175
namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy
ahamiyatiga, qo’llanish usullariga va xizmat qilish muddatiga qarab
asosiy va aylanma fondlarga
bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishtirok etib,
o’zining tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan, qiymatini mahsulot tannarxiga asta-sekinlik bilan
o’tkazib boruvchi vositalarga aytiladi. Bularga ishlab chiqarish binolari, inshoatlar, mashina va
asboblar, transport vositalari, xo’jalik va ishlab chiqarish inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar,
ko’p yillik daraxtlar va boshqa, ya’ni bir yildan ortiq ishlatiladigan vositalar kiradi.
Asosiy fondlar eng avvalo:
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari;
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi:
a).qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari;
b).qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan asosiy ishlab chiqarish fondlari.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli
fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish asosiy fondlari (a- va b- bandlarda) yil boshiga 53887324,2
ming so’mni, yil oxiriga 80945228,5 ming so’mni tashkil etgan yoki 50,2% ga ko’paygan.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan
asosiy ishlab
chiqarish fondlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
•
binolar - mahsulot, texnika va chorva mollarini saqlashga mo’ljallangan imoratlar
(omborxonalar, mashina-traktorlarni saqlashga mo’ljallangan imorat va bostirmalar, molxonalar va
sh.k.);
•
inshoatlar - suv taqsimlovchi va oqizuvchi inshoatlar, quritish,
navlarga ajratish jihozlari,
issiqxonalar, yem-xashak saqlash handaqlari quduqlar, ichki xo’jalik yo’llari, suv saqlash minoralari
va h.k;
•
kuch uzatish qurilmalari - suv, elektr energiya, gaz kabilarni bir joydanikkinchi joyga uzatib
beruvchi qurilmalar (suv, gaz quvurlari, elektr tarmoqlari va boshqalar);
•
mashina va uskunalar –a) kuch beruvchi mashinalari, b) ishchi mashinalar, v) turli xil
uskunalar. Kuch uzatish mashinalariga asosan g’ildirakli va o’rmalovchi traktorlar kiritiladi. Ishchi
mashinalar asosan qishloq xo’jaligi mashinalari, ya’ni plug, chizel, mola, borona, seyalka va h.k
.
lardan iboratdir. Uskunalar tarkibida turli xil o’lchov va rostlovchi laboratoriya
asboblari hisobga
olinadi;
•
transport vositalari - yuk avtomobillari, ot aravalardan iborat;
•
ishchi hayvonlar – tirik, jonli tortuvchi kuchlar ot, ho’kiz, tuya va boshqalardan iboratdir;
•
mahsuldor mollar - asosan katta yoshdagi yirik shoxli mollar, ya’ni mahsulot beradigan
mollardir;
•
ko’p yillik mevali daraxtlar - bular hosil yoshidagi madaniy mevali daraxtlar va ihota
daraxtlaridan iborat;
•
yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan kapital sarflar,
yerlarni tekislash,
to’qayzorlarni o’zlashtirish va boshqa yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan
mablag’lardir.
Qishloqxo’jaligiga mo’ljallanmagan ishlab chiqarish fondlariga sanoat ishlab chiqarish
vositalari, qurilish vositalari, savdo va umum ovqatlanish vositalari va boshqalar kiradi.
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga uy joylar, klub, bolalar bog’chalari, maktablar va
ularning uskuna va inventarlari kiradi.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli
fermer xo’jaliklarida noishlab chiqarish asosiy fondlari:yil boshiga 736920,7 ming so’mni, yil
oxiriga 782260,6 ming so’mni tashkil etgan yoki 6,2% ga ko’paygan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish fondlarining strukturasining anchagina salmog’i imorat,
inshoatlar 60%dan ko’proq,
kuch va ish mashinalari, transport vositalari va moslamalari 17%
176
atrofida, ish va mahsuldor hayvonlar 10% tashkil etadi.Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi
boqarmasiga qarashli fermer xo’jaliklarida 2014 yilda asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastlabki
qiymat yil boshiga) 54624244,9 ming so’mni va yil oxiriga 81727489,1 ming so’mni tashkil etdi.
Qoldiq qiymat esa yil boshiga 42854107,1 ming so’mni va yil oxiriga 65630877,9 ming so’mni
tashkil etgan. Ularning harakati mos ravishda 1,5 martaga o’zgarganligini ta’kidlash mumkin.
Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy fondlar natura va pul holida hisobga olinadi va
rejalashtiriladi.
Natura ko’rsatkichlari asosiy fondlarning miqdori va sifati, shuningdek, xo’jalikning ishlab
chiqarish quvvati to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul bilan
baholashda uning dastlabki qiymatiga xo’jalikka yetkazib berish xarajatlarini qo’shib hisoblanadi.
Sotib olish qiymati va xo’jalikka olib kelish qiymati birgalikda asosiy ishlab chiqarish fondlarining
dastlabki balans qiymatini tashkil etadi. Yosh mollarni katta
yoshdagi mahsuldor yoki ish
hayvonlariga o’tkazishda ularning parvarish qilishdagi tannarxi bilan baholanadi.
Asosiy fondlarning quyidagi pul shakllari mavjud:
1.