164
mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunida
suvning davlat mulki
ekanligi, umumiy boylik hisoblanilishi, suvdan oqilona foydalanish lozimligi va u davlat tomonidan
qo’riqlanishi ta’kidlab o’tilgan. Yana shu qonunda respublikaning yagona davlat suv fondi: daryolar,
ko’llar,
suv omborlari, boshqa yer usti
suv havzalari va suv manbalari,
kanal va hovuzlarning
suvlaridan, yer osti suvlari va muzliklardan iboratligi ko’rsatib o’tilgan.
Mamlakatimizga qardosh
Qirg’iziston va Tojikiston respublikalaridan Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon kabi daryolar oqib
keladi. Ulardan, Orol dengizi va Haydarko’l kabi ko’l suvlaridan foydalanish
huquqi davlatlararo
bitimlarda belgilab beriladi.
Shunday qilib, suvning ahamiyatini va uni tejash kerakligini quyidagi ma’lumotlar
bilan
tasdiqlash mumkin. Agarda tuproq tarkibidagi namlik 65-80 foiz bo’lsa,
yerdan hosil olish
mumkinligi ilmiy tadqiqotlar natijasidan ma’lum. Masalan, 1 s g’alla (bug’doy, roj, arpa, tariq)ni
olish uchun 30-40 tonna, kartoshka uchun – 18-20 tonna, sholi uchun – 135-140 tonna va paxta uchun
– 800-1000 tonna suv zarurdir. Suv o’simlik uchun fotosintez vazifasini o’taydi.
Ushbu jadvalda qishloq xo’jalik ekinlarining o’rtacha sug’orish soni va normalari ko’rsatilgan.
Belgilangan suv resurslarini nobud etgan korxonalar jarima to’laydilar.
Yuqorida qayd etilgan qonunning 47- «qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish»
moddasida
quyidagilar ko’zda tutilgan: