169
uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar
ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda.
Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va
markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini
taqozo etadi.
Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini
ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yerga bo’lgan
mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir.
Birinchi guruh omillar, bu yerga bo’lgan mulkchilik bo’lib, uning shakllari yuqorida 2 bobda
ta’kidlanganidek quyidagilardan kelib chiqadi:
1.Yerga bo’lgan xususiy mulk;
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish;
3.Yerdan foydalanish;
4.Yerni ijaraga berish;
5.Yer uchun to’lov.
Bu shakllardan foydalanishning samaradorligini oshirish o’simlikchilik tarmoqlari iqtisodi
mavzularida kengroq yoritiladi.
Yer resurslaridan samarali foydalanishning umumlash-tiruvchi ikkinchi guruh omillari ilmiy
asoslangan dehqonchilik sistemasi bo’lib, u tuproq unumdorligini tiklaydigan, saqlaydigan va
oshiradigan, dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning qulay sharoit yaratishga yo’naltirilgan,
kompleks o’zaro aloqador agrotexnik, meliorativ va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni ifodalaydi.
Respublikamizda ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasi ekin
maydonlaridan intensiv foydalanishga yo’naltirilgan quyidagi katta kompleks tadbirlarini o’z ichiga
oladi;
1.Tuproqning iqtisodiy umumdorligini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan meliorativ
tadbirlar sistemasi (sug’orish, zaxni qochirish, ximiyaviy meliorasiya va boshqalar).
2.Tuproqni ishlashining ilmiy asoslangan sistemasi (Akad. Muhammadjonov tavsiyasi).
3.Almashlab ekish sistemasi.
4.O’g’itlash sistemasi.
5.Urug’chilik.
6.Begona o’tlar bilan, qishloq xo’jalik ekinlari kasalliklari bilan kurashuvchi tadbirlar sistemasi.
7.Suv va shamol erroziyasiga qarshi kurash tadbirlari sistemasi.
8.Dalalarni himoya qiluvchi o’rmonzorlar barpo qilish.
Yer resurslarini muhofaza qilish va foydalanishni nazorat qilishni amalga oshirish ishida
muhim rolni monotoring o’ynaydi. Yer monitoringi, yerdan foydalanishda salbiy (negativ) jarayon
oqibatlarini bartaraf etish va ogohlantirish, yer resurslaridan o’zgarishlarni aniqlash, ularni baholash
uchun yer resurslari holatini kuzatish sistemasini ifodalaydi. Monitoringning vazifasi, shuningdek
davlat tomonidan yerlarni muhofaza qilish va undan foydalanishni nazorat qilishni, hamma davlat,
kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarni yer resurslarini muhofaza qilish
va samarali foydalanish maqsadida yer qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlashni
amalga oshirishdan iborat.