Yer resurslari qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
7.1. Yer resurslari qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer 
resurslarining tarkibi 
 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning moddiy elementlari orasida yer resurslari muhim o’rinni 
egallaydi. U moddiy boylik yaratishning dastlabki shart-sharoiti va tabiiy asosi hisoblanadi. Fanda, 
yerni mehnat vositalari, mehnat predmetlari va manzilgoh joylarni yaratuvchi buyuk laboratoriya
xazina ekanligi ta’kidlangan. Yer resurslari - buyuk va hyech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan
milliy boylik. Yer resurslari, boshqa ishlab chiqarish vositalaridan tubdan farq qilgani holda, asosiy 
ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi iqtisodiyotiga katta tasir ko’rsatadi. 
1.Yer tabiat mahsuli. Inson mehnati tuproq xususiyatini o’zgartiradi, bu uning mehnat predmeti 
ekanligi. O’simliklarning rivojlanishi va o’sishiga ta’sir ko’rsatishi uning mehnat vositasi
ekanligi. Ikkalasi birgalikda uning ishlab chiqarish vositasi ekanligini bildiradi.
2.Yerning hududiy chegaralanganligi va uning takror yaratilmasligi. Yer boshqa ishlab 
chiqarish vositalari kabi insonnig xohishi bilan ko’payib qolavermaydi. 
3.Yerni almashtirish mumkin emasligi. Yerni boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi 
almashtirib bo’lmaydi, undan boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanishiga qarab takomillashganlari bilan almashtiriladi.
4.Yerni siljitib bo’lmasligi. Yer qayerda joylashgan bo’lsa, o’sha yerda undan foydalanish 
mumkin, uni bir joydan boshqa joyga ko’chirish mumkin emas. 
5.Yer uchastkalarining sifati bo’yicha turli tumanligi. Yer uchastkalariga bir xil miqdorda 
mablag’ va mehnat sarflansa ham olinadigan mahsulotlar miqdori turlicha bo’lishi mumkin. 
6.Boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganda eskiradi
o’zining foydalilik xususiyatini kamaytiradi va butunlay ishdan chiqadi.
Yer umrbodlik ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, eskirmaydi, aksincha u yaxshilab 
parvarish qilinsa, ko’p hosil beradi. Yerning bu xususiyatlari uning umrbodligiga, ya’ni parvarish
qilinayotgan o’simlikni zarur oziqa moddalari bilan qondirish va hosil yetishtirish xususiyatiga ega 
ekanligiga bog’liq. Iqtisodchilar tuproq unumdorligini uch turga ajratganlar: 
1.Tabiiy 2.Sun’iy 3.Iqtisodiy
Tuproqning unumdorligi - quyosh, shamol, suv kabi tabiiy kuchlarning ta’sirida uzoq davom 
etgan tuproq hosil bo’lishi jarayonining natijasidir. Tuproqning tabiiy unumdorligi, uning fizik
kimyoviy va biologik xususiyatlarini xarakterlaydi, u dehqonchilik uchun hal qiluvchi ahamyatga 
ega, iqtisodiy unumdorlikning asosi hisoblanadi. U insonning mehnat faoliyatiga bog’liq bo’lmagan 
holda harakat qiladi. Lekin tabiiy unumdorlik yerning potensial sifatinigina xarakterlaydi. Tuproq 
oziqa moddalariga boy bo’lganligi bilan, unga ishlov berilmasa, ya’ni inson mehnati ta’sir etmasa, 
u kutilgan natijani bermasligi mumkin. 
Insonning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaratilgan unumdorlik sun’iy unumdorlik deb 
ataladi, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi va shuning uchun 
jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida bir xil emas.
Tabiiy va sun’iy unumdorlik birlikda iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Tuproq 
unumdorligi - doimiy miqdor emas, u oshib borishi ham mumkin, pasayishi ham mumkin. Tuproq 
unumdorligi absolyut va nisbiy shakllarda ham o’rganiladi. Absolyut unumdorlik qishloq xo’jaligi 
ekinlari hosildorligini xarakterlaydi. Nisbiy unumdorlik esa ishlab chiqarish xarajatlari birligi
hisobiga olingan mahsulot miqdorida aks etadi. Jahon fani va amaliyoti tuproq unumdorligining 
pasayib borishi haqidagi g’ayri ilmiy qonunning to’liq asossiz ekanligini isbot qildi. Bu qonunga 


145 
binoan yerga sarflangan qo’shimcha mehnat va kapital, qo’shimcha olinadigan mahsulotning 
miqdorini kamaytiradi. Bunga qarama-qarshi o’zbek iqtisodchisi, professor A.A.Abdug’aniyev o’z 
ilmiy ishlarida tuproq unumdorligining oshib borish jarayonini qonun darajasiga ko’tarish haqida 
fikr yuritgan. Chunki yerga kancha ko’p unumli mehnat qilinsa va to’g’ri, ilmiy asoslangan xarajatlar 
qilinsa unumdorligini pasaytirmasdan aksincha bir xil darajada ancha vaqt saqlab turishi va ba’zi-
ba’zida oshirib turishi ham mumkin. Shunday qilib yer o’z unumdorligini takror yaratadi. Yerdan 
foydalanish xarakteri ko’pgina tabiiy, tarixiy, texnik, iqtisodiy va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 
Bunda hal qiluvchi rolni ijtimoiy-iqtisodiy omil o’ynaydi. Jamiyatda hukmronlik qiluvchi ishlab 
chiqarish usuli, shuningdek iqtisodiy munosabatlarning holati yer munosabatlarining xarakterini 
aniqlaydi.
O’zbekiston Respublikasining barcha yer resurslari yagona yer fondini tashkil etadi. Ular 
maqsadli foydalanishiga qarab, O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 2-bobida ko’rsatilganidek 
quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: 
1.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar; 
2.Aholi punktlarining yerlari; 
3.Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar; 
4.Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar; 
5.Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; 
6.O’rmon fondi yerlari; 
7.Suv fondi yerlari; 
8.Davlat zahira yerlari. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yer resurslari qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish