• Excel dasturida varoqlar bo‘limi.
  • Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari.
  • Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
  • Microsoft Excel haqida umumiy ma’lumot




    Download 0.95 Mb.
    bet1/5
    Sana10.03.2024
    Hajmi0.95 Mb.
    #169528
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Microsoft Excel haqida umumiy ma
    Абдураимов Қахрамон Бахадирович (2), 46mavzu, Dars tahlili blankasi, Aktualnyj-internet-marketing, English for Physics oquv qollanma, P P Amaliyot dasturi 2-kurs (3), «innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni-fayllar.org, Tema18-19(4), Jadidchilik - Vikipediya, Jamoa shartnomasi 2023, 3-maruza. AES, 2 мавзу, 2, Fayzulloyev Lazizjon

    Microsoft Excel haqida umumiy ma’lumot.
    Ma‘lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash, ularni taxlil qilish, hisob-kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar Sirer Sals va Excel yaratilgan bo‘lib, ular elektron jadvallar yoxud jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron jadvallar ayni vaqtda qo‘llanadigan soxalar ko‘p, xususan bank va soliq tizimlarida, iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanilib kelinmoqda. Ana shunday dasturlardan biri Microsoft Excel dasturidir. MS Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo‘lib, u Windows operatsion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan.
    Windows uchun Excel elektron jadval versiyalari:

    • 1988-yil Excel 2.0

    • 1990-yil Excel 3.0

    • 1992-yi – Excel 4.0

    • 1993-yil Excel 5.0

    • 1995-yil Excel 7 Windows 95 uchun

    • 1997-yil Excel 97

    • 1999-yil Excel 2000(9) Microsoft Office 2000

    • 2001-yil – Excel 2002(10) – Microsoft Office XP

    • 2003-yil – Excel 2003(11) – Microsoft Office 2003

    • 2007-yil – Excel 2007(12) - Microsoft Office 2007

    • 2010-yil Excel 2010(14) - Microsoft Office 2010

    • 2013-yil Excel 2013(15) - Microsoft Office 2013

    • 2015-yil Excel 2016(16) - Microsoft Office 2016

    Excel o‘zining 7.0 versiyasiga qadar 16384 214 satrdan iborat edi. 8.0-11.0
    versiyalarida esa bu son 65536 216 qator va 256 28 ustunga yetdi. 12.0 va 14.0
    versiyalar 1048576 - 220 qator va 16384 214 ustunga ega MS Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy ism va xls kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excel atamasida bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Har bir xls faylida 1 tadan 255 tagacha elektron joylashishi mumkin, ularning har biri Excelning ish varag‘i deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi. Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o‘zi bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Har bir Excel hujjatida bir nechta varaqlar bo‘lishi mumkin. Quyidagi rasmdagi Excel hujjatida uchta «List1», «List2» va «List3» lar bor.



    Excel dasturida varoqlar bo‘limi.
    Bu rasmdagi hujjatda joriy varaq «List1» hisoblanadi. List2 ham birinchisiga o‘xshash bo‘sh varaqdir, unda ham birinchi varaqqa o‘xshab kerakli jadvallarni hosil qilishimiz mumkin. Ikkinchi varaqqa o‘tish uchun sichqoncha bilan ko‘rsatilgan joyga keltirib uning chap tugmasini bosish etarli. Varaqning nomini o‘zgartirish uchun sichqonchani «strelka» bilan ko‘rsatilgan joyga keltirib o‘ng tugmachasi bosiladi va quyidagi menyu hosil bo‘ladi:

    Menyu bandlarining vazifalari:

    • «Добавыть…» - hujjatga yangi varaq qo‘shadi.

    • «Удалить» joriy varaqni o‘chiradi.

    • «Переименовать» varaq nomini o‘zgartiradi.

    • «Переместить / скопировать» joriy varaq nusxasini hosil qiladi.

    • «Выделить все листы» – hujjatdagi xamma varaqlarni belgilaydi.

    Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 16384gacha bo‘lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o‘zgartirish ham mumkin. Yacheyka- bu ishchi jadvaldagi adresli element bo‘lib unda sonli qiymat, matn va formula turishi mumkin. Yacheyka o‘z adresi bilan aniqlangan bo‘lib, u adres ustun nomi va satr nomeridan iborat bo‘ladi. Maydon deb yonma-yon joylashgan kataklar guruhiga aytiladi. Maydonning adresini ko‘rsatish uchun uning yuqori chap va pastki o‘ng kataklarining adresini ikki nuqta bilan ajratib ko‘rsatish kerak. Bundan tashqari, Excel dasturi ma`lumotlar ombori (MO) bilan ishlash, Visual Basic for Applications dasturlash tilida Makroslar yaratish kabi imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo‘lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
    Microsoft Excel elektron jadvalining imkoniyatlari.
    Excel nafaqat berilganlarni kiritish, saqlash, tanlash balki, tahlil qilish, ularni diagrammalar, grafiklar ko‘rinishida tasvirlash, xatto so‘nggi versiyalarida Web- sahifalarga joylashtirish, murakkab ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlariga ham ega. Quyida Exceldan foydalanish uchun eng zarur imkoniyatlar bilan tanishamiz:

      • Varaqlardan foydalanish. Bu elektron jadvaldan foydalanishdagi boshlang‘ich tushunchalardan biri bo‘lib, unda qatorlar va ustunlar joylashadi. Varaqlarga sarlavha qo‘yiladi. Uni o‘zgartirish, yo‘qotish va yangi varaqni qo‘shish mumkin. Ma‘lumotlarni kiritish. Odatda ikkinchi qadam bo‘lib, kataklarga turli ma‘lumotlarni kiritish tushuniladi.

      • Ma‘lumotlarning ko‘rinishini o‘zgartirish. Matn va sonlarga o‘ziga xos ko‘rinish berishni anglatadi.

      • Formulalardan foydalanish. Sonlar bilan ishlashda albatta ma‘lum hisoblarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Excelda murakkab formulalarni yozish yoki tayyor standart funktsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud.

      • Grafik va diagrammalarni hosil qilish. Jadvalga kiritilgan sonli ma‘lumotlarning diagrammalari va grafiklari hosil qilinadi.

      • Rasmlarni qo‘shish. Jadvallarni tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlash uchun diagrammalar va rasmlar kiritiladi. Shuningdek, berilganlarni tasvirlash uchun kartalardan ham foydalanish mumkin.

      • Web-sahifalardan foydalanish. Web-sahifalardagi berilganlarni olib ulardan foydalanish va ularga qayta ishlangan ma‘lumotlarni jo‘natish.

      • Import qilish. Boshqa elektron jadvallarda tayyorlangan ma‘lumotlarni qabul qilish va turli formatlarda yozish.

      • Berilganlarni tahlil qilish. Berilganlarni tekshirish, ulardan umumlashgan jadvallar tayyorlash.

    • Bundan tashqari, Excelda ishlash jarayonining o‘zini qulaylashtirish uchun qator imkoniyatlar yaratilgan.

      • Ro‘yxatni avtomatik ravishda to‘ldirish;

      • Diagrammalarni qurishda ko‘p qadamli tanlovdan foydalanish;

      • Matnning rangi va o‘lchamlarini oldindan ko‘rish;

      • Umumlashgan jadvallarni dinamik tasvirlash;

      • Tayyor jadvalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Web-sahifaga kiritish, Web-sahifadan olish va xokazo. Umuman elektron jadvallarning imkoniyatlarini ularda amaliy ishlash davomida kengroq o‘rganish mumkin bo‘ladi.

    Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
    Inson o‘z ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma‘lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba‘zida esa murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel, dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. Microsoft Excel elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy ro‘zgor buyumlari hamda, bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir. Excel elektron jadvalining asosiy elementlari. Microsoft Exceldagi barcha ma‘lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma‘lum qismigi boshlang‘ich va birlamchi ma‘lumotlar kiritiladi, boshqa boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshqa boshlang‘ich ma‘lumotlar ustida bajariladigan boshqa amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.
    Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma‘lumotlarni kiritish mumkin:

      • Matnli

      • sonli ifodalar

      • formulalar.

    Matnli ma‘lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar-kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarini hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi ma‘lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. Excelning asosiy ishlov berish ob‘yekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. Excel hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. Excel da bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varag‘i deb ataladi». Har bir ishchi- varag‘ o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur.



    Download 0.95 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Excel haqida umumiy ma’lumot

    Download 0.95 Mb.