-jadval  O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat)




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   386
Bog'liq
qorakol

1-jadval 
O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat) 
T/r 
Yer fondining toifalari 
Jami maydon 
Shundan sug’oriladigan 
Ming ga. 
Jami yerga 
nisbatan, foiz 
Ming ga. 
Jami yerga 
nisbatan, foiz 
1. 
Qishloq xo’jaligiga 
mo’ljallangan yerlar 
22264,6 
50,13 
4213,8 
9,49 
2. Aholi punktlarining yerlari 
235,4 
0,53 
49,7 
0,11 
3. 
Sanoat, transport, aloqa, 
mudofaa va boshqa 
maqsadlarga mo’ljallangan 
yerlar 
1968,0 
4,43 
11,7 
0,03 
4. 
Tabiatni muhofaza qilish, 
sog’lomlashtirish, rekreasiya 
maqsadlariga mo’ljallangan 
yerlar 
75,5 
0,17 
0,6 
0,001 
5. 
Tarixiy-madaniy ahamiyatga 
molik yerlar 
0,4 
0,001 


6. O’rmon fondi yerlari 
8661,2 
19,50 
29,4 
0,07 
7. Suv fondi yerlari 
815,8 
1,84 
4,5 
0,01 
8. Davlat zahira yerlari 
10389,4 
23,40 
1,9 
0,004 
Jami yerlar 
44410,3 
100,0 
4311,6 
9,71 
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 
2013 yil. 


146 
Demak, Respublika yer fondining 50,0 % dan ortiqrog’i qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar 
bo’lib, u 22,3 mln.gektarni tashkil qilgan. Umumiy yer fondining atigi 9,5 % i yoki 4,2 mln. gektari 
sug’oriladigan yerlardan iborat.
Yer fondining deyarli barcha sug’oriladigan qismi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar 
tarkibiga kiradi. Sug’oriladigan yerlarning juda kam foizi boshqa toifa yerlar hissasiga to’g’ri keladi. 
Bundan, sug’oriladigan yerlarning har bir gektaridan unumli foydalanish, olinadigan mahsulotni 
miqdor jihatdan ko’paytirish va uning samaradorligini oshirishning maqsadga muvofiq ekanligi 
ko’rinadi. 
Yuqorida keltirilgan yer fondi toifalarining tarkibi quyidagicha: 
1.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarga: davlat jamoa xo’jaligi, ilmiy-tekshirish, o’quv 
va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari, shuningdek alohida fuqarolar, dehqon 
xo’jaliklari va kooperativlarning yerlari kiradi. Bundan tashqari boshqa qishloq xo’jaligi bilan
shug’ullanmaydigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, ijtimoiy va diniy tashkilotlarga 
yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun berilgan yerlar ham kiradi. 
2.Aholi punkti yerlariga shahar, posyolka va boshqalarning yer maydonlari kiradi. Uy-joy 
fondi, parklar va boshqa madaniy-maishiy obyektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. 
3.Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa qishloq xo’jaligiga taaluqli bo’lmagan 
tarmoqlar yerlari. Ular zavodlar, fabrikalar, temir yo’l va avtomobil transporti, aloqa, mudofaa 
obyektlari va boshqalarni joylashtirish uchun foydalaniladi. 
4.Tabiatni muhofaza qilish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar-alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek 
ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar.
5.Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar. 
6.O’rmon fondi yerlari. o’rmon bilan band yerlar, shuningdek, o’rmon xo’jaligi zaruriyati 
uchun mo’ljallangan yerlar. 
7.Suv fondi yerlari. Suv havzalari, gidrotexnik, suv xo’jalik inshootlari, shuningdek, suv 
havzalari qirg’oqlari kiradi. 
8.Davlat zahira yerlari. Bu yerlar hozircha hyech kimga egalik qilishga va uzoq muddatli 
foydalanishga berilmagan. Ular asosan mamlakatning kam aholi yashaydigan tumanlarida joylashgan 
va yangi korxonalar tashkil qilish uchun foydalaniladi, vaqtincha foydalanishga ajratiladi. 
Qishloq xo’jaligiga taaluqli yerlarga
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim 
etilgan va qishloq xo’jaligini yuritish uchun mo’ljallangan barcha maydonlar kiradi; ularning asosini 
qishloq xo’jaligigayaroqli yerlar tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar – 
bu, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olish uchun sistemali 
ravishda foydalaniladigan yerlardir; ular o’z ichiga ekinzorlar, bo’z yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar, 
pichanzorlar va yaylovlarni oladi. 
Ekinzorlar
– bu qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar bo’lib, qishloq xo’jaligi ekinlarini ekishda 
foydalaniladi va sistemali ravishda ishlov berib boriladi. Tabiiy-tarixiy va boshqa xossalari bo’yicha 
ekinzorlar bir qancha xillarga bo’linadi: sug’oriladigan, lalmi, zaxkash, toshloq va boshqalar.
Bo’z yerlarga
oldin ekinzor bo’lgan, lekin turli sabablarga ko’ra qishloq xo’jaligi ekinlari (bir 
yildan ko’p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi. 
Ko’p yillik daraxtzorlar
o’z ichiga bog’larni, mevalarni, uzumzorlarni, sitrus, xurmo va 
boshqalarni oladi. 
Pichanzorlar
– bu sistemali ravishda pichan o’rish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligiga 
yaroqli yerlardir. Ularning bir qancha turlari bo’lib, ular tabiiy, sug’oriladigan, suvsiz vodiydagi 
o’tloq, botqoqli, qamish va butalar orasidagi, tosh va do’ngliklardagi, sof, tubdan yaxshilangan. 
Yaylovlar
– sistemali ravishda hayvonlarni boqish amalga oshiriladigan yerlar bo’lib, ularning 
ham bir qancha turlari mavjud: suvsiz vodiydagi o’tloq va botqoqli, sof, qamish va butalar orasidagi, 
toshloq, yozgi, baxorgi-kuzgi, qishki, tubdan yaxshilangan. 


147 
Respublikamizning umumiy yer fondi 44,4 mln. ga ni tashkil etadi, shundan 25,3 mln. ga yoki 
56,9% qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardir. Shu yerlarning 4 mln. 62 ming ga yoki 9,1% 
haydaladigan yerlardir. Yer fondining 5-6 mln. gektari dehqonchilikda foydalaniladi Ulardan 4,2 mln 
gektari sug’oriladigan yer bo’lib, shundan 1,6 mln ga cho’l zonasida, qolgan qismi suvli mintaqada 
joylashgan. Shu sug’oriladigan yerlarning 3 mln.gektari ekinzorlardir. 2008-2012 yillar davomida 1,8 
mln. gektar yerlarning meliorativ holati yaxshilangan. 
Lalmikor yerlarning asosiy qismi Toshkent, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 
joylashgan bo’lib,770 mln. ga yaqin maydonni tashkil etadi. Yer fondining 22,8 mln. gektarini cho’l 
yaylovlari tashkil etadi, shundan 10 mln. ga sur qo’ng’ir tuproqli, 13 mln. ga yaqini qum yerlardir. 
Qolgan qismi esa taqir, o’tloq va sho’rxok yerlardan iborat. Cho’l yaylov joylardagi sug’orishga 
yaroqli yalpi maydon 12 mln. gektarga yaqin.
2013 yilda Respublikada jami yer maydonlarining 5886,6 ming gektari yoki 28,7 % fermer 
xo’jaliklariga va 616,1 ming gektari yoki 3,0% dehqon xo’jaliklariga tegishli bo’lgan. Haydaladigan 
yerlarning esa 3546,0 ming gektari yoki 87,7% fermer xo’jaliklariga va 420,1 ming gektari yoki 10,4 
% i dehqon xo’jaliklariga to’g’ri kelgan. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  O’zbekiston Respublikasida Yer fondining toifalar bo’yicha taqsimlanishi (2011 yilgi holat)

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish