Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   386
Bog'liq
qorakol

absolyut renta
ning
paydo bo’lishiga olib keladi. Differensial rentadan farq qilib absolyut 
renta alohida yer uchastkalarinig unumdorligidagi farqlarga va qo’shimcha sarf qilingan 
xarajatlarning unumdorligiga bog’liq bo’lmaydi. Ijarachilar yer uchun ijara haqini qishloq xo’jalik 
mahsulotlari bahosi unga o’rtacha foydadan ortikcha daromad keltirish sharti bajarilgandagina, 
o’rtacha foyda uchun zararsiz qilib to’laydilar. Bundan ko’rinadiki, yerga xususiy mulkchilik 
oqibatida qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi, yomon yerning ishlab chiqarish sharoiti bilan 
aniqlanadigan ishlab chiqarish bahosidan yuqori bo’ladi. Yomon yer uchastkasini ijaraga olgan
ijarachilar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosidan oshadigan bahoda sotib, yer 
egalariga absolyut renta shaklida o’zlashtiradigan, o’rtacha foydadan yuqori daromad keltiradilar. 
Shunday qilib, barcha ijarachiga berilgan yer uchastkalari yer egalariga absolyut renta keltiradi. 


162 
Yer egalari ijara haqi shaklidagi absolyut rentani faqat qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun 
foydalaniladigan yer uchun emas, balki bino va inshootlarni qurish uchun mo’ljallangan yer 
uchastkalari uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida ijaraga berilgan yer 
uchun ham oladilar.
Qurilish uchastkalari uchun to’lanadigan absolyut rentaning xususiyati shundan iboratki, uning 
miqdoriga joylashgan o’rniga qarab to’lanadigan differensial renta katta tasir ko’rsatadi. 
Demak, qanday turi bo’lishidan qatiy nazar, boshqa barcha ma’lumotlar bilan bir qatorda, renta – 
yerning bahosini o’rnatishda muhim rol o’ynaydi. 
Yerning aniq bozor bahosini o’rnatish uchun yer kadastri ma’lumotlari zarur; faqat shu asosda yer 
resurslarining sifati va boshqa xossalarini hisobga olgan holda obyektiv baholash mumkin.
Yer kadastri
– bu davlat tomonidan yer to’g’risida obyektiv ma’lumotlarni olish maqsadida 
o’tkaziladigan yerning ucheti, ro’yxatga olish va baholash bo’yicha harakati tizimi; kadastr shunday 
qilib, davlat tomonidan maxsus amalga oshiriladigan hisob-kitob-baholash tadbirini ifodalaydi. U 
yerning holati, miqdori, sifati va baholash huquqlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar va hujjatlardan 
iborat bo’ladi. 
Davlat kadastri yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishni ta’minlash, yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar va ijarachilar huquqlarini himoya qilish, yerning bahosini, yer solig’ini, ijara haqini 
o’rnatish uchun obyektiv asos yaratish maqsadida amalga oshiriladi. 
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning kadastri quyidagi operasiyalarni o’z ichiga oladi: 
-yerdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish; 
-yerning miqdor va sifat jixatidan ucheti; 
-yerni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy bahosini hisobga olib) 
Ro’yxatga olish,
ya’ni yerlarni naturada chegaralari aniqlangandan keyin mulk qilib, egalik qilish 
uchun, foydalanishga va ijaraga berishni rasmiylashtirish va hujjatlarini berish maxsus organlar 
qarorlari asosida o’tkaziladi. Yer uchastkalarining huquqiy holatlari haqidagi ma’lumotlar yerning 
davlat kadastr kitobida aks etdiriladi va yer mulki, yerdan foydalanish va yerni ijaraga berish, yer 
maydonidan maqsadli foydalanishning obyektlari va subyektlari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil 
topadi.
Yerning 
miqdor jixatdan ucheti
yerning mavjudligini, uning mulkdori va yerdan foydalanuvchilar 
obyektlari bo’yicha va ekin turlari bo’yicha (ekinzorlar, kshp yillik daraxtlar, pichanzorlar, yaylovlar) 
taqsimlanishini o’z ichiga oladi. 
Yerning 
sifat jixatdan ucheti
yer-kadastr rayonlashtirishni, yerlarning klassifikasiyasini, ekologik 
va texnologik xossalari bo’yicha ularning xarakteristikasini, tuproq guruxlanishlari (gruppirovkalari) 
ini ifodalaydi. 
Yerning uchetini olib borishda unumdor yerlarning qiymatlilik darajasi o’rnatiladi, nooqilona 
foydalanilayotganlari, kam unumli va xatoliklarga yo’l qo’yilgan yerlar, qishloq xo’jaligi ekinlaridan 
degredasiya qilingan yerlar ajratib olinadi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar ularning ishlab chiqarish qobiliyatini, joylashishini va 
boshqa xossalarini hisobga olgan holda baholanadi. 
Tuproq bonitirovkasi
– bu, taqqoslama agrotexnika darajasi va dehqonchilik intensivligida 
o’tkaziladigan tuproqning unumdorligi bo’yicha taqqoslama bahosi. Bonitirovkalashda 
qo’llaniladigan ko’satkichlar tizimiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, tuproqning 
unga o’zaro bog’langan ancha barqaror xususiyatlari: tuproqning, gumusning fizik tarkibi, pastga 
singish miqdori, tuproqning kislota bilan ta’minlanishi, yuvilganligi va boshqalar kiradi. Bu 
ko’rsatkichlar bilan tuproq baholash guruxlari bo’yicha jami tuproq balli hisoblaniladi. 
Qishloq xo’jaligida renta munosabatlarini tartibga solishning zaruriy sharti yerni iqtisodiy 
baholashning mavjudligidir. Bu bir tomondan, xo’jalik yuritish obyektiv sharoitlarida differensial 
rentani taqsimlashga ta’sirini ancha asosli chegaralash, boshqa tomondan yerdan foydalanuvchilar 
ishlarining sifatini yaxshilash imkonini beradi. 
 


163 
Yerlarning iqtisodiy bahosi
uning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida qiymatini 
xarakterlaydi.Tuproq bonitirovkasidan farqli o’laroq, bu yerda yer tabiat mahsuli emas balki, xo’jalik 
yuritish iqtisodiy sharoiti bilan to’xtovsiz bog’langan ishlab chiqarish vositasi sifatida 
baxolanadi.Uning asosida tabiiy va ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqadigan 
yerning sifati (iqtisodiy unumdorligi)dagi farqlar yotadi. 
Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqning sifat xarakterisitkasi (boniteti), balki, 100 ga.ga to’g’ri 
kelgan xodimlar soni, 1 ga.ga to’g’ri kelgan kuch beruvchi va ishchi mashinalar, o’g’itlarni qo’llash, 
vegetasiya davrida namlik miqdori (kolichestvo osadkov) va boshqalar kabi ko’rsatkichlar hisobga 
olinadi. Baholash qishloq xo’jalik ekinlarining haqiqiy hosildorligi va ularni ishlab chiqarish 
xarajatlari haqida uzoq muddatli (5 yildan kam bo’lmagan) yalpi ma’lumotlar asosida o’tkaziladi va 
tuproq boniteti singari ballarda ifodalanadi. 
Yerni iqtisodiy baholash ikki aspektda amalga oshiriladi.
1.Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerni umumiy iqtisodiy baholash. 
2.Alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi bo’yicha qisman baholash. 
Haydaladigan yerlarni, ko’p yillik daraxtlarni, pichanzorlarni, yaylovlarni va butun qishloq 
xo’jaligiga yaroqli yerlarni umumiy iqtisodiy baholash, shuningdek alohida ekinlar ishlab chiqarish 
samaradorligi bo’yicha haydaladigan yerlarni baholash (qisman baholash), ularning boniti rovkasi 
asosida ajratilgan, tuproqning agro ishlab chiqarish guruhlari bo’yicha o’tkaziladi. 
Yerni iqtisodiy baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar qilib quyidagilar olinadi: 
1.Asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining 1 ga dan olingan hosildorlik s/ga; 
2.Kadastr baholarida 1 gektarga to’g’ri kelgan o’simlikchilik yalpi mahsuloti bo’yicha 
hisoblangan ekin turlari bo’yicha yerning unumdorligi, so’m; 
3.Xarajatlarning qoplanishi (kadastr baholarida yalpi mahsulot qiymatini uni ishlab chiqarish 
xarajatlariga nisbati), so’m;
4.1 ga dan olingan differensial sof daromad (DSD) (nisbatan yaxshi yerlardan olingan ortiqcha 
qo’shimcha mahsulotning qiymatini aks ettiradigan; sof daromadning bir qismi), so’m.
Differensial renta I va II larni o’z ichiga oluvchi DSD, bir vaqtning o’zida yerning sifati va 
dehqonchilikni intensivlashtirish daromadni hisobga olgan holda yerdan foydalanish iqtisodiy
samarasining umumiy miqdorini aks ettiradi. DSD yalpi mahsulot qiymatini baholash ko’rsatkichlari
va xarajatlarining qoplanishi asosida quyidagicha aniqlanadi:
35
,
1
XK
D

=
XK
D
*
YaMK
DSD
=
D-yalpi mahsulot qiymatida DSD ning hissasi; XQ - qishloq xo’jaligi xarajatlarning qoplanishi 
darajasi, so’m; 1,35 - xarajatlar qoplanishining dastlabki darajasi; 
Xarajatlarni qoplash darajasi 1,35 dan yuqori bo’lganda DSD ham mos ravishda ijobiy miqdor 
bo’ladi. U xarajatlarni qoplash bo’yicha va yalpi mahsulotlar qiymati bo’yicha yerni baholashning 
qo’shimcha o’sishiga nisbatan proporsional o’sadi. Xarajatlarni qoplash 1,35dan kam bo’lganda DSD 
salbiy miqdorga aylanadi. Yerdan oqilona foydalanish va uning unumdorligini to’xtovsiz oshirish 
yerlarni, yuqorida ta’kidlangan, yagona davlat yer kadastri asosida har tomonlama miqdor va sifat 
jihatdan hisobga olishni tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Davlat yer kadastrini olib borish 
barcha darajalarda yer islohotlari va yer resurslari bo’yicha mos komitetlarga yuklatiladi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish