Sug’oriladigan yerlarda suvdan foydalanishnig o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ular




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   386
Bog'liq
qorakol

 Sug’oriladigan yerlarda suvdan foydalanishnig o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ular 
qonunda quyidagicha belgilab qo’yilgan: 
«Sug’orilgan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshoatlari, meliorasiya shahobchalari 
barpo etilganligi ana shunday yerlarning o’ziga xos xususiyatidir. Yerdan foydalanish mulkchilikning 
qaysi shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar, suv fondi yerlaridan, sug’oriladigan yerlar doirasidagi 
xo’jaliklararo kanallar va inshoatlardan, yer osti suvi chiqargichlari yagona suv xo’jaligi tizimi 
sifatida foydalaniladi va ular davlat mulki hisoblanib, ularni xususiylashtirish mumkin emas. 
Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohilbo’yi 
mintaqalari, yer osti suvi chiqargichlari sanitariya muhofaza tegralarining I va II poyaslari tabiatni 
muxofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo’yilishi mumkin.
 
Sug’oriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish suvlaridan limit 
bo’yicha foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
Suv olish va uning hisob-kitobini qilish ro’yxatdan o’tkazilgan suv manbalaridan (xo’jalik 
kanallarining bosh inshoatlaridan, quduqlardan, nasos stansiyalari va boshqa suv olish inshoatlaridan) 
suv ajratish joylarida tuman suv xo’jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. 
Suv manbalari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlaridan foydalanuvchi qishloq va suv 
xo’jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari yer solig’idan ozod qilinadilar». 
Lalmikor dehqonchilikda esa ekinlar uchun kerak bo’lgan namlik yil davomida yog’adigan 
yog’in miqdoriga bog’liq. Ba’zi mualliflarning hisoblashlaricha, yil davomida yog’adigan yog’inlar 
miqdori o’rtacha 500 mm. (zonalar bo’yicha 300-720 mm.)ni tashkil etib, ularning 2/3 ga yaqini (300 
mm.) bug’lanib ketadi. Qolgan 1/3 ga yaqini esa tuproq orqali o’simlikka o’tadi. 
Yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimizda suv zahirasi juda kam. Andijon qishloq xo’jaligi 
institutining olimlarining yozishicha, bir davrlarda Amudaryoning suv o’tkazish qobiliyati 41 kub 
qilometrga, Sirdaryoniki esa 27,5 kub qilometrga teng edi. Hozirgi paytda har ikkala daryoning suvi 
keskin kamaygan va mamlakatda 58 kub qilometr miqdorida suv zahirasi bo’lib, bu mavjud 
oborotdagi qishloq xo’jalik yerlarinin 16-17 foizini sug’orishga yetishi hisoblab chiqilgan. Yer osti 
suvlaridan foydalanish evaziga suv miqdori 60 kub km ni tashkil etishi hisoblangan. Shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko’ra, 1 kub km 
chuchuk suvdan 113 ming tonna paxta, 116 ming tonna poliz va sabzavot, 41 ming tonna meva va 
uzum, 7 ming tonna sut, 400 tonna pilla olishda foydalanish mumkin.


166 
Suvdan foydalanishda, eng avvalo, suvga bo’lgan talabni aniqlash muhimdir. Buning uchun har 
bir ekin turi bo’yicha yil mobaynida 1 gektar yer uchun qancha suv zarurligi aniqlanib, uni umumiy 
ekin maydoniga ko’paytirish yo’li bilan topiladi. 
Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 
1 so’mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof 
daromad (foyda) ning o’sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga olingan qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o’sishi hisoblanadi. 
Suvdan o’simlikning talabidan kelib chiqqan holda rejali va me’yorda foydalanish yer resurslaridan 
foydalanishning va bir butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga olib 
keladi.
Shuning uchun mamlakatimizda suvdan tejab va unumli foydalanish uchun undan 
foydalanuvchilar oldiga katta vazifalar qo’yilgan. Bu o’z navbatida yuqorida qayd etilgan qonunning 
50 – moddasida, ya’ni «Suv obyektlaridan qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanuvchilarning 
vazifalari» moddasida o’z aksini topgan:
«Suvdan qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar: 
Suvdan foydalanishning belgilangan limitlari, rejalari, qoidalari, me’yorlari va rejimlariga 
rioya etishlari, tik drenajni inobatga olgan holda foydalanishning barcha turlari uchun ishlatilayotgan 
suvni hisobga olib borishlari; 
Ichki xo’jalik sug’orish, suv chiqarish va kollektor-drenaj tarmog’i hamda undagi inshoatlarni 
va suv chiqarish quduqlarini texnika jihatidan ishga yaroqli holda saqlashlari; 
Meliorasiya qilingan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari va qishloq xo’jalik ekinlari 
hamda o’simliklarni sug’orish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning maqbul rejimini 
saqlashlari; 
Suvni tejaydigan texnologiyalar va ilg’or texnikani joriy etish orqali sug’orishning uslub hamda 
usullarini takomillashtirishlari; 
Qishloq, xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv monitoringa asosida salbiy 
jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishlari; 
BElgilab olingan aniq maqsadlarga muvofiq, foydalanilayotgan suvlarning samaradorligini 
oshirishlari shart. 
Xo’jaliklararo meliorasiya tarmoqlarini ishga yaroqli holda saqlab turish uchun suvdan 
foydalanuvchilar qonunlarda belgilangan tartibda irrigasiya-meliorasiya ishlarini bajarishga jalb 
etiladilar». 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining2013 yil 19 apreldagi“2013—2017 yillar davrida 
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”giPQ-1958-sonliqaroridasug’oriladigan 
yerlarning 
meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya obyektlari tarmog’ini rivojlantirish, 
suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, buning asosida qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishining barqaror ishlashini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirish hamda qishloq 
xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, «Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi 
tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan 
birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni o’z ichiga olgan 2013 — 2017 yillar davrida sug’oriladigan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi 
ma’qullangan va hozirda bu Dastur bo’yicha birmuncha ishlar amalga oshirildi. 
Qarorda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013 — 2017 
yillar davrida sug’oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash bo’yicha ishlarning prognoz 
parametrlarida 3852 km. masofada zovurlar qurish va rekonstruksiya qilish, 1257 km. yopiq 
gorizontal drenaj shoxobchalarini 75507 km. ochiq zovur-drenaj tizimida ta’mirlash-tiklash ishlarini 
olib borish, lizing hisobidan 836 dona meliorativ texnika, mashina va mexanizmlarni yetkazib berish 


167 
belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan markazlashtirilgan investisiyalar 
hisobiga moliyalashtiriladigan 2013 — 2017 yillar davrida irrigasiya obyektlarini qurish va 
rekonstruksiya qilish esa prognoz parametrlarida 2103 km. masofada kanallar qurish va 
rekonstruksiya qilish, 96 dona suv inshoatlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 97 kub.m/sek. nasos 
stansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish va boshqa qurilish va rekonstruksiya ishlari ko’rsatilgan. 
Suv iste’molchilari va fermer xo’jaliklari uyushmalarining mablag’lari hisobidan amalga 
oshiriladigan 2013 — 2017 yillar davrida sug’orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash prognoz 
parametrlarida esa 558571 km. sug’orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash, 174110 dona suv 
inshoatlarini ta’mirlash va tiklash va boshqalar belgilangan.
Ana shu amalga oshirilgan keng masshtabli tadbirlar natijasida keyingi yillarda respublikada 
yerlarning meliorativ holati yaxshilanib bormoqdi.

Download 8,59 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug’oriladigan yerlarda suvdan foydalanishnig o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ular

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish