179
1.Yangi, ancha unumli va tejamli mashinalar ixtiro etilishi va ularning ishlab chiqarishga joriy
qilinishi natijasida eskirgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati tugamasdanoq, qadrsizlanib
ma’naviy eskirib qoladi.
2.Texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining oshishi ham o’z
navbatida ishlab turgan
mashinalar qiymatini kamayishiga olib keladi va ma’naviy eskiradi.
Asosiy vositalar jismoniy eskirgan qismining yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga asta-
sekin o’tishi orqali qoplanishi va iste’mol qilingan mehnat vositalarini takror ishlab chiqarish uchun
pul vositalarining to’planishi amortizasiya deyiladi. Asosiy vositalar to’liq
eskirganda ularning
qiymati to’lig’icha tayyor mahsulotga o’tgan bo’ladi. Mehnat vositalarining o’tgan qiymati
mahsulotni sotish va undan ishlab chiqarishda foydalanish orqali qoplanadi. Bu jarayon to’xtovsiz
davom etadi.
Amortizasiya quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
1.Asosiy vositalarni rejalashtirish uchun zarur bo’lgan, asosiy vositalar
eskirish darajasining
umumlashgan shaklini xarakterlaydi.
2.Eskirgan mehnat vositalarini almashtirish uchun pul fondini shakllantiradi.
3.Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashga imkon beradi.
Hozirda amortizasiya ajratmalari yangi qoida bilan joriy qilindi. Bu qoidaga muvofiq asosiy
fondlardan qay darajada foydalanilganligidan qat’iy nazar amortizasiya ajratmalari ajratila
boshlanadi. Natijada xo’jaliklar asosiy fondlardan yil mobaynida yanada to’la va unumli foydalanish
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Asosiy fondlarning har xil turlari uchun belgilangan bu me’yorlar
ularning real xizmat qilish muddatlariga va foydalanish sharoitiga qarab tabaqalashtiriladi.
Modomiki, amortizasiya summasi asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga, ularning xizmat
muddatiga, shuningdek mehnat vositalarining tugatilish qiymatiga bog’liq ekan,
u holda yillik
amortizasiya normasi quyidagi formula orqali hisoblaniladi:
100
*
M
*
DQ
TQ
-
DQ
A
=
m
Am – amortizasiya me’yori, foiz;
TQ – asosiy vositalarning tugatilish paytidagi qiymati, so’m.
Amortizasiya me’yorining miqdori mehnat vositalarining xizmat muddati,
ulardan ishlab
chiqarish jarayonida foydalanish sharoitlari bilan aniqlanadi. Foydalanish muddati qancha oz bo’lsa,
amortizasiya me’yori shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.
Asosiy vositalar qiymatidan ajratiladigan, mahsulot tannarxiga qo’shiladigan,
amortizasiya
summasi (As), ularning dastlabki qiymati va amortizasiya me’yori asosida aniqlanadi:
100
AmTQ
*
DQ
A
=
s
Asosiy vositalar renovasiyasiga amortizasiya summasini hisoblash quyidagi formula asosida
hisoblaniladi:
M
*
DQ
TQ
-
DQ
A
=
r
Amortizasiya ajratmalari me’yori har bir asosiy vosita turiga alohida o’rnatiladi
va ularning
normal foydalanish sharoitida xizmatining o’rtacha muddatini aniqlaydi.
Quyidagi chizmada asosiy vositalar klassifikasiyasi ko’rsatilgan.