Investisiyalar haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   386
Bog'liq
qorakol

 
10.1. Investisiyalar haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi mos ravishda tarmoq moddiy-
texnik bazasini rivojlantirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish fondlari hajmining ko’payishi qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarish potensialini kengaytirishga yo’naltirilgan moddiy va pul vositalariga 
qo’shimcha qo’yilma hisobiga amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida agrosanoat 
majmui tarmoqlarining barqaror rivojlanishi korxonalarga zarur moddiy va pul resurlari berishda 
investision faollikka ehtiyoj tug’diradi. 
Investisiya deganda xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy fondlarni va aylanma vositalarni sotib 
olishga ajratilgan uzoq muddatli mablag’lar tushuniladi. Demak investisiya bu nafaqat asosiy 
fondlarni kengaytirishga mablag’lar, balki korxonaning aylanma vositalarini shakllantirishga va 
ularni to’ldirishga ajratilgan xarajatlar hamdir. Xo’jalik faoliyati obyektlariga ajratilgan uzoq 
muddatli kapitalning qo’yilishi shunda o’zini oqlaydiki, agar ular foyda olishga va samaradorlikka 
erishishga imkoniyat yaratsa. Investisiya bozori kapital va moliyaviy qo’yilmalar yo’li bilan asosiy 
va aylanma vositalarga xarajatlarni shakllantirishni bildiridi. 
Moliyaviy va real investisiya turlari mavjud. Birinchisi, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishni, 
shuningdek ishlab chiqarishga maqsadli pul qo’yishni ko’zda tutadi. Real investisiya-bu kapitalni 
asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini qo’shimcha o’stirish 
maqsadida qo’yishdir. Real investisiya kapital qo’yilmalar deyiladi. Milliy hisoblar tizimida real 
investisiya deganda asosiy kapitalga va moddiy ishlab chiqarish vositalarini qo’shimcha o’stirishga 
ajratilgan qo’yilmalar tushuniladi. 
Bozor sharoitida qimmatbaho qog’ozlarning bir necha turlari mavjud. 

Egalariga aksionerlik jamiyati vositalaridagi hissasiga va uning faoliyatidagi daromad olishga 
guvoh huquqini beruvchi, aksionerlik jamiyati aksiyalari; 

Hujjatlarni chiqaruvchi, egalari va shaxslar o’rtasida qarz munosabatlariga guvohlik beruvchi 
obligasiyalar; 

Davlatning qarz majburiyatlaridagi qimmatbaho qog’ozlar, bunda qarzdor davlat hisoblanadi. 

Egasining sotish yoki sotib olish huquqiga guvohlik beruvchi yasama qimmatbaho qog’ozlar 
(masalan, veksel, xususiylashtirish cheki) 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida investisiya quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: 

Eskirgan va ishdan chiqqan investisiyalarni almashtirish; 

Yangi texnologiyalarni joriy qilish va zamonaviy texnika asbob uskunalarni qo’llash; 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish; 

Ishlab chiqarishning yangi turlarini rivojlantirish. 
Qishloq xo’jaligida investisiyaning shakllanishi qo’yilgan mablag’larning qaytish tezligini 
hisobga olgandagi iqtisodiy asosda amalga oshiriladi. Bunga yuqori sifatli mahsulot ishlab 
chiqarishning ko’payishi va uning tannarxining pasayishi sharoitidagina erishiladi 
Investisiya qo’shimcha sof daromad olish bilan va mablag’larning qaytish muddatini qisqarishi 
bilan bevosita aloqadordir. Qoplash muddati qancha oz bo’lsa, investisiyaga rag’bat shuncha ko’p 
bo’ladi, chunki investisiya jarayoni oqibatida mablag’larning qaytishi uzoq muddatga cho’zilsa 
sarflangan resurslarning qadrsizlanishi ro’y beradi. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarishdan 
olingan sof daromad yangi ishlab chiqarishga qo’yilishi mumkin. 
Mamlakat agrosanoat majmui barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy inqiroz investisiya 
siyosatida ancha jiddiyroq namoyon bo’ldi. Ishlab chiqarish va modiy texnika resurlari taqsimoti 


225 
o’rtasidagi aloqaning uzilishi, bozor infratuzilmasining yo’qligi va muvofiqlikning buzilishi, 
shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlari baholari va sanoat tovarlari va xizmatlari baholari 
o’rtasidagi tengsizlikning kuchayishi, qishloq xo’jaligini samarali rivojlantirish tarmoqqa qo’shimcha 
mablag’lar ajratmasdan turib amalda mumkin emasligini ko’rsatdi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investisiya siyosatining zaruriy elementlari quyidagilar 
hisoblanadi: 

Raqobatbardosh loyihalarni konkurs asosida tanlash;

Xarajatlarning tez qoplanishi mo’ljalini olish; 

Investisiyani mahsulotni sotish bozori va uning sifatini hisobga olgan holda iqtisodiy 
asoslash; 

Raqobatchilarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish. 
Qishloq xo’jaligida investisiya faoliyatini jonlantirmasdan turib ishlab chiqarish tanazzulidan 
chiqish, moliyaviy barqarorlikka erishish va tarmoq iqtisodiyotini ko’tarish mumkin emas. 
Investisiya umumiy va sof investisiyalarga bo’linadi. Sof investisiya kapital qo’yilmalar va 
amortizasiya ajratmalari miqdori ayirmasidan tashkil topadi. U xususiy resurlardan samarali 
foydalangan taqdirda qancha qo’shimcha mablag’ qo’yish talab etilishini ko’rsatadi. Sof investisiya 
(Is)quyidagi formula bilan hisoblanadi. 
Is= KQ - A 
Bu yerda KQ - tarmoqdagi kapital qo’yilmalar hajmi, so’m; 
A – asosiy fondlar eskirishidagi amortizasiya miqdori, so’m. 
Investisiyadan foydalanishni tahlil qilish mablag’larni birinchi navbatda eng muhimroq obe’kt 
va ishlab chiqarishlarga yo’naltirish zarurligini aniqlashga imkon beradi. 
U quyidagi tartibda olib boriladi: 

Dastavval eng zarur bo’lgan investisiya aniqlanadi. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchiga 
traktor, avtomobil sotib olish va sigir saqlash uchun kompleks qurish zarur. Shu obeyektlardan 
hozirda eng muhimrog’i investisiyalash uchun tanlab olinadi;

Mavjud vositalar uchun, tovar ishlab chiqaruvchi bank kreditidan foydalanadimi yoki yo’qmi 
bundan qat’iy nazar dastlabki to’lovlar miqdori o’rnatiladi. Bu tovar ishlab chiqaruvchining to’lov 
qobiliyatliligini o’rnatish va uning ishlab chiqarishni investisiyalash bo’yicha maqsadining 
jiddiyligini aniqlash uchun talab etiladi; 

Shu investisiya turidan yillar davomida mablag’ tushishi baholanadi. Masalan, traktor, 
avtomobil yoki sut kompleksidan foydalanishdan; 

Tovar ishlab chiqaruvchi investisiyadan foydalanishga rozi bo’lgan, bank krediti bo’yicha foiz 
stavkasi tanlanadi; 

Yillar davomida qo’yilgan mablag’ni sof daromadga taqqoslash yo’li bilan pul 
mablag’larining joriy miqdori hisoblanadi. 

Investisiya variantini tanlash haqida qaror qabul qilinadi. Bunday holda, agar shu mablag’dan 
kelgan sof daromad investisiya kapitali miqdoridan ko’p bo’lsa, unda shu variant optimal deb tan 
olinadi. 
Investisiyalash variantini tanlashni kelajakdagi daromadni diskontlash yordamida o’tkazish 
mumkin. Tovar ishlab chiqaruvchi kapital tovarni sotib olish va sotib olish xarajatlarini taqqoslashdan 
kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Kutilayotgan daromad, kapital tovarni uning xizmat muddati 
davomida foydalanishdan tushadigan har yilgi tushumidan yig’iladi, bunda investisiyalash bir vaqtda 
amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan shu kapital tovarga investisiya miqdorini aniqlash talb etiladi. 
Bu shu shart bilanki, ma’lum bir muddat foydalanganda kerakli daromad olinadigan bo’lsin. Bunday 
hisob-kitoblarni kelajakdagi daromadlarni diskontlash deb, shu paytdagi kapital tovar uchun 
to’lanadigan kerakli mablag’ni esa – diskontlangan qiymat deb qabul qilingan. Diskontlangan 


226 
qiymat(Dq) foiz stavkasiga bog’liq. Har yili bir xil miqdordagi daromadda diskontlangan qiymat 
quyidagi formulada topiladi:
Y
F)
+
(1
Dq
A
=
Bu yerda: A – bankning yillik foiz stavkasida kutilishi mumkin bo’lgan pul; 
F – foiz stavkasi, %; 
Y- yillik daromadlar kutilayotgan davr, yil.
Masalan, agar tovar ishlab chiqaruvchi 5%li stavkada, ikki yildan keyin 22000 so’m pul olishini 
hohlasa, unda diskontlangan qiymat quyidagiga teng bo’ladi:
19954
0,05)
(1
22000
Dq
2
=
+
=
Agar qo’yilgan mablag’dan keladigan har yillik daromad turlicha unda diskontlangan 
qiymatning miqdori (Dqm) quyidagi formulada aniqlanadi: 

Download 8,59 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Investisiyalar haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish