161
bo’yicha har xil yer uchastkalariga bir xil miqdorda mablag’ sarflangan bo’lib, ulardan olingan ishlab
chiqarish samarasi turlicha. Natijada 1 s mahsulotni ishlab chiqarishning individual bahosi (ishlab
chiqarish xarajatlari plyus o’rtacha foyda) birinchi (yomon) uchastkada ancha yuqori bo’lib,
ikkinchisida (o’rtacha) va uchinchisida (yaxshi) - eng past bo’ladi, har bir uchastkadagi jami
mahsulot bahosi esa bir xil bo’ladi. Lekin bozorda uchala uchastkadan keltirilgan mahsulotlar bir xil
bahoda, ya’ni yomon yer uchastkasining ishlab chiqarish sharoitlari bilan aniqlanadigan bozor
bahosida sotiladi. Unda o’rtacha va yaxshi yer uchastkasidagi ijarachilar, 1s mahsulotni ishlab
chiqarish individual xarajatlari ijtimoiy xarajatlaridan past bo’lganligi uchun mos ravishda har bir
sentnerga qo’shimcha foyda oladilar va uni differensial renta I sifatida butun mahsulot hajmi uchun
yer egalariga mos ravishda to’laydilar.
Differensial renta I, shuningdek yer uchastkalarining bozorga yaqin yoki uzoq joylashishiga
qarab transport yo’llari va boshqalar oqibatida ham hosil bo’ladi. Bu farqlar mahsulot birligiga to’g’ri
keladigan transport va boshqa xarajatlarning notekisligini keltirib chiqaradi, bu esa joylashgan
joyiga qarab differensial renta I tashkil topishi uchun sharoit yaratadi.