157
81 —
90
0,978 0,957 0,935 0,914 0,892 0,870 0,849 0,827 0,806
0,784
91 —
100
0,981 0,961 0,949 0,923 0,904 0,884 0,865 0,846 0,826
0,807
1 ga bog’lar va tokzorlarning normativ qiymati ham sug’oriladigan haydov yerlarning normativ
qiymatiga o’xshash tartibda aniqlanadi.
1 ga sug’oriladigan bo’z yerlarning normativ qiymati 0,1 koeffisiyenti qo’llanilgan
holda
sug’oriladigan haydov yerlarning qiymati bo’yicha aniqlanadi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug’oriladigan haydov yeri bo’lmagan taqdirda,
sug’oriladigan bo’z yerlarning normativ qiymati tuman (shahar) sug’oriladigan haydov yerlari
o’rtacha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalanilgan holda hisoblab chiqiladi.
Mevazorlar, tutzorlar va boshqa sug’oriladigan ko’p yillik daraxtlar
ekilgan yerlarning
normativ qiymati ushbu xo’jalikning sug’oriladigan haydov yerlari normativ qiymati bo’yicha, 0,4
koeffisiyentini qo’llash bilan qabul qilinadi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug’riladigan haydov yeri bo’lmagan hollarda
bunday yerlarning normativ qiymati tuman (shahar) sug’oriladigan haydov yerlari bo’yicha asosiy
ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda hisoblab chiqiladi.
Issiqxonalar bo’yicha 1 ga yerning normativ qiymati sug’oriladigan haydov yerlar qiymatiga
o’xshash tartibda tuman, shahar bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich asosida 2,2 koeffisiyentini qo’llash
bilan aniqlanadi.
1 ga lalmi haydov
yerning normativ hosildorligi, normativ unumdorligi,
hisoblab chiqilgan
miqdori va normativ qiymati ham sug’oriladigan haydov yerlarning normativ qiymatiga o’xshash
tartibda aniqlanadi.
Bunda xo’jalik ichki sug’orish tizimiga suv chiqarish usulini hisobga olingan holda koeffisiyent
normativ qiymatni aniqlashda qo’llanilmaydi.
Ko’p yillik lalmi daraxtlar lalmi haydov yer sifatida, lalmi bo’z yerlar esa lalmi haydov yerlari
sifatida 0,1 koeffisiyentini qo’llagan holda baholanadi.
Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchisida lalmi haydov yerlar bo’lmagan hollarda,
uning normativ qiymati shartli ravishda tuman, shahar lalmi haydov yerlari bo’yicha o’rtacha ekin
maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda hisoblab chiqiladi.
Tabiiy yem-xashakbop ekin maydonlari (pichanzorlar va yaylovlar)ning
normativ qiymati
yaylovlarning tiplaridan va ozuqa birligida ifodalangan hosildorlikdan kelib chiqib, ushbu 8-jadvalga
muvofiq ularni bug’doyning ekvivalentihosildorligiga tegishli ravishda qayta hisoblab chiqqan holda
hisoblab chiqiladi: