektron jadvalini yuklash va uning tuzilishi




    Download 3,8 Mb.
    bet1/7
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132328
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3 mavzu Statistik ma’lumotlarni elektron jadvallar yordamida qayta ishlash



    Statistik ma’lumotlarni elektron jadvallar yordamida qayta ishlash
    Reja:


    1. Microsoft excel elektron jadvalini yuklash va uning tuzilishi


    2. Jadval kataklari ustida amallar bajarish

    3. Microsoft Excelda diagrammalar hosil qilish.

    4. Microsoft Excel da rasmlar bilan ishlash


    Microsoft excel elektron jadvalini yuklash va uning tuzilishi


    Jadval ko‘rinishidagi hujjatlar ixtiyoriy tipdagi korxonada hujjat aylanishining katta qismini tashkil qiladi. SHuning uchun elektron jadvallar iqtisodiy axborot tizimlarini yaratish va ishlatishda juda katta ahamiyatga ega. Elektron jadvallarni yaratish, hisobga olish, saqlash, taxrir qilish, ishlov berish va ularni chop etilishini amalga oshiruvchi dasturiy vositalar majmuasini jadval protsessori deb atash qabul qilingan. Elektron jadval kompyuter xotirasida joylashgan ikki o‘lchamli massivning satrlari va ustunlarini o‘zida ifodalaydi.
    Super Calc, Visi Calc, Lotus, Quattro Pro kabi jadvallar protsessorlari dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, ularning bir necha versiyalari mavjud. Windows operatsion tizimida ishlatish uchun Exsel protsessori yaratilgan. Unda ishlash texnologiyasi Windows tizimining ixtiyoriy tadbiqlaridagi WIMP interfeysiga asoslangan.
    Jadval protsessorlari ko‘plab moliyaviy va ma‘muriy masalalarni echish imkonini beradi. Masalan, oylik maoshni hisoblash va boshqa hisobga olish masalalari: sotuv hajmini, bozor o‘sishini, daromadlarni bashorat qilish; foyz stavkalari va soliqlarni tahlil qilish; moliyaviy deklaratsiyalar va balans jadvallarini tayyorlash; sotish hajmini va strukturasini hisobga olish uchun hisobchi daftarini yuritish; smeta kal‘kulyatsiyasi; pul cheklarini hisobga olish; byudjetga va statistikaga oid hisoblashlardir.
    Microsoft Excel dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:

    Bosh menyudan «Programmi» tanlanadi;
    CHiqqan menyudan Microsoft Excel tanlanadi; Natijada dastur o‘z ishini boshlaydi va uning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

    Microsoft Excel elektron jadvalini ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Unda qatorlar natural sonlar bilan (1,2,3, …65536), ustunlar lotin alifbosi harflari (A,B,C…AA,AB,…IB) kabi belgilanadi. Xar bir katak o‘z koordinatasiga ega. YUqoridagi rasmga e‘tibor bering, A1 katagi ajratib ko‘rsatilgan. Bu katakning koordinatasi 1-qator, A-ustun xisoblanadi.

    menyudagi xar bir sarlavhada funktsiyalar joylashtirilgan.
    ochiluvchi kichik menyular ham ochiluvchi kichik menyular yana bo‘linadi. Misol tariqasida kichik menyusini qarab chiqaylik.
    piktogrammalar guruhi

    Formatlash piktogrammalari guruhi

    Boshqarish piktogrammalari guruhi

    Diagrammalar chizish piktogrammalari guruhi

    Turli figuralarni chizish piktogrammalari guruhi

    Bulardan tashqari yana bir qancha piktogrammalar guruhi mavjud.

    Ushbu rasmda keltirilgan ro‘yxatga e‘tibor bering. Piktogrammalar guruhi nomi qarshisida belgi qo‘yilgan guruhlar to‘g‘risida yuqorida tanishdingiz.
    SHuningdek, Visual Basic, Web, WordArt, «Almashishlar buferi», «Tashqi qiymatlar», «Tasvirlarni rostlash», «Retsenziyalash», «Umumiy jadval tuzish» kabi piktogrammalar guruxlari nomini ko‘rasiz. Ro‘yxatning eng so‘ngidagi «Nastroyka» rostlash sarlavhasi xar bir guruh uchun yangi piktogrammalarni qo‘shish va olib tashlash uchun xizmat qiladi.

    Download 3,8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 3,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft excel elektron jadvalini yuklash va uning tuzilishi

    Download 3,8 Mb.